Kurs ishi mavzu: "Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi" Termiz -2022


«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari



Download 0,93 Mb.
bet6/9
Sana24.11.2022
Hajmi0,93 Mb.
#871251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24 Informatikani boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’qitish metodikasi

«Informatika» fanidan talabalarning bilim olishlariga oid didaktik materiallaridan foydalanishning pedagogik asoslari


Talabalarning fanlarni mustaqil o’zlashtirishida ma’ruza mashg’uloti asosiy o’rinni egallaydi. Uqitishning qiyin masalalaridan biri talabalarda ma’ruza eshitish jarayonida diqqatlilik va faollik ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Ma’ruza qiziqarli, samarali, mantiqan to’g’ri tuzilgan va muammoli vaziyat tug’dirishga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Ma’ruza mobaynida imkoni boricha talabalar ma’ruza materiallarini o’zlashtirishga xarakat qilishi lozim.
Pedagogikada talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan qator o’qitish metodlari ma’lum, ular qatoriga muammoli o’qitish, kontekst uqitish, ish faoliyatini ifodalovchi o’yinlar, rollar bajarish va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo bunday uqitish metodlaridan uquv jarayonida keng foydalaniladi deb bo’lmaydi, chunki xar bir mashg’ulotga tayyorgarlik uziga xos pedagogik izlanishni, yuksak kasbiy maxoratni, ijodiy yondashuvni va ko’p vaqtni sarflashni ko’zda tutadi va talab etadi. Bir so’z bilan aytganda, xar bir bunday mashg’ulot stsenariysi o’ziga xos xususiyatga ega va qaytarilmaydigan jarayondir.
Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etishning bir-biridan tubdan farq qiluvchi uch xil yondashuv mavjud: og’zaki-illyustrativ, texnologik va izlanuvchi-ijodiy.
Og’zaki-illyustrativ yondashuv, asosan uqituvchining axborot berishi, talabalarning qabul qilayotgan bilimini to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanib, u an’anaviy metod xisoblanadi. Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. XXI asr – axborot kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi rivojlanish bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu rivojlanish nafaqat odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi hayot tarzi va kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlarda ta’limni sifatini ko’tarish masalasi qaratilgan. Informatikalashtirish ta’lim tizimini isloh qilishning muhim mexanizmidan iborat bo’lib, u ta’limni sifati, tushunarliligi va samaradorligini ko’tarishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g'risida”gi Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda respublikamizni rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishlar ko’rsatib berilgan. Harakat strategiyaning IV – bandida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo’nalishlarida ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmini yaratish kabi vazifalar qayd etib o’tilgan.
Talaba tomonidan olingan bilimlarni amalda qullash ko’nikmalari sinov va imtixonlarda tekshirib ko’riladi, ya’ni talaba xotirasidagi bilimlarga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savollarga javoblar ifoda etiladi. Bu tizimdagi bilimlar «Informatika va axborot texnologiyalari» fanida asosiy tushunchalarni talabalarning esda saqlab qolishi natijasi xisoblanadi. Shu sababli, o’qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni ma’lum qilish va uni xotirada mustaxkamlash ustida ishlashdir. Ta’limda og’zaki-illyustrativ yondashuv juda katta tajribadan o’tgan va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lsada, uni tashkil etish xanuzgacha takomillashuvda davom etmoqda. Bu takomillashuvning imkoniyatlari cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan tamoyillaridadir. Jadal suratlar bilan o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi isloxatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini qondirishga bo’lgan jamiyat extiyojlari o’qitish metodlari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib kelmokda. Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy xarakteristikasini (qismlarga ajratmagan xollarda) ta’limning reproduktiv darajasi sifati misolida qaraymiz. Bunday variantning tanlanishi M.V.Klarinning tadqiqot ishida o’z aksini topgan. Ma’lumki, reproduktiv ta’lim talabalarning yod olingan va o’zlashtirgan bilimlariga tayanadi. Shuni ta’kidlash joizki, xattoki talabalardan bir xil vaziyatda bo’lmagan vazifalarni xal etish ko’nikmalarini talab etuvchi ma’lum qoidalar kombinatsiyasi asosida echimning yangi sub’ektiv algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan o’zlashtirishning produktiv darajasi kuzda tutilgan takdirda xam reproduktiv element ko’plab o’quv predmetlarining ichiga kirib borgan. Pedagogik texnologiya doirasida reproduktiv darajasidagi ta’limga asoslangan ma’ruza mashg’uloti aniq qayd etilgan va qismlari tavsiflanib, kutilgan natijalari bilan asl xoliga qaytarish lozim bulgan konveyrli jarayon sifatida kuriladi. Ma’ruza matni aniq kayd etilgan o’quv maqsadiga mos xolda tuzilgan, maxsus qismlarga ajratilgan o’quv materialini tavsiya etishning al’ternativ yo’llarini kuzda tutadi va o’quv ishlari yukori natijalarga erishishiga karatilgan. Bunday yo’naltirilganlik mashgul bulish, musobakalashish va o’zaro yordamlashish elementlaridan xoli emas, shuning uchun u talabalarda minimal, ya’ni o’zlashtirishi zarur bulgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallatish jarayonida ko’proq samara beradi. Texnologik yondashuvni ma’ruza mashg’ulotlarida qo’llash o’qituvchi tomonidan qo’yilgan uquv maqsadlariga kafolatli erishish imkonini beradi. Ta’limga izlanuvchi-ijodiy yondashuvdagi matssad-talabalarda ma’ruza matnidagi muammolarni xal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil o’zlashtirish qobiliyatlarining shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirishdan iboratdir. Bunday yondashuv ta’lim mazmuni shaxsni tadqiqotchilik yo’liga boshlash va uning jadal ijodiy faoliyati xarakteri bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, pedagogikada xam texnologik, xam izlanuvchi- ijodiy yondashuvlar zarur, ularning xar bir ma’ruza matnlarida qullanishi bo’yicha o’z o’rniga ega, shu jixatdan ularning optimal ravishda birga qushib olib borilishi, bizningcha, maqsadga muvofiqdir. Ta’lim tizimi tuzilishidagi keng kamrovli islohotlarni respublika pedagoglari ilgor pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur deb o’ylaymiz. Buning uchun pedagoglarni o’quv jarayoniga, texnologik yondashuvga o’rgatish talab etiladi, bu esa nafaqat foydalanish, balki uni O’zbekistan tajribalari, an’analari, madaniyatini hisobga olgan holda rivojlantirish imkonini beradi. Fanga oid qonun va tushunchalarni o`quvchilarga usullarda o`rgatish maqsadida Respublika ta`lim markazi, Multimediya umumta`lim dasturlarni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan elektron darslik, o`quv filmi,virtual labaratoriya ishlari animatsiyali ko`rgazmalar ishlab chiqilmoqda. Ulardan amalda samaralai foydalanish uchun fizika fani o`qituvchisi kompyuter va boshqa elektron qurulmalarni muayyan darajada ishlata olish ko`nikmasiga ega bo`lishi lozim. Bu dars tuzilishini o`zgartiradi, pedgog faoliyati samaradorligini oshirib,vaqtni tejaydi,o`quvchi diqqatini jamlab,fanga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi.Fizikani o`qitishda o`qituvchi qanchalik mohirona o`z fikrini bayon etmasin, barbir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni o`quvchi anglab olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir bo`ladigan jarayonlarni o`z ko`zi bilan ko`rib, mantiqan fikirlab hamda u bo`sunadigan qonun qoyidalarni o`zlashtirsa o`qitishning samarasi yanada oshadi.Namoyish tachribalarni har biri o`ziga xos harakterga ega bo`lib, ma`lum bir maqsadni ko`zda tutadi. Shuning uchun namoyish qilinayotgan tajriba o`tkazilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga doir hodisa va jarayonlarni aniq ko`rsatib berishi, ya`ni nazari olingan bilimlarni amaliyotda tasdiqlashi lozim. Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o’zlashtirishda kompyuterlar tizimining yordami benihoya kattadir. XXI asr – axborot kommunikatsion texnologiyalari asridir. Odamzod o’zining yangi rivojlanish bosichiga o’tdi – axborot va axborot jarayonlari inson hayotining asosiy tarkibiy qismidan iborat bo’lgan axborot jamiyat shakllanayapti. Bu rivojlanish nafaqat odamlar yashaydigan yangi axborot muhitni, balki ularning yangi hayot tarzi va kasbiy faoliyati shakllanmoqda.
Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza matniga doir didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini oqilona, shu bilan birga ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini bauolashga yordam beradi. Shuni qayd etish joizki, an’anaviy o’quv jarayonida texnologik yondashuvni to’laligicha emas, balki uning elementlarini qo’llash (ularni o’zlashtirilgan va tegishli metodik ta’minotning tayyorgarlik darajasida) mumkin. Bu eng avvalo pedagogik texnologiyaning yadrosi yoki markaziy nuqtasi deb atash mumkin bo’lgan alohida o’quv maqsadlarini aniqlashtirish (konkretlashtirish) yo’llariga tegishlidir. Ma’ruza mashg’ulotlarida texnologik yondashuv, rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko’rsatmali shaklda o’z ifodasini topadi. Ya’ni: "maqsadga yo’naltirilganlik", "ta’limni alohida o’rgatuvchi ko’rinishlarga bo’lish", "jarayon natijalarini tashhisli tekshiruv" kabilar shular jumlasidandir. Ma’ruza mashg’ulotlarining asosiy texnologik jihat-o’quv jarayonining so’nggi natijalariga yo’naltirilganligini kuzatishdan iboratdir, ya’ni talaba o’z imkoniyati darajasiga mos kafolatlangan bilim olishga e’tibor qaratilgan. Bu esa ma’ruza mashg’ulotlarida berilgan bilimlarni o’zlashtirishda talabalarning yakkalashishiga olib keladi. Ma’ruza mashg’ulotlaridagi bunday texnologik yondashuv tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • "Informatika va axborot texnologiyalari" fanining uar bir ma’ruza mashg’uloti bo’yicha maqsad va vazifalar ro’yxatini ishlab chiqish;

  • o’quv maqsadlarini nazorat topshiriqdariga o’tkazish (aylantirish);

  • maqsadga erishish usullari;

  • erishilgan o’quv maqsadlarini baxolash.

Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish o’ziga xos bo’lib, bu xoslik, ta’lim maqsadlari o’quvchilar xarakatida ifodalanadigan va aniq ko’rinadigan, shuningdek, o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Rivojlangan mamlakatlardan, jumladan, Amerika Kushma Shtatlari va Angliya davlatlarida talaba va o’qituvchi uchun maqsadlarni aloxida - aloxida belgilash odat tusiga kirgan. Bu esa mantikan to’g’ri, chunki o’qitish-pedagog va ta’lim oluvchining o’zaro xamkorlikdagi faoliyati xisoblanadi. Bunda maqsadlar (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va x.k.) o’qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan xolda quyiladi. Talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar, ta’limning vazifalari deyiladi, bunday ma’noda ta’lim vazifalari o’quvchi mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo’lgan tushunchalarni anglatadi. Vazifalarni o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun xar bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadini unga erishganlik xakida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’ladigan qilib qo’yilishi kerak. Pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba’zan "taqqoslanadigan pedagogik maqsadlar" deb xam qaraladi. O’qitish vazifalarini ya’ni, taqqoslanadigan maqsadlarni ishlab chiqishni engillashtirish uchun ularning ta’rifida o’zlashtirgan talabalar egallagan malakalarini ifodalovchi fe’llardan foydalanish mumkin.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish