Kurs ishi mavzu : Chqbt fanini o'qitoshda pedagogik texnalogyalar faniga kirish. Buxoro 2021 «Tasdiqlayman»


Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi



Download 32,09 Kb.
bet2/7
Sana02.08.2021
Hajmi32,09 Kb.
#135858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A.Azimov

2. Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi.

Har qanday didaktik vazifa mos ravishdagi ta’lim texnologiyasi yordamida hal etiladi, uning bir butunligi esa uchta (tashkiliy shakl, didaktik jarayon hamda o‘qituvchi malakasining o‘zaro bog‘langan) ishlanmasi asosida ta’minlanadi.

Pedagogik tadqiqot va ishlanmalar, demakki, umumiy olingan pedagogik texnologiyaning asl mazmuni quyidagi holatlarda ifodalanadi:

Birinchidan, pedagoglar pedagogik texnologiya vositasida amaliy ta’lim jarayonidagi xayoliy g‘oyalarni minimum darajaga keltirish va uni oldindan loyihalash hamda keyinchalik ularni o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etishga harakat qilmoqda. Bunga yuqorida qayd etilgan «didaktik vazifa» hamda «ta’lim texnologiyasi» tushunchalarini to‘g‘ri tatbiq qilish orqali erishish mumkin.

Ikkinchidan, foydalanib kelingan-dars uchun bajariladigan, o‘qitishga mo‘ljallangan alohida ishlanmalardan farqli ravishda pedagogik texnologiya tahsil oluvchining bilish faoliyati tuzilmasi va mazmunini belgilovchi o‘quv-tarbiya jarayonining loyihasini taklif qilmoqda. Mashg‘ulotlar uchun alohida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarni har qanday o‘qituvchi aniq amalga oshira olmasligi ma’lum bo‘lsa, dasturlashtirilgan ta’limni amalga oshirish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bilish faoliyatini oldindan loyihalash amalda har qanday o‘zlashtirish darajasiga ega ta’lim oluvchining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi. Zamonaviy sharoitlarda, pedagogik jarayonlarni kompyuterlashtirish – ta’lim jarayonini pedagogik loyihalash, uni samarali amalga oshirishning yagona yo‘nalishi hisoblanadi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiyaning ahamiyatli jihati-maqsadni belgilash jarayonidir. An’anaviy pedagogikada nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglarni maqsadni belgilash muammosi o‘ylantirmaydi, bunda maqsad sari mavhum yo‘ldan borilib, unga erishish qandaydir istiqbol sifatida belgilanadi. Pedagogik texnologiyada esa u markaziy muammo sifatida qaralib ikki yo‘nalishda hal etiladi.

Ta’lim oluvchi tomonidan fanni o‘zlashtirishda tashhisli maqsadni belgilash hamda o‘zlashtirish darajasini haqqoniy nazorat qilish maqsadga muvofiqdir.



To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya ma’lum pedagogik tizim loyihasi. Uni ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim mezoni-umumta’lim-tarbiya jarayonlari tuzilmasining mazmun jihatidan bir butun ekanligi to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirishdir. Bir butunlilik mezoni bo‘lajak ilg‘or pedagogik tizimni loyihalashda pedagogik tizim barcha elementlarining gorizantal ravishda bir o‘quv davri chorak, semestr yoki o‘quv yili mobaynida; vertikal ravishda- butun ta’lim davri mobaynidagi o‘zaro uyg‘un ta’sirlanuvini ifodalaydi. Bunda pedagogik tizimning bitta elementiga uning qolgan elementlarini moslashtirmasdan turib o‘zgartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’lim maqsadlarini o‘zlashtirgan holda uning mazmunini o‘zgartirishni yoki ta’lim jarayonini, uning mazmuni o‘zgartirilmay qoldirilgan holatlar yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi. Bunday shakldagi pedagogik texnologiyalarning hayotiy emasligini o‘quv rejalari hamda dasturlarini bir necha bor qayta tuzishda olingan natijalar tasdiqlab turibdi. Pedagogik tizimni bir butun holatda loyihalash o‘quv yurtlari uchun ta’lim oluvchilarni tarbiyalashning ma’lum xususiyatlarini kafolatlovchi nisbatan turg‘un uslubiy hujjatga ega bo‘lish imkonini beradi.


Download 32,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish