Kurs ishining asosiy maqsadi: Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi bo`yicha barcha nazariy va amaliy ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi o‘quv -metodik vositalar ishlab chiqish.
Kurs ishining asosiy vazifalari:
o’quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo’llash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar echish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to’g’ri bajarishga o’rgatish;
o’quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o’quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o’rgatib borish;
ta’lim-tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo’lgan tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitishda o’quvchi yoshlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish.
Kurs ishining ob`yekti: Mazkur Kurs ishi ob`ekti sifatida ta`lim tizimida o‘qitiladigan Informatika faniga qaratilgan.
Kurs ishning tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, 4 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I BOB. INFORMATIKA FANINI O’QITISH JARAYONIDA O’QITISH METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Informatika fanini o’qitish jarayonida qo’llaniladigan o’qitish metodlarining ilmiy-nazariy asoslari.
«Metod» so’zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug’atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari» deya sharxlangan.
Ayni vaktda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvox bo’lish mumkin.
Shuningdek, ta’lim metodlarining o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro xamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to’g’risidagi fikrlar xam mavjud.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida mazkur loyixa amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq xarakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy xolda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.
Qayd etilayotgan tushuncha moxiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun xam davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmokda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi moxiyatini yoritishga nisbatan turlicha karashlarning mavjudligiga karamay, ularni o’zaro yakinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv- bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi
va o’quvchilarning o’zaro xarakati, xususiyati aks ettiriladi.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Tabiiyki, ta’lim jarayonida umumiy xolda erishilgan natija xar doim xam o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p xollarda «metodik usul» (sinonimlari - pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi xam qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muxim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Xar bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli xal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqyolanadi:
didaktik maqsad asosida;
ta’lim mazmuni asosida;
o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, xolati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va maxorati darajasiga bog’lik xolda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muxim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim jarayonida ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmokda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona tuxtamga kelinmagan.
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |