Kurs ishi mavzu: "Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi" Termiz -2022


Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika fanidagi misol va masalalarni xisoblash



Download 0,93 Mb.
bet8/9
Sana24.11.2022
Hajmi0,93 Mb.
#871251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24 Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi

Informatika fanini o‘qitishda dasturlash tillari asosida fizika fanidagi misol va masalalarni xisoblash


XX asrning buyuk mo`jizasi bo`lmish kompyuterlar XXI asr- axborot asri bo`lishiga zamin yaratadi. Hozirgi paytda kompyuterlar kirib bo`lmagan xalq xo`jaligini bironta soxasini ko`rsatish qiyin. Ayniqsa, ularning fizikada qo`llanish ko`lami benihoya kengdir. Hozirgi kunda kosmik kemalardan yuborilayotgan axborotlarni qayta ishlash tezlatgichlardagi zarralar harakatini boshqarish, fizikadan o`ta nozik tajribalar o`tkazish nazariy fizikaning murakkab masalalarni yechishni kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.


Respublikamizda kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishining asosiy mazmuni ta`limda nazariya bilan amaliyotning bog`lanishi, o`quv materiallarining o`quvchi qiziqarli bo`lishi ya`ni ta`lim motivlariga katta e`tibor berilishi talab qilinadi. Fizika fanida nazariy bilimlarni amaliyotga bog`langan holda bir tizimga keltirib, o`quvchiga yetkazish dolzarb hisoblanadi. Fizika fanini o`qitish nazariy va amaliy jihatdan chuqur va mazmunli tanlanishi maqsadga muvofiq hozirgi zamon o`qituvchisi uchun mos o`quv materiallari tanlanishi va uni pedagogik texnologiyalardan foydalanib turli variantda qayta ishlash orqali o`rganilishi ta`limda o`qitishning yangi metodikasini yaratishga olib keladi. Har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini axborot texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Mana shu yangi texnologiyalar jamiyat rivojlanishining barcha yo`nalishlariga, shu jumladan ta`lim sohsaiga ham jadal sur`atlarda kirib kelmoqda. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan talabalarga talim berish va qayta tayorlshjarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassi slarni kamol topdiradi. Ma`lumki, fizika ta`limida eksperimentlarga katta o`rin beriladi. Fizikada xar bir qoyida eksperimental isbotini topganidan keyingina qonun,tamoyil va qoyida huquini oladi. Psixologik jihatdan ham o`quvchilarning bilim olishlarida ko`rgazmali qurollar va naoyish tajribalar muhim rol egallaydi.
Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga usullarda o`rgatish maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimediya umumta`lim dasturlarni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan elektron darslik, o`quv filmi,virtual labaratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda. Ulardan amalda samaralai foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va boshqa elektron qurulmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedgog faoliyati samaradorligini oshirib,vaqtni tejaydi,o`quvchi diqqatini jamlab,fanga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi.Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon etmasin, barbir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan ko`rib, mantiqan fikirlab hamda u bo`sunadigan qonun qoyidalarni o`zlashtirsa o`qitishning samarasi yanada oshadi. Ayni vaktda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvox bo’lish mumkin.
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro xamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar xam mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida mazkur loyixa amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq xarakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy xolda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Qayd etilayotgan tushuncha moxiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun xam davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmokda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi moxiyatini yoritishga nisbatan turlicha karashlarning mavjudligiga karamay, ularni o’zaro yakinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi
va o’quvchilarning o’zaro xarakati, xususiyati aks ettiriladi.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Tabiiyki, ta’lim jarayonida umumiy xolda erishilgan natija xar doim xam o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p xollarda «metodik usul» (sinonimlari - pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi xam qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muxim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Xar bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli xal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. Namoyish tachribalarni har biri o`ziga xos harakterga ega bo`lib, ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun namoyish qilinayotgan tajriba o`tkazilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazari olingan bilimlarni amaliyotda tasdiqlashi lozim. Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. XXI asr – axborot kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi rivojlanish bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu rivojlanish nafaqat odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi hayot tarzi va kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlarda ta’limni sifatini ko’tarish masalasi qaratilgan. Informatikalashtirish ta’lim tizimini isloh qilishning muhim mexanizmidan iborat bo’lib, u ta’limni sifati, tushunarliligi va samaradorligini ko’tarishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g'risida”gi Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlar ko’rsatib berilgan. Harakat strategiyaning IV – bandida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo’nalishlarida ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmini yaratish kabi vazifalar qayd etib o’tilgan. Shunday nomoyish eksprementlari borki,ularni qo`l bilan bajarib, ko`z bilan ko`rish imkoniyati mavjud emas. Masalan,malekulalarning harakatini oddiy tajribalar asosida ko`rsatish imkonitai yo`q. Shu sababli ayrim tajribalarni media resurslardan foydalanib o`quvchilarga yetkazilsa,darsning samardorligi ortadi.
Mediaresurslardan foydalanishning o`ziga xos muhim tomonlari shundaki:

    • Turli xil fizika qurilmalar va asboblar tayorlash shart emas;

    • Hodisalarni jonli va tabiiy ko`rinishda tasvirlash;

    • Tajribani oz fursat ichida istalgan marta takrorlash;

Kuzatish qiyin bo`lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo`lmagan jarayonlarni ham nomoyish eta olish imkoniyatiga ega bo`linadi. Media resurslardan samarali foydalanish natijasida o`qituvchi faoliyatida:
Mavzularni to`liq yoritib (fizik hodisa va jarayonlarni, fizik qonunlar)berishga imkon yaratiladi;
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo`lganligi sababli,o`tiladigan xar bir mavzuni tajribalar asosida ko`rgazmali o`tish faning samardorligini oshirishga zamin yaratadi.Shunday ekan, dars jarayonida zamonaviy o`quv labaratoriya jihozlaridan samarali foydalanib,ko`rgazmali tajriba namoyishlarni, labaratoriya ishlarni bajarish maqsadga muvofiq.
Fizika fani amaliyotda tajribalarga tayangan eksperimental fan bo‘lganligi sababli o‘tiladigan har bir mavzuni tajribalar asosida ko‘rgazmali o‘tish fanning samaradorligini oshiradi. Dars jarayonida zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlaridan foydalanib, ko‘rgazmali tajriba namoyishlarni, laboratoriya ishlarini bajarish maqsadga muvofiq. Fizika darslarida vertual laboratoriya orqali nazariya bilan amaliyot mujassam holatda o‘qitilishi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantiradi va amaliyotda qo‘llashga zamin yaratadi
O‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy tashkillashtirishning xarakterli xususiyatlaridan biri –o‘quv jarayonini boshqarishning samaradorligini oshirish maqsadida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishdir. Bunda kompyuter nafaqat hisoblash ishlarini bajarish hamda fizikaviy jarayonlarni modellashtirish asosi hisoblanadi.

XULOSA


Ilg’or pedagogik tajribalar va ta’lim nazariyasiga oid yutuqlarni amalyotga joriy etish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etmoqda. O’qituvchining pedagogik faolyatiga joriy etish uchun ko’plab tajribalar vujudga kelmoqda va to’planmoqda. O’qituvchining pedagogik faoliyati ommaviy hamda ilgor bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ta’lim –tarbiya sifatini oshirish dolzarb masala bo’lib qolgan.


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi Qonun talablari asosida respublikamizda umumiy o’rta ta’limni rivojlantirishda inavatsion g’oyalar keng ko’lamda amalga oshirilib kelmoqda. Ta’limning asosiy Vazifalaridan kelib chiqib, barcha o’quv fanlari, shu jumladan aniq fanlarni o’qitishni yuqori saviyada rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’limda fanlarni o’qitishda inovatsiya va axborot texnologiyalardan foydalanib dars o’tish yuqori natijalarga erishishda muhim ahamyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, mazkur zamonaviy o’qitish usulini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim tizimida to’g’ri tashkil etishga erishish o’qituvchilar uchun dolzarb muammo hisoblanadi.
Hozirgi davr talabi yosh avlodni har tomonlama yetuk, jismonan sog’lom, o’rgangan fanlarini erkin ifodalab, amalyotda qo’lay oladigon, keng doirada fikrlaydigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat. Yoshlarda ushbu fazilatlarni shakllantirish uchun tabiy va aniq fanlardagi bilimlari muhim ahamyatga ega.
Shunday qilib, o’qitishda fanlararo aloqadorlikni hisobga olish va amalda qo’llash ta’lim-tarbiyada samarali omildir. Bu usul talaba-yoshlarning bilimini mustahkamlaydi, dunyo qarashini kengaytiradi. Matematika va fizika fanlarini boshqa fanlar bilan aloqadorlik asosida o’qitishni amalga oshrilishi yuzasidan quyidagi xulosalarni qilish imkonini beradi:

  1. Umumtalim va kasbiy fanlarning o’quv jarayonidagi o’zaro bog’lanish ikkita aloqador yo’nalishlar bilan taminlanadi: umumtalim fanlarining kasbga yo’naltirilishi va kasbiy tayyorgarlikning ilmiy-texnik darajasini oshirish.

  2. Matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanishini amalga oshirish quyidagi bosqichlari asoslandi: matematika va maxsus fanlarning o’zaro bog’lanish masalalari va ularning asosida yotuvchi tamoyillarni o’rganish (o’quvchilarning nazariy tayyorgarligi); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida bilimlarni differensiallash (ma’lum darslarga tayyorlanish); fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida o’rganiladigan bilimlarni tegishli mavzular bo’yicha integrallash; darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etish.

  3. Darsni fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilishi quyidagi natijalarga: talabalani ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishga; kasbga, shuningdek, fanga bo’lgan qiziqishlarni oshirishga; olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash, mehnat faoliyatiga tatbiq etish ko’nikmalarni shakllantirishga; tanlagan ixtisosliklari bo’yicha maxsus fanlar asoslarini egallashlari uchun zarur bilimlar bilan taminlashga; mustaqil va ijodiy fikrlash, uni ravon bayon etish malakalarini shakllantrishga olib keladi

Ta’kidlash joizki, aniq fanlarni o’qitishda yangi inavatsion g’oyalardan va axborot texnologiyalardan foydalanish zamon talabidir. Ana shundagina iqtidorli, bilimdon, zukko o’quvchi yoshlar sonini kengaytirib, O’zbekistonni kelajagi buyuk davlatga aylantirish kabi ezgu maqsadga erishishga o’z hissamizni qo’shamiz.
ADABIYOTLAR RO'YXATI

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish