O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTETI
3-kurs talabasi
Baxshulloyev Azizbek Habibullo oʻgʻli
KURS ISHI
Mavzu: Ta’limni ,,Texnologik“ yoʻnalishda qurishning umumiy mezoni.
Buxoro 2019
«Tasdiqlayman»
Kurs ishi rahbari uslubiy tayorgarlik
sikl o’qtuvchisi
leytenant A.Samadov
2018 y «____»_________________
KALENDAR REJA
№
|
Kurs ishi bo’yicha ish mazmunining ketma ketligi
|
Bajarilishi muddati
|
Bajarilganligi haqida belgi
|
1
|
Kurs ishi mavzusini maqsadini aniqlash va boholash.
|
sentyabr
|
|
2
|
Kurs ishi bo’yicha reja tuzish va tasdiqlatish.
|
oktyabr
|
|
3
|
Tavsiya etilgan adabiyotlarni saralash va aniqlash.
|
noyabr
|
|
4
|
Boshqaruv xujjatlarini, adabiyotlarni va boshqa materiallarni o’rganib chiqish.
|
dekabr
|
|
5
|
Ilmiy rahbardan kurs ishi yuzasidan maslahatlar olish.
|
yanvar
|
|
6
|
Kurs ishi ishini rahbarga tekshirtirish va tuzatishlar kiritish.
|
fevral
|
|
7
|
Kurs ishi himoyaga tayyorlash.
|
mart
|
|
8
|
Kurs ishi ximoya qilish.
|
may
|
|
Talaba: A.Nasimov
KURS ISHI REJASI
Kirish.
I-BOB Ta`lim berish texnologiyasi va uni amalga oshirish tartibi.
I.1.Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi.
I.2.Ta’limni ,,Texnologik“ yoʻnalishda qurishning umumiy mezoni,
I.3.Ta’limda axborot texnologiyalardan foydalanish,
Xulosa.
Foydalanilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati.
Kirish
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin boʻlgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya: ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba va ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yoʻli boʻlib hisoblanadi.
2017-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha ,,Harakatlar strategiyasi toʻg‘risida“gi farmoni imzolandi. Ushbu harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtilgan.
Ta’lim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilar oʻqitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan oʻqituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga koʻp jihatdan bog‘liq.
Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon boʻlib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar oʻqitish
shakllaridan foydalaniladigan oʻqitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qoʻllashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani boʻlib kelgan Oʻzbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo oʻzgacha ma’no kasb etishi muqarrar.
Oʻqituvchi Oʻzbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi boʻlgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, oʻqituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning oʻquvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar oʻrtasidagi e’tibori hozirgi zamon talablariga mos boʻlishi shart.
Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilgʻor texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta’minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimini orqali har tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroning tashkil topishni koʻzda tutadi. U ushbu ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta’lim xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |