O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O’RTA МAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
"Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya" fakulteti
23-20MMTX guruh talabasi Normuhammadiyev Javohirning "Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi" fanidan
KURS ISHI
Mavzu:O'zbekiston Respublikasi aholisini yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlardan o'z vaqtida ogohlantirish va xabardor etishda mavjud tizim.
Bajardi:Normuhammadiyev J.Sh
Ilmiy rahbar:Aripxadjaeva M.B
Toshkent-2022
Mundarija
Kirish........................................................................................................................3
Asosiy qism
I BOB.Favqulodda vaziyatlar va ularni oldini olish.
1.1.Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari....................................................................................5
1.2.Favqulodda vaziyatning tavsifi va uni oldindan bashorat qilish........................12
II BOB.Favqulodda vaziyatlardan aholini о‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor etish tizimi.
2.1.Favqulodda vaziyatlar xavfi tug‘ilganida va sodir bо‘lganida xabar berish va aloqani tashkil etish kuchlari va vositalari.......................………………………..15
2.2.Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tahlil
qilish .......................................................................................................................20
Xulosa.....................................................................................................................30
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.....................................................................33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va xududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning motadil hayot faoliyatini taminlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun Ozbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ular oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy kontseptsiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bolib otgan Respublika Kengashida sozlagan nutqida bayon etilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va xalq xojaligi inshoatlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligining fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida Ozbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi.
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yonalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini taminlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokozolarga qaratilgan.
Maqsadi.FFVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan kuchli xuquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida Ozbekiston Respublikasining «Aholi va xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish togrisida» (1999 y.), «Fuqaro muhofazasi togrisida»gi (2000 y.) Qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. Qabul qilingan meyoriy hujjatlarda Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ukraina va boshqa etakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
Ozbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sogligining ustivorligi, axborotning oz vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlardan fuqaro muhofaza qilish choralarining korilishidir.
Respublika FVDT Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 11-dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning Respublika, mahalliy va obekt bosqichidan iborat 14 ta xududiy va 40 dan ortiq funktsional quyi tizimdan iborat bolgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi oz faoliyatini korsatmoqda. Bu tizim yagona kontseptsiyani belgilash, bashoratlash, taxliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini taminlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FVlarni tasniflash, avariya-qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamonaviy jihozlar bilan taminlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam korsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |