Keysning tuzilishi va uni yaratish tamoyilari.
Keyslarni yaratishni quyidagi bosqichlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
Keysning didaktik maqsadlarini shakllantirish. Bu bosqich keysning o‘quv predmetidagi o‘rnini, ushbu vaziyat tegishli bo‘lgan predmet bo‘limini aniqlashni; maqsad va vazifalarni shakllantirish; o‘quvchilarning bilimi,
ko‘nikmasi va malakasiga “javobgarlik zonasini” aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Muammoli vaziyatni aniqlash.
Matnga joylashtiriladigan asosiy tezislardan iborat keysning dasturiy xaritasini yaratish.
Keysning dasturiy xarita tezislariga nisbatan institustional tizimda axborot yig‘ish.
Ta’lim muassasasining faoliyatini aks ettiradigan vaziyatning modelini yaratish yoki tanlash.
Keys janrini tanlash.
Keys matnini yozish.
Keysning to‘g‘riligi va samaradorligi tashxisi; keysning samaradorligini aniqlash uchun u yoki bu sxema bo‘yicha tuzilgan metodiy o‘quv tajribani o‘tkazish.
Keysning oxirgi variantini tayyorlash.
Keysni amaliyotga joriy etish, uni o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda
qo‘llash, professor-o‘qituvchilar orasida ommalashtirish maqsadida chop etish; agar axborot aniq bir korxonaning ma’lumotlaridan olingan bo‘lsa, u holda mos korxonadan chop etishga ruxsat olinishi zarur.
Keysdan foydalanish bo‘yicha metodiy tavsiyalarni ishlab chiqish:
o‘quvchilarga vazifalar va muzokara olib borilishi uchun mumkin bo‘lgan savollarni hamda keys taqsimotlarini, o‘quvchi va o‘qituvchilarning keysni
muhokama qilish vaqtidagi ko‘zda tutilgan harakatlarning tavsifini ishlab chiqish.
Keys:
qiziqarli, sodda va tushunarli tilda yozilgan bo‘lishi;
“dramatizm”dan va muammolikdan farqlanishi; muammoning “o‘zagini” ravshan aniqlashi;
ijobiy ham salbiy misollarni ko‘rsatishi;
Mazmunli qism – vaziyat rivojlanadigan doirani tushunishga imkoniyat beradigan axborotni o‘ziga olgan vaziyatni, ma’lumotlarni olish manbayini ko‘rsatgan holda tavsiflash:
keys ishlab chiqishda asos bo‘lgan real mavjud vaziyatning mavjudligi;
korxona nomi, mahsulot nomi, mahsulot tavsifi, uning xususiyatlari;
asosiy ishtirokchilar to‘g‘risida ma’lumotlar (ismi, sharifi).
Metodiy qism – ushbu keysning o‘quv predmetidagi o‘rnini aniqlaydi, keysni
tahlil qilish bo‘yicha o‘quvchilarga mo‘ljallangan vazifalarni va o‘qituvchi uchun aniq vaziyatni o‘qitish bo‘yicha yozuvni shakllantiradi.
Metodiy qismning turiga ko‘ra – savolli keys va keys-vazifalarga ajratish
mumkin. Keys mazmunli va axborot qismlariga nisbatan mustaqil ravishda (axborot ilovaga o‘tkazilishi mumkin) ,shuningdek, aralashgan holda ham mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday keysda uning kimlarga mo‘ljallanganligi va vazifasi
aniq ifodalangan bo‘lishi zarur.
Yuqorida ta’kidlangandek, keys video, audiomateriallar, elektron tashuvchilardagi materiallar yoki ixtiyoriy boshqa materiallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Materialni taqdim etish usuli bo‘yicha keyslar: hikoya, esse, analitik varaqa, muxbir tekshiruvi, hisobot, ocherk, dalillar to‘plami, statistik materiallar to‘plami, hujjatlar va ishlab chiqarish namunalari to‘plamlaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |