Kurs ishining predmeti. Kurs ishida diniy katarsis tushunchasi, antikatarsis tushunchasi, shaxsning psixologik holati, xarakteri va diniy ongi, meditatsiya, tushunchalari va ularning mazmun-mohiyati, vujudga kelishi, diniy katarsisning ijtimoiy-psixologik mohiyati, ularga oid g’oyalar tahlili, shuningdek, diniy katarsis doirasida amalga oshirilgan tadqiqot manbalari belgilab olingan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Din psixologiyasi fanining eng asosiy maqsadi insonlarni to’g’ri e’tiqod ostida tinch va osoyishta hayot kechirmoqliklaridir. Fan bu yo’lda botil tomon bilan faqat haqiqatni adolat bilan ilgari surish orqali kurashib boradi. Vazifasi esa har bir insonni o’ziga hos xarakteriga dinni tobe’ qilishiga yo’l qo’ymaslik. Aksincha, din insonni xarakterini boshqarishning muayyan qoidasini tatbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, mundarija, 3ta asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Katarsis tushunchasi haqida.
Inson psixikasi doimo qiziqarli va shuning bilan birga murakkabki, ruhiyatda sodir bo’ladigan har bir jarayon, hodisa va holatlar ushbu fan olimlari, tadqiqotchilari va hatto boshqa fan vakillarining e’tibor markaziga aylangan. Shunday mavzulardan biri katarsis holati. Bu holatning qonuniyatlarini bilish dolzarb masala hisoblanadi. Bilamizki, insonning qayg’u-hasrat ko’rmay, g’am-anduh chekmay umr ko’rishi mumkin emas. Zero, yaratilgan va jamiyatda mavjud bo’lgan narsalarning barchasi o’z ziddiga ega bo’lib, ular o’rtasida doimo kurash ketadi. Vaqti-vaqti bilan ular o’rin almashib turishadi.
Tun ketidan kun, qishdan keyin bahor almashganidek, odam bolasining hayotida to’kinchilik, farovonlik, sog’liq-salomatlik o’rnini ba’zan yo’qchilik, inqiroz, kasallik kabi mashaqqatlar egallaydi. Ba’zan insonlar o’zidagi salbiy hissiyot, muommo va shunga o’xshash holatlardan bartaraf bo’lish uchun, ya’ni unutish uchun har xil zararli yo’llardan foydalanishadi. Lekin bularning barchasi uning jismoniy va ruhiy ko’rinishlariga o’zining muhrini bosib qo’yadi. Katarsis shunday holatki, insonning o’zini xuddi barcha salbiy hissiyotlar va o’y-fikrlardan qutulgandek yoki kasallikdan so’ng sog’lom bo’lgandek va yoki ibodat yoki amallar jarayonida qalb hotirjamligiga erishgandek bo’lishidir.
“Katarsis” qadimgi grek tilidan so’zma-so’z tarjima qilinganda “tozalanish”, “qutulish” va “tana va ruhning sog’ayishi” kabi ma’nolarni bildiradi [1;56]. Bu tushuncha ruhiy iztirob bo’lib, o’zida tarbiyaviy xususiyatlarni jamlagan holda ongni ijobiy tomonga o’zgartiradi. Bu stress terapiya bo’lib, bu terapiyadan so’ng insonlarga ulardagi barcha muommolar muommo bo’lib emas, balki hayotimizdagi kundalik voqealardan biri bo’lib tuyuladi. Shuning bilan birga, o’sha davrda katarsis hayotning boshqa jabhalarida ham mavjud bo’lgan. Masalan, tibiyyot katarsisi bo’lib, bunda tananing azobli kasalliklardan ozod bo’lishi tushunilgan. Yoki din katarsisi, bunda qalbning gunoh va xatolardan poklanishi tushunilgan. Falsafa adabiyotlarida katarsisning 1500 ga yaqin turlari aytib o’tilgan.
Katarsis tushunchasi psixologiyada. Psixologiyada katarsis metod sifatida foydalaniladi. Bu metod insonda keyinchalik pxisologik muommoga sababchi bo’lgan, hayotidagi og’ir damlarni eslatishga asoslangan [2;273]. Metod mijozga o’zidagi negativ holatdan qutulishiga yordam beradi. Katarsis insonda bir paytlar ochiq savolligicha qolib ketgan va natijada unda discomfort (noqulaylik) ni hosil qilgan geshtalt (nima uchun?) lar va shuning bilan birga fobiyalardan qutulish imkonini beradi hamda bir qancha quyidagi ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi:
- havotirlanish hissi kamayadi yoki butunlay yo’qoladi;
- salbiy emotsiyalar o’zining kuchini yo’qotadi;
- shaxs o’zining ichki olamini tushuna boshlaydi;
- hayotini yaxshi tomonga o’zgartira boshlaydi.
Ana endi muommolardan qutulishimizga yordam beruvchi katarsisning turlari haqida gapirib o’tsak. Katarsis ikki turda bo’lishi mumkin [3;76]. Katarsisning birinchi turi bu, ichimizdagi bor g’azabni tashqariga chiqarib tashlash bo’lib, bunda shaxs o’zining bor alam va nafratlarini yig’lash, baqirish yoki azoblanish orqali chiqarib yuboradi. Masalan, bor g’azabini ma’lum bir narsaga yo’naltirishimiz orqali, bunga boks qopini misol keltirishimiz mumkin. Boks qopi qarshisida turib, avval barcha bizga qilingan nohaqliklar, alamlar va azoblarni birma-bir hayolimizdan o’tkazamiz. Natijada, bizda g’azab paydo bo’ladi, endi bizni shu holatga keltirgan insonlardan alamimizni olgimiz keladi. Qarshimizda turgan boks qopini o’sha odam deb tasavvur qilib uni bor kuchimiz bilan ura boshlaymiz. Birozdan so’ng, yengillik his qilamiz va bizni shu holga keltirgan odamni kechirgimiz kela boshlaydi. Bu yo’l juda yaxshi samara beradi. Katarsisning ikkinchi turi esa, san’at yordamida ruhiy poklanishdir. Ya’ni, kitob, film yoki teatrdagi drammatik qahramonlarning o’rniga o’zimizni qo’yib ko’rishimiz orqali. Masalan, bir kitob o’qidik, undagi bizga ko’proq ta’sir etgan qahramonni xohlaymizmi yoki yo’q, biz uning o’rniga o’zimizni qo’yib ko’ramiz. Uning barcha his va tuyg’ularini his qila boshlaymiz. Unga rahmimiz kela boshlaydi va achinamiz. Shu yo’l orqali ichimizdagi salbiy emotsiyalardan yo’qqa chiqarishimiz mumkin.
Albatta, shaxs katarsis holatiga osonlikcha tushib qolmaydi. Buning uchun u uchta qadamni bosib o’tishi kerak.
Birinchi qadamda, shaxs uni bezovta qilayotgan muommolar haqida yaxshilab o’ylashi kerak. Faqat bu aniq bir muommo yoki vaziyat bo’lishi (ya’ni, haqiqatdan ham muommo bo’lishi) kerak. O’sha muommoli vaziyat yoki hodisani to’laligicha eslashi va hatto mayda detallarni ham yodga olishi lozim.
Ikkinchi qadamda, shaxsda o’sha vaziyatni eslashi davomida jismoniy zo’riqish va salbiy emotsiyalar hukmronlik qila boshlaydi. Faqat shaxsdan muvozanatni saqlash talab qilinadi.
Uchinchi qadamda esa, shaxs o’zidagi eng kuchli iztirob, qayg’u, nafrat va alamlarni chin qalbidan, bor vujudi bilan his qilishi kerak .Birozdan so’ng, undagi bu tuyg’ular so’na boshlaydi va tez orada u o’zida bir quvonch bilan birga yengillikni his qila boshlaydi. Eng asosiysi, shaxs chin ko’ngildan bu muommolardan qutulishni xohlashi kerak.
O’z o’zidan antikatarsis nima degan savol tug’iladi. Antikatarsis bu o’zini xo’rlangan va jabrlangandek his qilish yoki kimgadur nafrat yoki agressiyani mavjud bo’lishi. Antikatarsis insonda insonparvarlik hislarini yo’q qilib yuboradi, endi u hayotga agressiya va nafrat ko’zi bilan qaray boshlaydi. Ko’plab tadqiqotchilar shu jumladan N.Berdyayev, I.Ilin, V.Rozanov, O.Mandelshtam, A.Shveytsar, E.Fromm va boshqalar insonda antikatarsisni san’at asarlari hosil qilishi to’g’risida o’z fikrlarini berib o’tishgan. Hammaga ma’lumki, Amerikada zo’ravonlik va qahr-g’azabga boy bo’lgan badiiy filmlarning inson psixikasiga ta’sirini yoritib beruvchi katta hajmda sotsiopsixologik adabiyotlar (A.Bandura, L.Berkovis, D.Zillmann, E.Donnerteyn, F.Endison va boshqalar) mavjud. Ular shuni aytishadiki, salbiy syujetlarga boy bo’lgan filmlar inson ruhiyatida va xulqida og’ishishlarni keltirib chiqaradi. Natijada, aksariyat insonlarda turli xil zo’ravonlik, janjal va urushlarga nisbatan moyillik paydo bo’ladi. Shu haqida bir tajribani keltirib o’tsak. 1983-yilda Ch.A.Shakayeva tomonidan kollej o’quvchilari o’rtasida so’rovnoma o’tkazadi. U avval o’quvchilarga zo’ravonlik va buzg’unchikka boy bo’lgan jangari filmni ularga namoyish etadi. Film tugaganidan so’ng, bir oz muddat o’tgach ularda so’rovnoma o’tkazadi. Natijada, 26% yigitlar va 19% qizlar bu filmdan so’ng turli mojoro va urushlarning bevosita qatnashchisi yoki guvohi bo’lganligini aytib o’tishgan. 8,7% yigitlar va 13% qizlar shuni aytishganki, bu filmlarni ko’rish natijasida ularda qo’rquv hissi, atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlik, bezovtalanish va kimgadur zulm qilishni xohlash hislari paydo bo’lgan.
Xuddi shuningdek boshqa bir tajribada kollej o’quvchilaridan 50 tasida metodika o’tkazilgan. Ularda САН (Самочувствие Активность Настроение.) va A.N.Lutoshkinning “цветопись” nomli metodikasini qo’llashgan. Olingan natija shunday bo’lganki, jangari va qo’rqinchli filmlarni ko’rgandan so’ng, yigitlarda qo’zg’alish, qizlarda esa, tormozlanish kuzatilgan [3].
Inson ba’zan o’z hatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi. Uning ruhiyatidagi holat uni shu holatga keltirib qo’yadi. Ba’zi bir insonlar atrofdagi ko’ngilsizliklarga e’tibor qaratmaydi, ba’zilar o’ta ta’sirchan bo’lib, hamma narsani o’ziga oladigan bo’ladi, ba’zilar go’yoki befarqku, ammo, ich ichidan tushkunlikka tushib yurishgan bo’lishadi. Bunday hollarda inson barcha nohushliklar, ko’ngilsizliklar va xafagarchiliklarga befarq bo’lishi yoki unutishga harakat qilishi lozim.
Ma’lumki, ko’plab kasalliklar bevosita asab tizimi tufayli yuzaga keladi. Shunday hollarda katarsisning o’rni katta. Xoh u diniy katarsis, xoh estetik, xoh psixologik bo’lmasin hammasi ma’lum bir darajada psixologik ta’sir kuchiga ega. Yuqoridagi tajribalardan ko’rinib turibtiki, har bir san’at asari inson ruhiyatiga ta’sir etish xususiyatiga ega. Inson ruhiyati masalasida ehtiyot bo’lish lozim. Negaki, ruhiyatimiz xulqimizda aks etadi. Agar u sog’lom bo’lsa, yaxshiyu, ammo nosog’lom bo’lsa, bu jamiyat uchun zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan hozirgi globallashuv davrida terror kuchlar o’z maqsadlari yo’lida turli videoroliklar, kitoblar, internet saytlari va ko’plab shunga o’xshash vositalardan samarali foydalanishmoqda. Shu o’rinda, Albert Shveytsarning “Madaniyat optimistik va ahloqiy dunyoqarash mahsulidir” degan gapini aytib o’tish o’rinli. Shu narsa aniqki, yaxshilik, adolat, musaffolik, samimiyat hamda haqiqatga to’la hayotni o’z qo’limiz bilan yaratamiz.
Diniy poklanish (katarsis) va diniy amallarning bajarilishi. Dinpsixologiyasiga oid tadqiqotlarda ko'rsatilishicha, diniy amallar va ibodatlar bilan finfor kishilar qalb poklanishi sodir bo'ladi, yani qalbga taskin berish jarayoni amalga oshadi. Materialistik ta'limotga ko'ra, diniy amalllarni bajarish jarayonida emotsional holatlarning almashishi bilan bog'liq ma'lum qonuniyatlar amalga oshadi va taskin orqali yuzaga chiqadi., deb hisoblaydilar. Bu albatta ancha murakkablikni keltirib chiqaradigan tushuncha va izoh. Finiy amalllarni yo'la-to'kis amalga oshirishda, diniy poklanish va ruhiy komillikka yetaklovchi bilimlarga ega bo'lish uchun islomda tasavvuf ilmi bilan va boshqa dinlardagi ibodat vaqtidagi ruhiy poklanishga bag'ushlangan ilmlarni bilish talab etiladi.
Jahon psixologiyasi uzoq yillardan beri diniy amallarni bajaruvchi shaxslarning intimoiy-psicologik tipologiyasini tuzilishga harakat qilib kelmoqda. Aynqsa, bu masala bilan G.Ollport yetarli darajada shug'ullangan. Uning 1960-yillarda chop etilgan ishlarida diniy amalllarni bajaruvchi insonlarni ikkita asosiy tipidan iborat bo'lgan qaraahini ilgari surgan.
U birinchi tip vakillari sifatida din faqat insonlarni hayotiy maqsadlarga yetishishini ta'minlovchi nir yo'l sifatida e'tirof etib, bunday insonlar dinga nisbatan tashqi tomondan yondashadigan insonlar, deb ta'kidlaydi. Ular turli xil diniy tadbirlar va uig'ilishlarda ishtirok etadilar, jamiyat tomonidan qabul qilingan yashash shakligano'zining munosabatininigoda etadilar. Aynan bu tipdagi insonlarda fin qadriyat hisoblanadi. Din negativ, salbiy hodisalarga qarshi turish vositasi sifatida, ya'ni ichki konfort vositasi sifatida ko'zga tashlanadi. G.Ollport bu tipdagi insonlarni ekstrensiv , ya'ni tashqi tip deb ataydi.
Ikkinchi tipdagi insonlar dinni mustaqil va asosiy qadriyat sifatida tasavvur qiladilar. Ular o'zlarining turli ijtimoiy doiradagi faoliyatini diniy amallar bilan motivlashtiradi va bog'laydilar. Nodiniy ehtiyojlari va qiziqishlarini ular ikkinchi darajaga qo'yadilar va o'zlarinining xulq-atvori va xatti-harakatlarini diniy normalar, qarashlarga bo'ysunadilar. Bunday tipdagi insonlarni Ollport intrensiv, ya'ni "ichki" tip deb ataydi. Ollport qarashlariga ko'ra o'sha vaqtda bir qancha Amerikalik fin mutaxasislari tomonidan muhokamaetildi. Ammo asosiy tadqiqotchilar ishlarida o'zining metodologik asos bo'lishini nilan qadrini yo'qotmadi.
Keyinchalik Ollportni ishlarini davom ettirgan bir qancha amerikalik psixiloglar D.Betson va L.Bentis o'zlarining "Diniy tajriba" degan kitoblarini yaratishdi. Bu kitobda ular ekstrensiv va intrensiv tiplarga kiruvcji insonlarda qator tadqiqotlar o'tkazishdi. Diniy amallarni bajarish jarayonida har bir subyekt, emotsional psixik jarauonlarni boshdan kechirib, ularda hursandchilik, Alloh bilan yaqinlik qilishga, bu jarayonlarda aloqaga kirishishga, deyishadi D.Betson va L.Ventis. Ekstrensiv tipga mansub insonlarda salbiy ruhiy poklanish vujudga kelib, ularda nevroz holatlari kelib chiqishi mumkinligi aytilgan. Intrensiv tipga mansub insinlarda esa xavotirlilik hissi pasayib, aybdorlik hislaridan ozod bo'lishib, ruhiy yengillik va barqarorlikka erishadi. Bu esa ularning faoliyat sohasini yanada rivojlanib, takomillashishiga sabab bo'ladi, deb e'titof etishadi.
Xorij psixoliglaridan S.Grof va D.Xelifakslar o'z asarlarida insonning ma'lum dinga nisbatan e'tiqod va amal qilishini ijtimoiy hodisa, deb hisoblaydi. Shuningdek, diniy amalning kuchayishi va shaxsning biror-bir diniy harakatlarni sodir etish sababi sifatida gunohlardan qochish yoki o'lim oldidagi qo'rquvni yengish ning yo'li sifatida e'tirof etadi.
Insonda diniy amallar va e'tiqodning shakllanishi hamda rivojlanishini amalda birinchi bo'lib J.Flovler taklif qilgan. Quyida shaxs diniy e'tiqodini shakllanish bosqichlari o'z ifodasini topgan:
1-bosqich: intuitiv- ptoyektiv, 3-7 yoshlarga to'g'ri keladi. ; e'tiqod imitatsiyasi, idrok va fantaziya ko'rinishlarida bo'ladi.
2-bosqich: mifik va to'g'rida-to'g'ri, 7-12 yoahlarga to'g'ri keladi; harakter hususiyatlarida har-bir voqea hodisani to'g'ridan-to'g'ri idrok qilish, fiktuy cheklanganlik, oilaviy mojarolar nilan bog'liq reaksiyalatninqo'xg'atish mumkin.
3-bosqich: sintetik - konvesional, o'smirlik davriga to'g'ri keladi; tashqi avtoritetlardan g'oyaviy tizimlar o'zlashtiriladi.
4-bosqich: individual-refleksiv: inson o'zi mustaqillikka qadam qo'ygan davriga to'g'ri keladi; bu davrda demofiologizatsiya kuzatiladi. E'tiqodni mustaqil shakllantirishga harakat qilinadi va oliy ta'lim jarayoni bilan birga amalga oshiradi.
5-bosqich: paradoksal-konsolidatsiyalashgan, o'rta yoshlarga to'g'ri keladi; ratsional ong shakli namoyon bo'ladi, ya'ni shaxsiy uyining doimiy egasi.
6-bosqich: universiallashgan, bu davrga kelib inson o'z qadriyatlari doirasida yashashni boshlaydi. Diniy amallar tizimi bo'yicha hauotini davom ettirdi.
Yuqorida aytib o'tilgan mulohazalar turli dinlarga e'tiqod qiladigan dindor shaxsning diniy amallarni bajarish jarayonidagi psixologik va psixoterapevtik holatlarini belgilab beradi. Shunday holaatlardan biri bu- katarsis holatidir.
Katarsis iborasini birinchi marta Aristotel ishlatgan. Bu tushuncha dastlab Yunonistonda o'sha vaqtda rasm bo'lgan tragediyalardagi hissiy-estetik dinamikasini tavsiflash uchun ishlatilgan. Hissiy-estetik katarsis fojiaviy asarlardatug'iladigan salbiy kechinmalarni bartaraf etish, ya'ni ularni ijobiy kechinmalar asosida siqib chiqarish jarayoni sifatida tushunilgan. San'at asarlarining inson ruhiyatiga ta'sirini tadqiq etgan psixologlar, xususan, L.S.Vigotskiy fikricha katarsis jarayonida qarama-qarshi ba'zan, og'ir va azobli kechinmalar qandaydir o'zining yechimini topib oladi. Bu esa qisqa to'qnashuvlar asosida, bir kechinmaning barham topishi va boshqasining vujudga kelishiga olib keladi. Natijada, asar oxirida hissiy yumshash, salbiy kechinmalardan ozod bo'lish, "poklanish" yuzaga keladi.
Hissiy-emotsional kechinmalar jarayonidagi katarsisning vujudga kelish qonuniyatlari, ma'lum darajada diniy katarsisga ham xos bo'ladi. Agar estetik katarsis mazmunida hissiy kechinmarning mohiyati mazmuni yotsa, diniy kechinmalar esa diniy tasavvur va e'tiqodlar bilanbog'liq bo'ladi.
Diniy katarsis dinamikasini diniy ibodatlarni (amallarni) bajarish vaqtida aniqlab olish mumkin. Ibodatlarni bajarishda vujydga keladigan individual va jamoa kechinmari bir-biridan farqlanadi. Lekin ular o'rtasida umumiy hududiystlar ham mavjud. Amerikalik psixolog U.Jeyms ular o'rtasidagi umumiy psixologik o'xshashlik, barcha dinlarda ham bir xil kechadi. Ya'ni ruhiy qiynalishlar, ikkilanishlar, umidvorlik, sekin -azta forig' bo'lish jarayonidir deydi.
Diniy kechinmalarning rivojlanish qonuniyati, ibodatlar jarayonida quyidagi bosqichda bo'ladi:
Birinchi bosqich- hissiy kechinmalarga nisbatan diqqt-e'tibor qiziqish ortib boradi. Ayniqsa, bu e'tiqodli dindorlarda kuchliroq seziladi.
Ikkinchi bosqichda - ibodat qiluvchilar bevosita Allohga murojaat qilib, gunohlarini kechirishni, mag'firat qilishini so'raydilar. Tavba-tazarru qiladilar. Mag'firat qilishni iltijo qiladilar.
Uchinchi bosqich- yakuniy bo'lib, uning o'ziga xos hususiyati, ibodat tinch, osoyishta, ijobiy hissiyotlarni namoyon etish bilan yakunlanadi. Ibodatdan keyin ruhiy-ma'naviy poklanib, o'zini erkin va yengil his qiladi.
Diniy amallarni jamoa bo'lib bajarish, ibodat qiluvchilarda ijobiy va salbiy kechinmlarani yqinlashtiradi, ya'ni ruhiy yaqinlikni vujudga keltirib, hissiy jihatdan tinchlanishga olib keladi. Diniy ibodatlarni psixologik jihatlaridan biri ham salbiy kechinmalarni susaytirishvositasi bo'lib hizmat qiliahdan iborat. Ibodat qiluvchi Allohga ishonib, undan mushkulotlarini oson qilishni so'rab iltijo qiladi. Diniy poklanishning butun mohiyati ham shunda, ya'ni, ishonchda, e'toqdda. Jamoa bo'lib diniy amllarni bajarishda ibodat qiluvchilarning o'ziga xos ruhiy kechinmalar dinamikasi sodir bo'ladi. Bu xil kechinmalar individual kechinmalar sodir bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |