II BOB.Favqulodda vaziyatlardan aholini о‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor etish tizimi.
2.1.Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganida va sodir bо‘lganida xabar berish va aloqani tashkil etish kuchlari va vositalari.
Ogohlantirish, umumiy himoya inshootlarida saqlash, radiatsiyaga qarshi va kimyoviy tasirlarga qarshi (RQ va QTQ) omillar.
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
1) Davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;
2) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;
3) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;
4) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, hudud iqtisodiyot tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
1) Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida о‘z vaqtida ogohlantirish
2) Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;
3) Himoya inshootlarida saqlash;
4) Evakuatsiya omillarini о‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki tо‘liq uzoqlashtirish);
5) Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.
Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish.Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning omillarida alohida о‘rin tutadigan uslub - bu fuqarolarni о‘z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.
Ogohlantirish radio, televideniya vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarni ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar «DIQQAT HAMMAGA» degan ma’noni anglatadi. Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qо‘yishlari zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda iqtisodiyotga kо‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi.
Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi: «DIQQAT», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bо‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan «UzBAT» korxonasi, Aloqa uzatish tarmog‘i, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylar, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda. Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar о‘zlarining, yashovchi uylari germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radiaktiv chang tushishidan saqlashlari, о‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yо‘riqnomalari asosida boradi».
b) Xavfli kimyo zavodidagi avariyada:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) - ammiakning tо‘kilishi oqibatida avariya sodir bо‘ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish hududiga о‘sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari kо‘rsatiladi) kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bо‘lgan ishlab chikarish tarmoqlaridagi ishchi xizmatchilar, mahallalardagi yashovchilar о‘z uylarini, ish joylarini xavfsiz holatda q oldirlgan holda (gaz, suv, elektrni о‘chirishlari) va Toshkentga evevakuatsiya qilish.
3-rasm.Fuqari himoyasi signallari
Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi (nomlari kо‘rsatiladi) yashovchilar о‘z ish joylarida, uylarida qо‘shimcha germetikligini ta’minlab saqlanishlari lozim. Eshitganlaringizni qо‘ni-qо‘shnilarga yetkazing!».
v) Yer silkinishi ehtimolida:
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Yer silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni о‘chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma’lumotlarni qо‘ni-qо‘shnilarga yetkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!»
Yer silkinganda inshootlarda bо‘lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yо‘riqnomalariga e’tiborni qarating!
Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar. Radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy tasirlarga qarshi (KTQ) omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga mо‘ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ va KTQ omillarida quyidagi vazifalar kо‘zda tutiladi:
a) Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
b) Dozimetrik va kimyoviy nazoratni tashkil etish va о‘tkazish;
v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
g) Radiоaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTQ omillari bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig‘ish, saqlash, taqsimlash);
d) Radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).
Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni о‘tkazishdan maqsad:
fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash;
ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;
evakuatsiya davrida tibbiy yordam kо‘rsatish hajmi;
fuqarolarni sanitar - qayta ishlovdan о‘tkazish hajmi;
jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab foydalanish.
Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash - obyektning fuqarolar muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan razvedka bо‘limlari amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy, kimyoviy va umumiy razvedka bо‘limlari).
Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va yer usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bо‘yicha odamlarning olgan nur dozalarini hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
Dozani aniqlovchi ID-1 va DKP-50A dozimetrlar odatda, 10-12 odami bо‘lgan guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasi о‘lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari о‘lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig‘i, о‘sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bо‘lish vaqtlarini aniqlab beradilar.
Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mR/soat bilan о‘lchanadi. Oziq-ovqat, suv va emlarni radiaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va obyektlarning zaharli moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishni kimyoviy jihatdan baholanadi.
Kimyoviy baholash natijalariga qarab odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, texnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazoratda kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MV yordamida о‘tkaziladi.
2.2.Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish;
aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish;
favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish;
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash;
Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, gidrometeorologik va seysmologik xizmatlarning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish.
4-rasm.Favqulodda vaziyatlarni oldini olishda qo’llaniladigan vositalar
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga belgilangan tartibda berilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i.
Belgilansinki, Gidrometeorologik xizmat markazi va uning tarkibiy tuzilmalari, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi.
3. Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2915-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga topshirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etilsin.
5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash;
aholiga fuqarolarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish;
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy xokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar, kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda aholini, mansabdor shaxslarni hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat va hududiy komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 1-3 ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
5-rasm.Yong’in xavfsizligiga oid tadbirlar
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini tashkil etishni ta’minlash, shuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash.
Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning mustahkamligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga idoraviy boshqaruv organlari, kuch va vositalar shayligini ta’minlashda ishtirok etish, obyektlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, jumladan, obyekt xodimlarini evakuatsiya qilish harakatlarini muvofiqlashtirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun idoraviy moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini tashkil etish va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini, jumladan, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini nazorat qilish va tekshirish.
Quyidagilar shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, avariya, halokat, tabiiy ofatlar zarari va oqibatlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish;
boshqaruv organlari kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini ta’minlashda ishtirok etish;
avariya-qutqaruv tuzilmalarini, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish tadbirlarini ta’minlash xarajatlarini qoplashda ishlatiladigan moliyaviy va moddiy-texnik resurslar zaxira jamg‘armalarini tashkil etish.
7. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar nazarda tutilsin:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkiliy-shtatlar tuzilmasini takomillashtirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni tayyorlash, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning malakasini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda fan va texnika yutuqlarini tatbiq etish;
qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-maishiy sharoitini yaxshilash hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini takomillashtirish.
Belgilansinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
8. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi (A.J.Ramatov):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari vazirlik va idoralar bilan birga Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning to‘laqonli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlasin;
vazirlik va idoralar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining yetakchi olimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhi tuzsin, ularning samarali ishlashini tashkil etsin;
qonun hujjatlarining chuqur tanqidiy tahlilini, amaliyotda qo‘llashni va ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish, shu asosda Dasturda nazarda tutilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni ta’minlasin;
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muntazam va sifatli tayyorlash, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kiritish yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov):
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini bir hafta muddatda kiritsin;
bir oy muddatda “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalar to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlasin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
uch oy muddatda vazirlik bo‘linma va muassasalarining o‘ziga xos xususiyati va maqsadlarini hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish tadbirlari to‘g‘risidagi dasturni tasdiqlasin.
10. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.MIRZIYOYEV
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining (FVV) faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5066-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 2017 yil 25 noyabrdagi 116-son bayoni asosida Vazirlar Mahkamasining “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Hay’ati tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 12-son va “Chet elda favqulodda vaziyatlar yuz berganida fuqarolarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi” 206-son qarorlari, “Mudofaa vazirligi vertolet aviatsiyasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 225-son farmoyishi qabul qilinib, “Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha zamonaviy tahdid va xavf manbalarini hisobga olgan holda hududlar va ob’ektlarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifa darajasini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi, “Favqulodda vaziyatlar holati uchun moddiy va moliyaviy resurslar zahirasini yaratish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi, “Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi” Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni samarali tashkil qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2018 yil 8 yanvardagi 1-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2018 yil uchun asosiy tadbirlar rejasi va Favqulodda vaziyatlar vazirining 15 yanvardagi 25-son buyrug‘i bilan “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2017 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2018 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi reja qabul qilinib, taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra qator tadbirlar amalga oshirilgan.
Jumladan, yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari – Fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalarning 2017 yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazilib, joylarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Yig‘ilishlar yakunlari bo‘yicha hududiy komissiyalarning 2018 yildagi chora-tadbirlar rejalari tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.
Shuningdek, 2018 yilda toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror, xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash maqsadida Yig‘ma manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi majlisining 1-son bayoni tegishli vazirlik va idoralar, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda 2018 yil 14 mart kuni tasdiqlangan.
Joriy yilning 27 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyalarining yig‘ilishi o‘tkazilib, yig‘ilishda respublika aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda suv toshqinlari, sel oqimlari, ko‘chki hodisalarining oldini olish bo‘yicha 2018 yildagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalar, ularda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan hamda sel-toshqin xavfi mavjud hududlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil qilish yuzasidan hududiy komissiyalar tarkibiga hamda Hukumat komissiyalari a’zolariga topshiriqlar berilib, aniq muddatlar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |