Globallashtirish – bu xo’jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xo’jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bo’lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bo’ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xo’jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining ke skin kuchayib borayotgan o’zaro bog’liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bo’lgan mamlakatlarni jalb etish, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish, jahon iqtisodiy gomogenizatsiyasiga ba'zan izchil bo’lmagan (xo’jalik yuritish shakli va tizimlarining o’xshashligi, bir xilliligini kuchaytirish) yo’nalish. Yu.V.Shishkovning namunaviy ta'rifiga ko’ra, jahon xo’jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat
taqsimoti, balki ulkan xalqaro, ko’pincha butunjahon, Ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, globalmoliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog’i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotga aylana boshladi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, investitsiyalarning tarmoqli tuzilmasi, ishlab chiqarish va savdo tabiati xo’jalik hayoti sub'ektlari tomonidan global kon'yunktura hisobga olingan holda belgilanadi, iqtisodiy o’sishlar va tushishlar butunjahon miqyosini qamrab oladi. V.P. Kolesova tahriri ostida “Jahon xo’jaligini globallashtirish va Rossiyaning o’rni” nomli monografiyasida – internatsionallashtirishning butunjahon miqyosi – loballashtirishning mohiyatini anglatadi, deb tasdiqlangan (2002 g., str.7). Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xo’jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bo’yicha xalqaro bitimlarning turi, xajmi ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy o’zaro bog’liqligi” sifatida ta'riflaydilar. XVFning so’nggi ma'ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni-jahonda milliy iqtisodning, ususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba'zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli ko’rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. Globallashtirishda hech qanday sir yo’q. U aqatgina asrlar davomida iqtisodiyotning barcha darajalarida – qishloq bozori, shahar sanoati, savdo, poytaxt fond birjalarida amal qilib kelgan aynan shu bozor kuchlari harakatini milliy chegaralari orqali o’tkazadi. Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi. Umuman mazkur o’quv qo’llanmada keltirilgan Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondashuv asosida Butunjahon banki Prеzidеnti Dj. Vulfеnsonning jahon xo’jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati to’g’risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va intеrnatsional birliklar esa bir-biriga qo’shilib kеtadi. So’nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib kеtishlarni eslang.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bu chuqur va qat’iy asosda o’rnatilgan mamlakatlarning xo’jalik siyosiy jarayonlarining birlashmasidan va milliy xo’jaliklararo mehnat taqsimotining turli ko’rinishidagi va turli shakllardagi takror ishlab chiqaruvchi tuzilmalarining ittifoqidan iborat. SHunday ulkan ishlarni amalga oshirish uchun, katta niyatlar, orzular bilan yashash uchun hammamizga birinchi navbatda tinchlik, xavfsizlik kerak, mintaqa xalqlari va davlatlarining hamjihatligi kerak. Iqtisodchilarning bir guruhi integratsiya jarayonida mamlakatlar o’rtasida yangi tovar oqimlarini shakllantirish hisobiga “resurslarning cheklanganligi omili”ni bartaraf etishni eng muhim muammo deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, bu bir xildagi qimmatroq tovarlarni aloxida olingan bir mamlakat ichida ishlab chiqarishni bartaraf etish yoxud ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga mablag’larni tejash imkonini beradigan texnologiya ayirboshlashni kengaytirishdir. Olimlarning boshqa bir guruhi tashqi iqtisodiy omillarni, masalan, mamlakat aholisini xavfsizligini mustahkamlashni ustun bo’lgan shart-sharoit sifatida ilgari suradilar. Uchinchi guruh olimlar integratsiya guruhlari barpo etilishi ularning qatnashchilariga ishlab chiqarishning barqaror o’sish, ijtimoiy barqarorlik va boshqa maqsadlarga osonroq va tezroq erishish imkonini beradi, deb hisoblaydilar. Ushbu va boshqa nazariy yondashuvlarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, integratsiya o’zida mintaqaviy ko’lamda sifat jihatidan yangi iqtisodiy muhitni shakllantirish yo’li bilan milliy xo’jalik komplekslarining yaqinlashishi va o’zaro bir-biriga kirib borishini ifodalaydi.
Evropa Ittifoqi Komissiyasi evropa-Eyda dasturi doirasida “O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish” loyihasini moliyalashtirishga kirishganligi munosabati bilan ana shu dasto’rni amalga oshirishga aloqador ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun maxsus loyiha ta’sis etilgan. SHu munosabat bilan Boshqaruv qo’mitasi 2004 yil 24 sentyabrda o’zining yig’ilishini o’tkazdi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun o’tkazilgan tenderda golib chiqqan grek Konsorsiumi tarkibida taniqli “Evropien Profaylz”, “Evropien Perspektiv” kompaniyalari hamda evropa Konstitutsiyaviy qonunchilik markaziy - Saos fondi bor. Loyihani oluvchi O’zbekiston Respublikasi.
EIning mazkur dasturi barqaror rivojlanishga erishish hamda qonun ustuvorligiga, inson xuquqlari va erkinliklarini himoya qilishga asoslangan fuqorolik jamiyatining asoslarini barpo etish uchun demokratik o’zgarishlarni chuqurlashtirish jarayonlarini qo’llab-quvvatlash maqsadini ko’zlaydi.
Qonun chiqaruvchi oliy institutlar faoliyat olib borish asnosida to’plangan evropa tajribasidan bahramand etish yo’li bilan Oliy Majlisga ikki palatali parlament tizimiga o’tishda ko’maklashish ularning loyihasini asosiy vazifalaridan biridir. Ushbu loyiha asosida Oliy Majlis tomonidan 2 palatali parlamentga saylov o’tkaziladi.
Malumki, yaqinda evro hududga kiruvchi davlatlar o’nta edi. Endi ular evro pul birligi hududiga kirishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun ushbu mamlakatlar pul siyosatida islohotlar o’tkazishi, o’z iqtisodiy ko’rsatkichlarini hozirgiga nisbatan bir necha barobar oshirishlari lozim edi. SHunda ular 2010 yilga borib evroga o’tishi mumkin. Ammo evropa markaziy bankining ma’lum qilishicha, oltita davlat - Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Kipr va Maltada iqtisodiy o’sish mutlaqo talab darajasida emas. Bunday o’sish bilan ular yana o’n yilda ham evroga o’ta olmaydilar.
Evrokomissiya ham xuddi shunday malumot tarqatdi. Unda takidlanishicha, Polsha va Vengriya evroga o’tish uchun talab qilinadigan beshta muhim ko’rsatkichlarning birontasiga ham erisha olmagan.
Iqtisod va valyuta siyosati bo’yicha evrokomissar Xoakin Almuniyaning qayd etishicha, bu davlatlarda etarli darajada islohotlar amalga oshirilgan. Lekin bu evrokomissiya talabiga hali to’la javob bermaydi. Ushbu mamlakatlarda byudjetni takomillashtirish borasida ko’p ishlar qilinishi kerak. Iqtisodiy barqarorlik masalasida ham uncha-muncha yumushlarni bajarish lozim.
X. Almuniya Litva, Latviya, estoniya va Sloveniyada evroga tezroq o’tish uchun imkoniyatlar bor ekanligini aytib o’tdi. Bu mamlakatlarning ayrimlarida milliy valyuta kurslari evroga yaqinlashib qoldi. Ammo ular 2007 yilgacha evro hududiga kira olishi qiyin. Ularga ham iqtisodiy o’sishning nisbatan pastligi xalal berishi mumkin.
Evropa Markaziy banki boshlig’i Jan Klod Trishening qayd etishicha, evro hududidagi mamlakatlar davlat harajatlari va milliy qarzlari hajmini cheklashi kerak. Lekin bu davlatlarning yarmi ushbu ko’rsatmani bajarmayapti. Bu esa evroga kirmoqchi bo’lgan yangi azolar uchun yaxshi namuna emas.
Xo’sh, evro hududi yaqin orada kengayadimi? Bu savolga hozircha xech kim aniq javob bera olmaydi. CHunki yuqorida takidlab o’tganimizdek, eIga yaqinda kirgan mamlakatlarda pul siyosati va iqtisodiy o’sish talab darajasidan ortda qolayapti. Bunday vaziyatda esa evro hududining kengayishi xaqida gapirish ortiqcha.
Ishlab chiqarishning baynalminallashuvining erishilgan darajasi buyicha integratsiya to’zilmalarini bir-biridan farqlash zarur. U rasmiy hamda real tusga ega bo’lishi mumkin. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaga uch darajali model sifatida karaladi (ayniqsa, uning harbiy evropa varianti):
-mikro darajada, yani korporativ darajada, bunda ayrim Kompaniyalar to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalariga kirishadi, integratsiya jarayonlarini avj oldiradi;
-davlatlararo darajada, bunda davlatning malum maqsadga yunaltirilgan faoliyati (jamoaviy yoki bir tomonlama faoliyati) mamlakatlarning u yoki bu guruhi doirasida mehnat va kapital chatishib ketishini taqozo etib, integratsiya jarayonlariga ko’maklashadi;
-milliy manfaatlardan ustun turuvchi daraja, bunda ishtiroqchi mamlakatlar bir qancha siyosiy-iqtisodiy funksiyalarni ushbu sohalardagi suverenitetidan voz kechib, Ittifoqqa ixtiyoriy ravishda yondashadi.
Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznеs uslubimizni o’zgartiradi. Xususiy sеktor – xususiy capital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kеlib, ushbu mamlakatlarning g’arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan bеsh marotaba ortib kеtayotgani, misli ko’rilmagan darajada taraqqiy etib kеtdi. qashshoq mamlakatlarda tеzkor urbanizatsiya yuz bеrib, fuqarolik jamiyati vujudga kеlmoqda, dеmokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich o’tmoqda. Ushbu yo’nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli ko’rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Intеgratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar dеgradatsiyalanadi. Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan tеng huquqliligi murakkablashib boradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |