Kurs ishi mavzu: "Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi" Termiz -2022


II BOB. INFORMATIKANI FANINI FANLARARO ALOQADORLIKDA O‘QITISH MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH



Download 0,93 Mb.
bet7/9
Sana24.11.2022
Hajmi0,93 Mb.
#871251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24 Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi

II BOB. INFORMATIKANI FANINI FANLARARO ALOQADORLIKDA O‘QITISH MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH


METODIKASI
    1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining boshqa fanlar bilan


uzviy bog‘liqligi
Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo’llashayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. fanlararo aloqadorlikning mazmuni va materiallar hajmi ta’lim tizimining o‘quv dasturi orqali aniqlanadi. o‘quv fanlari orasida o‘zaro bog‘liklik ikki turga bo‘linadi: xronologik va g‘oyaviy. birinchisi, turli fanlar dasturlarining o‘zaro mutanosibligiga, ikkinchisi esa, bir xil yo’nalishdagi ilmiy tushunchalarning umumiy metodik holatlar asosida singdirilishiga asoslanadi.
Fanlararo bog’lanish fanlarning turiga qarab umumiy metodlar birligi bilan ham izohlanadi. masalan, matematika va fizikada modelli metod, ekspermental metod umumiyligi ko‘zgatashlanadi. amaliyotda matematika o’qituvchilari fanlararo xronologik bog’lanishning ilgari, hozir, kelgusi kabi uch turidan bevosita foydalanadilar. ilgari fanlararo bog’lanish informatika kursi materiallarini o’qitishda oldin boshqa fanlardan olingan bilimlarga tayaniladi. hozir fanlararo bog‘lanish-barcha fanlardan materiallar bir vaqtda o’tiladi. Kelgusi fanlararo bog’lanish-informatikada o’tilgan materiallar kelgusida boshqa fanlarning o’qitilishida asqotadi. ma’lumki, matematika, fizika fanlari aniq fanlarning ilmiy asosi hisoblanadi. Buning uchun ta’lim tizimida barcha fanlarning o’zaro bog’likligini o’qitishning dastlabki bosqichlaridayoq o’quvchilarga tushuntirib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu esa o’quvchilarning barcha fanlardan olayotgan bilimlarining bir-biriga bog’langanligini, tashqi muhitning bir butunligini tushunishiga yordam beradi.
Ta’lim tizimida informatika va axborot texnologiyalari ahamiyati, uning fan va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Ta’limda informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z- o’zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o’stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim-tarbiya olishni keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni egallashi lozim. Ayni vaktda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvox bo’lish mumkin.
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro xamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar xam mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida mazkur loyixa amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq xarakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy xolda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Qayd etilayotgan tushuncha moxiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun xam davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmokda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi moxiyatini yoritishga nisbatan turlicha karashlarning mavjudligiga karamay, ularni o’zaro yakinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi
va o’quvchilarning o’zaro xarakati, xususiyati aks ettiriladi.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Tabiiyki, ta’lim jarayonida umumiy xolda erishilgan natija xar doim xam o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p xollarda «metodik usul» (sinonimlari - pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi xam qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muxim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Xar bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli xal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. O`quv jarayonida yangi texnologiyalarni qo`llash ilg`or pedagogik metodlarning rivojlanishiga, masalalar yechish jarayonida o`qituvchi ish uslubining o`zgarishiga olib keladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o’tish maqsadga muvoffiqdir Birinchi Prezidentimizning quyidagi so`zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi”, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur.Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan ongli yashaydigan komil inson etib voyaga yetkazish ta`lim tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi. Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. XXI asr – axborot kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi rivojlanish bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu rivojlanish nafaqat odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi hayot tarzi va kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlarda ta’limni sifatini ko’tarish masalasi qaratilgan. Informatikalashtirish ta’lim tizimini isloh qilishning muhim mexanizmidan iborat bo’lib, u ta’limni sifati, tushunarliligi va samaradorligini ko’tarishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g'risida”gi Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlar ko’rsatib berilgan. Harakat strategiyaning IV – bandida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo’nalishlarida ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmini yaratish kabi vazifalar qayd etib o’tilgan. Ta’lim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki bugungi kunda insoniyat rivojlanishi shunday bosqichga yetib bordiki, bu bosqichda inson aql -zakovati, bilimi va uning mutaxassis sifatidagi malakasi hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydigan bo‘lib qoldi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlari bilan cheklab qolmasdan balki, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, ularning har tomonlama yetuk kadrlar qilib tayyorlashida muhim rol o‘ynaydi. Ta’limdagi axborot texnologiyalari
keng me’yoriy tushuncha bo‘lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana shu texnika, texnologiyadan foydalanishni taqazo etadi. Chunki, zamonaviy o‘qitish texnikasidan foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Yoshlarga ta`lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o`qituvchilarning g`oyaviy e`tiqodiga, kasb mahoratiga, iste`dodi va madaniyatiga, hozirgi zamon pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llash, o’quvchilarni o`zaro faollikka olib kelishiga bog`liq.



    1. Download 0,93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish