Kurs ishi mavzu: O`zbek xalqining etnalogiyasi Guruh: 206 Talaba: Abduraxmanov Sayidjon urganch 2022 reja: kirish



Download 72,92 Kb.
bet1/6
Sana15.07.2022
Hajmi72,92 Kb.
#802102
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abduraxmanov Sayidjon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA


MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX VA MAMLAKATLAR YO`NALISHI
2-KURS TALABASI



KURS ISHI


Mavzu: O`zbek xalqining etnalogiyasi

Guruh: 206


Talaba: Abduraxmanov Sayidjon
URGANCH 2022
REJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
ASOSIY QISM

  1. O`zbek Etnologiya fanining paydo bulishi tarixi va tarixshunosligi ……….7

  2. O`lkamiz xalqlari tarixin o’rganishda daslabki etnografik manbalar………17

  3. O`zbekistonda yuritilgan etnografik tadqiqotlar va ularning tarixiy ahamiyati…………………………………………………………………...20

XULOSA…………………………………………………………………………29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..33


KIRISH
Har bir fan o’ziga xos uslub, kontseptsiya, maktab va yunalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buen muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bulgan, zamon talabiga javob bera oladigan har xil maktab va yunalishlar yo’zaga kela boshlagan. XIX asr urtalarida nihoyatda keng miqesida utkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida tuplangan boy ma`lumotlarni jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bulgan evolyutsionizm, diffo’zionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy yunalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta`sir utkazgan.
Qadim va o`rta asrlarga oid manbalarda o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish jarayoni haqida aniq ma`lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma`lumotlar kamchil, ba`zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo`ladi.
Manbalarda qadim va o`rta asrlarda yashagan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqidagi ma`lumotlar ham mavjud. Bu ma`lumotlar, garchi qisqa bo`lsada, o`sha davr aholisining hayoti, etnik tarkibi, etnik aloqalari haqida ma`lum tasavvurga ega bo`lishga imkon beradi.
O’zbek xalqi ildiz olgan, uning ilk tarixiy ajdodlari — saklar, massagetlar, toxarlar, baxtarlar, xioniylar, usunlar, qang`arlar, so`g`diylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar haqida oldinroq chop etilgan ishlarimizdan birida batafsil gapirilgan, ularni bu erda takrorlab o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.
Mazkur ishda o`zbek xalqining elat bo`lib shakllanish jarayonida ishtirok etgan xalqlar, etnik guruhlar haqida eslatilgan manbalarga qisqa izoh berib o`tishning o`zi kifoya qiladi.
Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki) ma`lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «Shimoliy (Xitoy) xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577); «Suy sulolasining tarixi» — Suyshuda (581—618) «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (Shi, Chjeshe), Samarqand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, Shm yoki Shi, Kesh — (Shahrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi) viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga olingan manbalarda Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda joylashgan bir qancha turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, ba`zi urf odatlari va ularning u yoki bu hududning siyosiy hayoti da ishtiroklari haqida ham ma`lumotlar olish mumkin. Xitoy manbalarida eftaliylar (idal, yeda), qarluqlar (gelolu) va uning tarkibidagi qabilaurug`lar (meulo, dami, jisi, tashili, pofu, gesa), nushibi, dulu (duglat), turkesh, usun va boshqa turkiy qabilalar va qabila ittifoqlari tilga olinadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, bu qabilalar haqidagi ma`lumotlar tarjimon tomonidan qisqartirilib berilgan, ular xatodan ham holi emas. Shuning uchun ham N. Ya. Bichurinning tarjimalarini boshqa tarjimalar va izohli adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada N. V. Kyuner va Yu. A. Zuevning ishlari e`tiborga loyiqdir. Bu ishlarda Xitoy manbalarida keltirilgan ayrim viloyatlar, xalqlar haqidagi axborotlar tarjima qilinishi bilan bir vaqtda ularga ilmiy izoh ham beriladi.
VII asr oxiri — VIII asr o`rtalarida turk xoqonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining ayrim tomonlari haqida ma`lumot beruvchi muhim va ishonchli manbalardan biri Sibir` erlaridagi qadimgi turkiy tildagi qabrtosh bitiklari hisoblanadi. Bular: QulTegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq) va uning xotini Elbilga xotun, Mogilan6, QuliChur (Magillanning ukasi) va uyg`ur xoni MoynChur sharafiga qo`yilgan qabrtosh bitiklaridir.
Qabrtosh bitiklarida turk xoqonlarining davlat mustaqilligini saqlab qolish, uning kuchqudratini oshirish borasvda olib borgan ichki va tashqi kurashlari, o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanish arafasida Markaziy Osiyoda yo’z bergan siyosiy voqealar, ba`zi urfodatlar va boshqa masalalar tasvirlangan. Shuningdek, mazkur bitiklarda quyidagi etnonimlar ham tilga olinadi: o`g`o’z, ucho`g`o’z, sakkizo`g`o’z, to`qqizo`g`o’z, o`no`g`o’z, kengeres (kangar) qarluq, qipchoq, qirg`iz, az, teles, kidan, dulu, turkesh, turk va boshqalar. Bu xalqlar, qabilalar va qabila ittifoqlarining ko`pchiligi yoki ularning ayrim guruhlari o`zbek ajdodlarining elat bo`lib shakllanishida bevosita ishtirok etganlar. Qadimgi tosh bitiklar turkiy xalqlarning til tarixini o`rganish borasida ham muhim manba hisoblanadi.
Tosh bitiklarida keltirilgan ma`lumotlarni Xitoy manbalari va o`rta asrlarga oid boshqa manbalar bilan taqqoslab o`rganilsa, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbek xalqi etnik tarixi va etnogeneziga birmuncha aniqliklar kirgizish mumkin.
O`zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o`rganishda IX—XIII asrlarda arab va fors tillarida yozilgan tarixiy va geografik asarlarning ahamiyati juda katta. Bunday adabiyotlar talaygina. Ular asosida qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan1. Biz arabfors tilli manbalarning ko`pidan, asosan rus tilidagi tarjimalaridan foydalandik. Shularning ayrimlarini qisqacha eslatib o`tmoqchimiz.
Foydalanilgan manbalardan biri AbuJafar Muhammad ibn atTabariyning «Tarix arrasul va alMuluk» asari. Asarda Dixiston, Toxariston, So`g`d, Farg`ona, Shosh, Xorazm, ettisuv hududlarida yashagan turkiy va eron tilli aholi haqida qisqa ma`lumotlar beriladi. Manbada eftaliylar, qarluqlar, turkeshlar haqida hamda turkesh xoqonlari — Qursul, AbuMo’zaxim va ayrim turk sarkardalari tilga olinadi. Unda turklarning so`g`diylar, farg`onaliklar va toxaristonliklar bilan birgalikda arab istilochilariga qarshi kurashlari, turkiy xalklarning ayrim urfodatlari, e`tiqodlari haqida ham qisqa axborot beriladi.
Bog`dod xalifasi tomonidan Volga bulg`orlari podshosi oldiga 921—922 yillarda elchi qilib yuborilgan Ahmad ibn Fadlanning safar xotiralarida, Xorazm va xorazm xalqi, Dashtiqipchoqda va Orol dengiziga tutash cho`llarda yashovchi o`g`o’z (g`o’z) bijanak (pecheneg) qabilalari, ularning ijtimoiy hayoti, xo`jaligi haqida ko`rganbilganlarini yozib qoldirgan. Uning ma`lumotlaridan o`sha davr hayotini, turg`un va ko`chmanchi aholining o`zaro munosabatlarini tushunish qiyin emas.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, madaniy va xo`jalik faoliyatini o`rganishda X asrda yashab o`tgan geograf sayyohlar alIstaxriy Ibn Hovqal va alMuqaddasiy asarlarining ahamiyati bebahodir. Bu mualliflar bergan axborotlarning afzalligi shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida bo`lib, bevosita ko`rganbilganlarini yozgan. Yuqorida tilga olingan mualliflarning asarlarida So`g`d, Kesh (Shahrisabz), Nasaf (Qarshi), Toxariston, Shosh, Farg`ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari, shahar va qishlokdari, aholisi, tabiati, ekinzorlari, xo`jaligi, hamda tijorati haqida batafsil ma`lumotlar berilgan. Ularning axborotlarida turg`un yashovchi turkiy xalkdar va ko`chmanchi qabilalar (o`g`o’z, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib o`tilgan.
Ba`zi o`rinlarda Ibn Hovqal va Muqaddasiy ma`lumotlari al-Istaxriy keltirgan ma`lumotlarni takrorlanganga o`xshaydi. Shu bilan birga, ular talay yangiliklar qo`shib, birbirlarini to`ddiradilar ham. Shuning uchun ham ularning asarlari X asrga oidg eng aniq va mukammal geografik asarlar hisoblanadi.
Markaziy Osiyo haqida muhim axborot bergan mualliflardan biri X asrda yashab o`tgan yana bir arab sayyohi Abu Dulafdir. Uning yo`l taassurotlarida chigil, qarluq, kimak, pecheneg, tug`o’z g`o’z, (tuqo’z o`g`o’z), g`o’z, qirg`iz qabilalari va qator hududlarda turg`un yashovchi aholi eslatib o`tilgan.
So`zsiz, o`sha davrda, turkiy xalqlarning yashagan hududlarini aniqlashda Abu Dulafning ma`lumotlari muhim manba hisoblansada, uning ma`lumotlaridan foydalanishda tadqiqotchi juda ehtiyot bo`lishi kerak. Chunki tilga olingan xalqlarning ko`pchiligi orasida Abu Dulafning o`zi shaxsan bo`lmagan, ular haqidagi ma`lumotlarni muallif boshqalardan eshitib yozgan bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham uning safar xotiralarida berilgan yo`l marshrutlari juda chalkash. Masalan, sayyoh slavyanlardan o`tib go`yoki pecheneglar eriga (shu davrda bularning katta bir qismi Emba va O`rol daryo oralig`ida joylashgan bo`lgan), undan o`tib chigillar va Tibet erlariga, ulardan o`tib kimak g`o’z erlariga borganligini hikoya qiladi. Ya`ni kelgan tomonga (orqaga), O`rol tog` oldi mintaqalarda yashaydigan kimak eriga yana qaytib borib, so`ngra Xitoyga o`tib ketganligini hikoya qiladi. Hech qanday sayyoh Tibetdan (orqaga qaytib), O`rol tog` oldi mintaqalarida yashovchi kimaklar eriga, keyin qaytib Xitoyga bormasa kerak?

Download 72,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish