topshiriq. Aniqlovchining belgili va belgisiz holatlarini izohlang.
topshiriq. Aniqlovchining so‘z birikmasi, kengaytirilgan birikmalar bilan ifodalanishiga, ular tarkibidagi nisbiy so‘zlar va tinish belgilarining ishlatilishiga e’tiborni qarating.
topshiriq. Aniqlovchi vazifasida kelgan gaplarni kengaytirilgan birikmalar bilan almashtiring va hokazo.
Sifatlovchi aniqlovchi. Qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechanchi?, necha?, qayerdagi? kabi so‘roqlarga javob bo‘lishi, sifatlovchi
sifatlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanishi, ularning qaysi so‘z turkumlari orqali ifodalanishini aniqlash topshiriladi.
Qaratqich-aniqlovchi. Kimning?, nimaning?, qayerning? so‘roqlariga javob bo‘lib, qaratqich qaralmish moslashuvida birikadi: Alisher Navoiy(ning) haykali. Shahar(ning) ko‘chalari kabi. Mazkur birikmalarda qaratqichdan qaralmish alohida turganida -ning qo‘shimchasining tushib qolishi aniqlanadi. Gaplarni mustaqil tahlil qilish, qaratqich va qaralmishni o‘rganish jarayonida talabalar shunday xulosaga kelishlari lozim:
qaratqich va qaralmish orasida boshqa gap bo‘laklari bo‘lganda, qaratqich qo‘shimchasi saqlanadi;
shaxs, narsa-buyum umumiylikni bildirganda, qaratqich qo‘shimchasi tushirib qoldiriladi;
qaratqich qator kelganda, ularning ba’zisi tushirib qoldiriladi;
Xulosa qilib aytganda, aniqlovchi aniqlanmishning belgisini bildirishi, aniqlanmishdan oldin kelishi, izohlovchi esa izohlanmishdan oldin yoki keyin kelib, izohlanmishdan anglashilgan predmet ma’nosini aniqlanishini va izohlanishini bilib oladilar. Bunday ijodiy topshiriqlar ustida ishlash natijasida o‘quvchi so‘z boyligini oshiradi, so‘zni o‘z o‘rnida, chiroyli ifodalash
ko‘nikmasini egallaydi.
Hol. Hol haqida umumiy tushuncha beriladi: o‘quvchilar hol gapning ikkinchi darajali bo‘lagi bo‘lib, qayerga?, qayerda?, qayerdan?, qachon? so‘roqlariga javob bo‘lishini, u fe’l kesimga bog‘lanib, harakatning bajarilishidagi turli holatlarni (harakatning bajarilish o‘rni, payti, sababi, holati) bildirishini bilib olishlari, holni so‘roq berish orqali aniqlashni o‘rganishlari lozim. Hol haqidagi ma’lumotni o‘rganish o‘quvchilarning kuzatish uchun berilgan gaplarni o‘qib, qachon?, qayerda?, qayerga?, qayerdan? so‘roqlariga javob bo‘lgan gap bo‘laklarni topib ko‘rsatishlari bilan boshlanadi. Misollarni o‘qishda bu
so‘roqlarga javob bo‘lgan ikkinchi darajali bo‘laklar harakatning bajarilish o‘rnini, vaqtini, qanday bajarilishini bildirayotganligi uqtirib boriladi. Bu orqali
o‘quvchilarning hol haqidagi materialni bilib olishlariga zamin tayyorlanadi.
O‘quvchilar berilgan gaplarni ko‘chirib, ega, kesim va hollarning tagiga
chizadilar, hollar qaysi so‘roqqa javob bo‘lishni aytadilar. 1. Mevali daraxtlar
Do'stlaringiz bilan baham: |