3. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir.
Pedagogik jarayonni loyihalashda:
pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil, shu bilan birga tahsil oluvchi bilan hamkorlikda o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati etakchi o‘rin tutadi. Demak, Pedagogik jarayonni loyihalash-loyiha mazmun faoliyat uchligi asosida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyatning umumiy mohiyatini yaxlit ifodalashga xizmat qiluvchi loyihani yaratishdir.
Loyihalar predmet va uning yo‘nalishiga ko‘ra birbiridan farqlanadi. Loyihalarda pedagog tomonidan ketmaket amalga oshiriluvchi va tashxisning qo‘yilishi bilan yakunlanuvchi tahliliy faoliyat; oldindan ko‘ra bilish va loyihalash kabi ijodiy faoliyatlar namoyon bo‘ladi. Tashxis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi.
Loyihaning maqsadi oldindan qog‘ozda taqvimreja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettiriladi. Strategik, taktik va operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga bog‘liq.
Pedagogik jarayonni loyihalashda pedagogning faoliyati, pedagogik vositalarni qo‘llash mazmuni va imkoniyatigina hisobga olinmasligi kerak. U asosan alohida tahsil oluvchi va tahsil oluvchilar guruhi tomonidan tashkil etiluvchi faoliyat mazmunini yoritishi zarur.
Loyihalash ta’limning ijtimoiy, pedagogik maqsadlarga tayangan holda, pedagogik jarayonni aks ettiruvchi umumiy strategiya hisoblanadi. Loyihalashda o‘quv rejasi, dasturlari, darslik, metodik tavsiyalar va boshqa o‘quv qo‘llanmalar muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik vaziyatni to‘laqonli anglash hamda vazifalarning aniq va to‘g‘ri belgilanishi pedagogik jarayonni samarali hal etishning muhim shartidir.
Pedagogik maqsad pedagogik jarayonni tashkil etishga tayyorlanish bosqichida pedagogik vazifa sifatida qabul qilinadi. Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati turli vazifalar mohiyatining bir yo‘la yoki birinketin anglanishiga bog‘liq. Pedagogik faoliyat uchun umumiy bo‘lgan vazifalarni belgilab olish muhimdir. So‘ngra pedagogik jarayonning ma’lum bosqichi mohiyatini aniq ifodalaydigan bosqichli vazifalar (alohida olingan bosqich vazifalari)ni, nihoyat xususiy (vaziyatli) pedagogik vazifalarni aniq belgilab olish maqsadga muvofiq Pedagogik vazifani anglash mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish va tashxis qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumotlarning tahlili vaziyat o‘rnini aniqlashdan tashqari, butun pedagogik jarayonda tarbiyachi, tarbiyalanuvchi va ular o‘rtasidagi munosabat hamda ta’lim mazmuni, samarali vosita va pedagogik shartsharoitlar kabi asosiy tarkibiy qismlarni aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning tahlili pedagogik jarayon mohiyati, jamoa va alohida tahsil oluvchilar harakatlari holatini aniq vaziyatlarda rejali o‘rganish kabi ilmiy dalillarga ega bo‘lishga yordam beradi. Ushbu dalillar amaliy faoliyat asosini tashkil etadi. Mavjud dalillar pedagog faoliyat jarayonining kechishi va kutilgan natijaning kafolatlanishini tashxislashga imkon beradi. Bizning nazarimizda mazkur o‘rinda «tashxis» tushunchasining mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Tashxis (grekcha diagnostikos – tez anglab olish) dastlab tibbiyotda qo‘llanilgan tushuncha hisoblanib, kasallik mohiyati va bemor holati, uning har tomonlama izchil o‘rganilishini anglatuvchi vrach xulosasi sifatida e’tirof etib kelingan.
So‘nggi yillarda «tashxis» tushunchasi amaliy pedagogikada ham keng qo‘llanilmoqda.
Pedagogik tashxis – pedagogik jarayonni uning umumiy holati, shuningdek, tarkibiy qismlarini har tomonlama, yaxlit tekshirish orqali baholashdir.
Pedagogik tashhis odatda pedagogik jarayonning psixologik, sub’ektiv xususiyatlarini inobatga olish (psixodiagnostik tekshiruv) asosida qo‘yiladi. Psixodiagnostik tekshiruv tahsil oluvchi shaxsi hamda uning faoliyatini yaxlit yoki ma’lum jihatlarini alohida qamrab olishga asoslanadi. Psixodiagnostik tekshiruv davomiyligiga ko‘ra tezkor yoki davomli bo‘lishi mumkin. ma’lumotlarni oldindan o‘rganish jarayoni sanaladi. Bunda ob’ekt sifatida sinf, tahsil oluvchi, bilim, munosabat va hokazolar tanlanadi.
Oldindan ko‘ra bilish metodlari turlituman bo‘lib, o‘qituvchi ularni mukammal o‘zlashtira olishi kerak. Oldindan ko‘ra bilish metodlari sirasiga modellashtirish, faraz qilish, sintezlash, dalillash, fikriy tajriba va boshqalar kiradi.
Ushbu metodlar birbirlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Oldindan ko‘ra bilish pedagogning u tomonidan pedagogik vazifalarni fikran bajarishda qo‘llaniladigan samarali usullarini faraz qilishida namoyon bo‘ladi.
Oldindan ko‘ra bilish qobiliyati o‘qituvchiga xos bo‘lgan muhim kasbiy fazilat hisoblanadi. Garchi erishish yo‘llari murakkab bo‘lsada, pedagogik faoliyat maqsadi hali amalga oshmagan faoliyatning modellashtirilgan natijasi va pedagogik jarayon miqdor va sifat o‘zgarishlarining loyihasi sifatida aks etadi.
Pedagogik oldindan ko‘ra bilish maqsadga intiluvchanlik bilan bog‘liq holda pedagogik vazifalarni aniqlashtirishning va ularni pedagogik vazifalar tizimiga yo‘naltirishning so‘nggi natijasi hisoblanadi. Bunda pedagogik tashxisda ifoda etiluvchi ma’lumotlar, ya’ni, shaxs va jamoaning qo‘shimcha imkoniyatlari va tayyorgarligi hisobga olinishi kerak. Ilmiy jihatdan asoslangan oldindan ko‘ra bilish natija sifatida pedagogik vazifani, pedagog va tahsil oluvchi faoliyatining mazmunini, motivatsiya va qisqa muddatda hal etilishi zarur bo‘lgan jihatlarni sintez qiladi. Pedagogik vazifa pedagog tomonidan, avvalo, o‘zi uchun shakllantiriladi, so‘ngra e’tibor tahsil oluvchilarning imkoniyatlariga tayangan holda pedagogik vazifaning hal etilishiga qaratiladi.
Malakali pedagogning vaziyatni oldindan ko‘ra bilishi va maqsadga intilishi ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashning asosini tashkil etadi. Pedagogik loyihalashda pedagogik vazifaning yaxlit holda mazmunan, tashkiliymetodik, moddiytexnik hamda ijtimoiypsixologik (hissiy, kommunikativ va.) jihatdan hal etilishini ta’minlash talab etiladi.
XULOSA
O’zbekistonda ta`lim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab beruvchi “Ta`lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta`lim tizimi oldiga umumiy hamda mutaxassislik madaniyatini yuksak, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir bo’layotgan voqealarni tahlil eta oladigan, istiqbolli masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo’ydi. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida o’qituvchining yosh avlodga ta`lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Demak, zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojni ifodalovchi, uning qondirilishi uchun o’rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta`lim tizimiga buyurtma berishi, ushbu buyurtmani qondirish maqsadida tashkil etiladigan ta`lim jarayonini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta`minotni yaratishdagi ishtiroki bilan o’quv muassasalari faoliyatini samarali tashkil etilishiga ta`sir ko’rsatadi.
Ma`lumki, barcha davrlarda ham o’qitish mazmuni, ta`lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o’zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro’y bergan ijtimoiy o’zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta`lim mazmunida o’z aksini topadi. Buni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida ro’y bergan o’zgarishlarning o’qitish jarayoniga tatbiqi misolida ham ko’rish mumkin
Bugungi kunda ta`lim muassasalarida asrlar davomida insoniyat tomonidan asoslangan ilmiy bilimlardan yosh avlodni xabardor etish maqsadida tizimli, izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib boriladi. XX asrda texnika va texnologiya sohalarining jadal rivojlanishi esa ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy o’zgarishlar, ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlarini ta`lim mazmuniga singdirishda peshqadamlikka erishildi. Agarda ta`lim jarayonida o’tgan asrning 30-yillarida pedagogik texnika sifatida usul va vositalar qo’llanilgan bo’lsa, 50-yillarda ta`lim jarayonini texnik vositalar yordamida tashkil etish, 60-yillarda esa o’qitish ishlarini dasturlash an`anasi shakllandi.
Mustaqillik yillarida jamiyatda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi bilan bog’liq ravishda ishlab chiqarish jarayonida faoliyat yuritayotgan, shuningdek, oliy ta`lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarda nazariy bilimlarni amaliyotga bevosita, samarali tatbiq eta olish qobiliyatini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoj shakllandi. Oliy ta`lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarning o’quv va ishlab chiqarish faolligiga ega bo’lishlari yuqorida qayd etilgan ehtiyojni qondirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs – komil insonlar vujudga keladi.
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta`lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ro’hini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kuzatishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub`ektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta`limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.
Aynan ta`lim tizimi uchun o’quv dasturiy hujjatlashtirishning yangicha mazmunini yangicha samarali pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirgan, chuqur bilimlarga ega bo’lgan va har tomonlama rivojlangan pedagogik kadrlar zarurdir. SHunga ko’ra, hozirgi paytda ta`lim tizimi uchun pedagoglarning tayyorgarlik sifatiga nisbatan alohida talablar qo’yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |