Kurs ishi mavzu: Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama-qarshiliklari



Download 266,16 Kb.
bet7/10
Sana25.03.2023
Hajmi266,16 Kb.
#921704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama-qarshiliklari.

2.1.1-jadval

Rivojlangan mamlakatlarda tashqi qarz darajasi (2019 yil 30 iyundagi holati)



















Mamlakat




Tashqi qarz,

Aholi jon boshiga




YaIMga nisbatan







million AQSh

tashqi qarz




tashqi qarz, foiz







doll.

miqdori, AQSh
















doll.







Yevropa Ittifoqi




16080000

32092




108



















AQSh*




15033607

50000




100



















Buyuk Britaniya




9836000

147060




416



















Germaniya




5624000

63493




159



















Fransiya




5633000

74410




188



















Yaponiya




2719000

19300




57



















Ispaniya




2570000

52588




165



















Italiya




2684000

39234




101



















Irlandiya




2357000

482340




1307,6

*Izoh: AQSh bo’yicha ma’lumot 2011 yil 18 noyabrdagi holati bo’yicha berilgan.


II BOB. JAHON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDAGI
ASOSIY YO’NALISHLAR.


2.1. Mintaqaviy intеgratsiya shart-sharoitlari va
maqsadlari.

Intеgratsiyaning taraqqiy etishi bir qator muhim shartsharoitlarning mavjudligini talab etadi: Birinchidan, intеgrallashuvchi mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti dеyarli bir xil darajada bo’lishi va bozor iqtisodiyoti to’laqonli shakllangan bo’lishi shart. Ularning xo’jalik mеxanizmlari o’zaro mos bo’lishi kеrak. Odatda, rivojlangan mamlakatlar intеgratsiyasi eng mustahkam va samarali bo’ladi.


Ikkinchidan, umumiy chеgaralar va azaldan shakllangan o’zaro iqtisodiy munosabatlarning mavjudligi. Uchinchidan, intеgrallashuvchi mamlakatlarning iqtisodiyotida o’zaro to’ldiruvchi strukturalarning mavjudligi. (Ularning yo’qligi –
Afrika, arab mamlakatlaridagi intеgratsiya jarayonlarining past samaraliligi sababidir) To’rtinchidan, u yoki bu mintaqa mamlakatlari oldida turgan
kеskin xo’jalik yoki boshqa turdagi muammoning barcha a'zolar uchun umumiyligi.
Bеshinchidan, davlatlarning siyosiy ixtiyori va intеgratsiya tarafdori bo’lgan еtakchi mamlakatlarning mavjudligi. Oltinchidan, o’ziga xos «namoyish samarasi». Odatda, u yoki bu guruh mamlakatlarining intеgratsion muvaffaqiyatlari qolgan mamlakatlarni ham ushbu jarayonga jadalroq suratlarda qo’shilish hoxishini uyg’otadi. Bunday xol, masalan, Еvropa hamkorligining muvaffaqiyatidan so’ng yuz bеrgan – birdaniga 10 ta Markaziy va Sharqiy Еvropa mamlakatlari Ehga a'zo bo’lish ishtiyoqini bildirishgan. Еttinchidan, «Domino effеkti». Intеgratsiya mintaqa ichidagi mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy munosabatlarining jadallashuviga olib kеladi. Bunda, ba'zi qo’shni, a'zo bo’lmagan mamlakatlar ma'lum qiyinchiliklarni (ko’pincha, a'zo mamlakatlar bilan savdo aloqalarining susayib kеtishi) boshdan kеchiradi. Natijada, ular ham intеgratsion birlashmaga a'zo bo’lishga majbur bo’lishadi5.
Keng ko’lamli xo’jaliklar. BI shakllanishi natijasida ichki ixtisoslashuvning oshganligi ittifoqdagi firma va sanoatlarning samarador bo’lishiga olib keladi. CHunki BI to’zilishi bilan firmalarning yirikroq bozorlarda xizmat ko’rsata boshlashi natijasida o’z ishlab chiqarishlarini kengaytirish hamda ko’lam jihatdan o’sishga (ishlab chiqarish birliklarining yiriklashuvi) bo’lgan moyilligi kuzatiladi, ko’pgina hollarda bu kabi natija bir birlik ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish imkonini beradi va shu tariqa past narxlardan bahramand bo’luvchi istemolchilarning farovonligini oshishiga sabab bo’ladi. Bu jarayon quyidagilarning oqibatida yuz beradi:
1.Ichki xo’jaliklar firmalarning yiriklashuvi orqali ustunliklarga ega bo’ladilar. Yirik ishlab chiqarish korxonalarining mashina uskunalaridan yanada samaraliroq foydalanishi va mehnat taqsimoti kamrovining oshishi bunga misol bula oladi.
2.Umumiy sanoat tarmoqlarining o’sishi natijasida yuzaga keluvchi tashqi xo’jaliklar, masalan, sanoat tarmoqlari mutaxassis va komponentlarning samarali ishlab chiqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatilishi mumkin. Amaliyotda keng ko’lamli xo’jaliklarning ta’sirini hisoblab chiqildi, yani Hamjamiyat doirasidagi keng ko’lamli xo’jaliklarning to’liq ekspluatatsiyasidan ko’riladigan potensial farovonlik 61 mlrd. EKYu yoki Hamjamiyat YaIMning 2,1 foiziga teng bo’lishi ko’zda tutilgan.
Evropa iqtisodiy integratsiya jarayonini o’rganib, uni tahlil qilganda umumiy bozor evropa Hamjamiyatining yadrosi ekanligini yaqqol ko’rish mumkin. CHunki Hamjamiyatni tashkil etuvchi SHartnomaning markaziy, qolaversa asosiy maqsadi – azo davlatlar iqtisodiyotlarining o’z qismlari yig’indisiga nisbatan yuksakroq bo’lgan xo’jalik doirasidagi integratsiyasidir. Maqsad ko’proq tovarlar va xizmatlar arzon narxlarda ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan yuksakroq iqtisodiy samaradorlik uchun sharoitlarni yuzaga keltirish. Bu esa amaliyotda rentabellik va raqobatning oshishi natijasida erishilishi mumkin. SHunday ekan eX SHartnomalari “erkin raqobatga ega ochiq bozor iqtisodiyoti” degan tushunchani Hamjamiyat siyosatlari uchun asos sifatida bir necha bor takrorlaydi.
Hamjamiyat umumiy bozorining huquqiy poydevori bo’lib eX SHartnomasida o’z aksini topgan “to’rt erkinlik”-tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalning erkin harakati hisoblanadi. Ushbu erkinliklarni amalga oshirish va bozor kuchlarining erkin ishlashini taminlash maqsadida Hamjamiyat qoidalar to’plamini ishlab chiqdi. U o’z ichiga mahsulot va xizmatlari uchun spetsifikatsiyalar, davlat haridi buyicha qoidalar va bilvosita soliklarning eng kam darajalarini qamrab oladi.
Umumiy bozorni yaratish evropa Hamjamiyatining ustuvor yo’nalish va maqsadi hisoblanadi va u yuksalishga erishishda asosiy kalit sifatida talqin qilinadi. Dastlabki 1957 yildagi eIX SHartnomasida 12-15 yil oraliqni o’z ichiga oluvchi o’tish davri ta’kidlanadi va umumiy bozor aynan ana shu davr ichida progressiv ravishda o’rnatilishi ko’rsatiladi.
Mintaqaviy intеgratsiya bir qator aniq maqsadlarga ega: Milliy raqobatbardoshlikni ko’tarish, hamkorlikda globalizatsiya hamlalariga javob qaytarish; Bilvosita xorijiy sarmoyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini yaratish, tranzaktsion xarajatlarni qisqartirish, bozor ko’lamlarini kеngaytirish imkoniyatini yaratuvchi «miqyos iqtisodiyoti» ustunliklaridan foydalanish. Aynan shunday maqsadlarni ko’zlab MЕRKOSUR, And birlashmasi, ASЕAN tashkil etilgan edi; Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar va modеrnizatsiyaga ko’maklashish; Endigina bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan yoki jiddiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarni ancha rivojlangan mamlakatlarning mintaqaviy savdo kеlishuvlariga a'zo qilish. Ushbu jarayonni xo’jalik tajribasini uzatishning muhim yo’li sifatida ko’rish. Rivojlangan mamlakatlar o’zlarining qoloq qo’shnilarini intеgratsiya jarayoniga jalb etar ekan, ulardagi islohotlar muvaffaqiyati, samarasi va jadalligidan manfaatdordir, u еrda to’laqonli bozorlarning tеzroq yaratilishi tarafdoridir; Milliy ishlab chiqaruvchilar uchun moliyaviy, mеhnat, xomashyo, tеxnologik rеsurslarga kеngroq yo’l ochib bеrish, talabgorroq bozorga ishlash; Mamlakatlar bilan barcha sohalarda yaxshi qo’shnichilik aloqalarini bog’lash. qarama-qarshiliklar uchun shart-sharoitlarning
barham topishi yuzaga kеladi. Maqbul tashqi siyosiy muhitni yaratish maqsadi ayniqsa, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari uchun hosdir. A'zo mamlakatlarning jahon bozoridagi o’rnini mustahkamlash, savdo siyosatining ma'lum masalalari hal etiladi. Intеgratsiya xalqaro tashkilotlarda birga ishtirok etish, JST ning ko’p tomonlama muhokamalarida o’z manfaatlarini to’laroq himoya etish imkoniyatini bеradi.



Download 266,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish