Kurs ishi mavzu: Gap bo’laklari 2022-yil reja


“Keys stadi” metodi ta’lim texnologiyasi sifatida



Download 0,5 Mb.
bet8/22
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#762087
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

“Keys stadi” metodi ta’lim texnologiyasi sifatida.


Keys metodi (ingl. Case method - keys-metod, Case-study – keys stadi, aniq vaziyat metodi, vaziyatli tahlil metodi) - real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes vaziyatlarning tavsiflaridan foydalangan holda o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish texnikasidir.2 O‘quvchilar vaziyatni tahlil qilishlari, muammo mohiyatini tushunishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni taklif etishlari va ularning eng yaxshilarini tanlashlari kerak. Keyslar real vaziyatga yaqin bo‘lgan materiallarga asoslanadi. Aniq vaziyatlar metodi (“Case-study” metodi) o‘yinli bo‘lmagan imitastion faol o‘qitish metodlari qatoriga kiradi. “Case-study”
metodining maqsadi − o‘quvchilar guruhining umumlashgan kuchi bilan ishning aniq holatidan kelib chiqadigan vaziyatni, ya’ni aniq ish jarayonida namoyon bo‘ladigan “Case” tahlil qilish, amaliy yechimlarini ishlab chiqish va ularni taqdimot etishdan iborat. Jarayonning tugashi taklif etilgan variantlarni baholash va ularning ichidan eng samaralisini tanlashdir.
“Case-study” metodi quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. Keysni o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘rganish va muhokama qilish.

  2. Muhokama jarayoni yechimga qaraganda muhimroq tamoyiliga rioya etish.

“Case-study” metodi ishlab chiqilgan joy Garvard universiteta (AQSh) hisoblanadi. Dastlabki keysdan 1870-yili Garvard universitetining huquq maktabi o‘quv jarayonida foydalangan. Ushbu metod 1920-yildan e’tiboran Garvard biznes

maktabida joriy qilingan. Garvard biznes maktabi o‘qituvchilari biznes yo‘nalishida o‘qiyotgan aspirantlarning dasturiga mos darsliklar mavjud emasligini tezda tushundilar. Ularning ushbu muammoni hal etish bo‘yicha qabul qilgan birinchi


qarorlari biznes bo‘yicha yetakchi amaliyotchilardan intervyu olish va bu menejerlar nima bilan shug‘ullanganliklari, shuningdek, ularning faoliyatiga ta’sir etadigan
omillar haqida to‘la-to‘kis hisobot yozishdan iborat bo‘ldi. Tinglovchilarga tanishish va mustaqil hamda jamoaviy ravishda muhokama mobaynida yechimini topish uchun real tashkilot faoliyatida vujudga kelgan aniq bir vaziyatning tavsifi berilgan. Dastlabki tanlangan keyslar 1925-yili Garvard universitetining biznes haqidagi hisobotlarida chop etilgan. Universitet amaliyotida “Case-study” metodi
1980- yillardan e’tiboran iqtisod va biznes fanlarini o‘qitish
amaliyotida qo‘llanilib kelinmoqda va kundan kunga uning tarafdorlari soni ko‘paymoqda.
Hozirgi kungacha Garvard biznes maktabi keyslardan ta’lim sohasida foydalanish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va ularni muhokama qilishga o‘quv vaqtining 90 foizi ajratiladi. XX asrning 50-yillaridan e’tiboran biznes-keyslar G‘arbiy Yevropada keng tarqaldi. Keyslarni to‘plash va ta’lim muassasalariga
tarqatish bo‘yicha sardor 1973-yili 22 OTM tashabbusi bilan yaratilgan The Case Clearing House of Great Britain and Ireland hisoblanadi. 1991-yildan uning nomi European Case Clearing House (ECCH) deb yuritiladigan bo‘ldi. ECCH dunyoning turli davlatlarida joylashgan keyslarni taqdim etuvchi va foydalanuvchi tashkilotlar bilan aloqada bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi.
Bugun ta’limda “Case-study” metodi yetakchi o‘rinni egalladi, undan xorijning biznes-ta’lim amaliyotida faol ravishda foydalanilmoqda va
o‘quvchilarga tipik muammolarni hal etish malakalarini o‘rgatishda eng samarador metodlardan biri hisoblanadi. Masalan, Garvard biznes maktabi, “Case-study”
metodi biznesga o‘qitishda ustuvor ahamiyatini yo‘qotmagan holda o‘quv vaqtining qariyb 90 foizini aniq keyslarni tahlil qilishga ajratadi. Garvard metodi bo‘yicha vaziyatli o’qitish − bu videomateriallardan, kompyuter va dasturiy
ta’minotdan foydalangan holda tashkil etiladigan tinglovchilarning jadallashtirilgan treningidir. Garvard yoki boshqa ixtiyoriy biznes-maktabning o‘rtacha statistik o‘quvchisi o‘zining o‘qish davrida yuzlab keyslarni ishlab chiqadilar.
Hozirgi vaqtda ikkita: Garvard (Amerika) va Manchester (Yevropa) mumtoz “Case-study” maktablari mavjud. Birinchi maktab doirasida metodning maqsadi yagona to‘g‘ri yechimni izlashga o‘rgatish bo’lsa, ikkinchisiniki − muammoni hal
etishning ko p yechimli variantini ko‘zda tutadi. Ushbu metod biznes o‘qitishda eng samarali deb topilgan, lekin u pedagogika, tibbiyot, yurispridensiya va boshqa
fanlarni o‘qitishda ham samara berishi mumkin bo‘lgan metod o‘quvchilarni ingliz tiliga o‘qitishda ham o‘zining samarasini bergan.
Yaxshi keys quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak:

  • qo‘yilgan vazifaning maqsadga aniq mos kelishini;

  • mos qiyinchilik darajasiga ega bo‘lishni;

  • iqtisodiy hayot yo‘nalishlarining bir nechtasini namoyish etishni;

  • juda tez eskirib qolmaslikni;

  • o‘tilayotgan fan mavzusi orqali yechim topish imkoniyatining mavjudligini;

  • tahliliy fikrlashni rivojlantirishni;

  • munozara uyg‘otishni;

  • bir nechta yechimga ega bo‘lishni.

Ifodalash shakli bo’yicha: qog‘oz keyslar; videokeyslar, multimedia keyslar.
O‘lchami bo‘yicha: to‘la keyslar (o‘rtacha 20-25 bet) bir necha kun
mobaynida jamoa bo‘lib ishlashga mo‘ljallangan va o‘z yechimining taqdimotini jamoaviy ishlab chiqishga qaratadi; qisqa keyslar (3-5 bet) bevosita darsda
ishlashga mo‘ljallangan va umumiy munozara, deb qaraladi.
Murakkablik darajasi bo’yicha: maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun keys, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun keys, umumiy o‘rta ta`lim maktablari o‘quvchilari uchun keys, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun keys, bakalavrlar uchun keys, magistrlar uchun keys bo‘lishi mumkin. Bunday metoddan foydalaniladigan mashg‘ulotlarda
o‘quvchilar turli vaziyatlarni ko‘rib chiqadilar va jamoada ishlashni, vaziyatlarni tahlil qilishni, qarorlar qabul qilishni, mustaqil fikrlashni, o‘z-o‘zlarini tanqid qilishni va baholashni, ijodiy fikr yuritishni o‘rganadilar.
“Case-study” metodining g‘oyasi (vaziyatli o‘qitish metodi) yetarlicha sodda:

  1. Metod fanlardan bilim olishga mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘yilgan savolga yagona javob emas, balki unda bir necha javob bo‘lib, ular o‘zaro haqiqatligi darajasi bo‘yicha raqobatlashishlari mumkin, bunda o‘qitish vazifasi an’anaviy sxemadan butkul farq qiladi va yagona emas, balki muammoli maydonda ko‘p haqiqatlarni hamda yo‘nalishlarni qamrab olishga qaratilgandir.

  2. O‘qitish urg‘usi tayyor bilimlarni olishga emas, balki ishlab chiqarishga, o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikda ijod qilishiga qaratiladi. Ana shu yerda “Case-study” metodining an’anaviy metodlardan tubdan farqi – bilim olish

jarayonida, o‘quvchi boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan muammoni muhokama qilishda teng huquqliligidadir.

  1. Metodni qo‘llashning natijasi nafaqat bilim olish, balki kasbiy faoliyat malakalarini egallashdir.

  2. Metodning texnologiyasi quyidagidan iborat: aniq qoidalarga.

  3. Vaziyatli tahlilning samarasi nafaqat bilim olish, balki o‘quvchini qadr-qimmat, kasbiy holat, hayotiy yo‘l-yo‘riq, o‘ziga xos kasbiy dunyoni sezish va

dunyoni o‘zgartirish tizimini rivojlantirishdan iborat.

  1. “Case-study” metodida an’anaviy o‘qitishning “quruqligi”, materialni bayon etishning his-tuyg‘uli bo‘lmaganligi kabi muqsonlari, his-tuyg‘u, ijodiy

raqobat va hatto keys muhokamasidagi teatr spektaklidagiga o‘xshab ketadigan kurash jarayoni orqali tuzatiladi.
“Case-study” metodi – nazariy bilimlarni amaliy masalalarni yechishga
qo‘llash imkoniyatini beradigan quroldir. Metod o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib qolmasdan, eshita bilish ko‘nikmasini shakllantirish va turli-tumanlik nuqtayi nazarni hisobga olish hamda o‘z fikrini asoslab berishga o‘rgatadi. Ushbu metod orqali o‘quvchilar tahliliy va baholash malakalarini takomillashtirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar, jamoada ishlashga va qo‘yilgan muammoning eng ratsional yechimini topishga o’rganadilar.3

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish