Kurs ishi mavzu : Chqbt fanini o'qitoshda pedagogik texnalogyalar faniga kirish. Buxoro 2021 «Tasdiqlayman»



Download 32,09 Kb.
bet1/7
Sana02.08.2021
Hajmi32,09 Kb.
#135858
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A.Azimov


‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

HARBIY TA’LIM FAKULTETI

4-kurs 41-gurux talabasi

Azimo A'zamjon Adiz o'g'li



KURS ISHI

Mavzu : ChQBT fanini o'qitoshda pedagogik texnalogyalar faniga kirish.

Buxoro 2021



«Tasdiqlayman»

Kurs ishi rahbari uslubiy tayyorgarlik

sikl boshligʻi

Katta leytenant Sh. Abduraxmonov



2021 y «____»_____________

KALENDAR REJA



Kurs ishi bo‘yicha ish mazmunining ketma ketligi

Bajarilishi muddati

Bajarilganligi haqida belgi

1

Kurs ishi mavzusini maqsadini aniqlash va boholash.

sentyabr




2

Kurs ishi bo‘yicha reja tuzish va tasdiqlatish.

oktyabr




3

Tavsiya etilgan adabiyotlarni saralash va aniqlash.

noyabr




4

Boshqaruv hujjatlarini, adabiyotlarni va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish.

dekabr




5

Ilmiy rahbardan kurs ishi yuzasidan maslahatlar olish.

yanvar




6

Kurs ishi ishini rahbarga tekshirtirish va tuzatishlar kiritish.

fevral




7

Kurs ishi himoyaga tayyorlash.

mart




8

Kurs ishi ximoya qilish.

april




Talaba A. Azimov

KURS ISHI REJASI

Kirish.

1.O’quv fanining maqsadi va vazifalari .

2. Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi.

3. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasi.

Xulosa

Foydalanilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. 2017-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyening O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Ushbu harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga aloxida to‘xtalib o‘tilgan.

Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchiiar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllaridan foydalaniladigan o‘qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo‘lib kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etishi muqarrar.

O‘qituvchi-O‘zbekistoning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo‘lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. SHunday ekan, o‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obru-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart.

Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg`or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta`minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta`lim tizimini orqali har tomonlama rivojlangan shaxs fuqaroning tashkil topishni ko’zda tutadi. U ushbu ta`lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta`lim xizmatlarining ist`emolchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi.

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalar» o’quv fani dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'ati tomonidan 2010 yilning 17 aprelida “Ilg'or pedagogik texnologiyalarni oliy ta'lim ta'lim muassasalarida joriy etishni tashkil etish” to’g'risidagi 3/1 sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “5111500 - Chaqiriqqacha harbiy ta'lim” ta'lim yo’nalishida taxsil olayotgan talabalami ta'limni texnologiyalashtirish asoslari bo’yicha ta'savurlarini boyitish va innovatsion pedagogik ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini shakllantirishga oid amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.

1.1. O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi

- talabalarda chaqiriqqacha harbiy ta'limni o’qitish jarayoni, treninglar, ochiq munozaralar, yakka, juftlikda, kichik guruhlar vajamoa ishlashni tashkil qilish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlariga ega qilish hamda talabalarning ta'lim muassasalaridagi pedagogik jarayonga tayyorlashdan iborat bo’lib, chaqiriqqacha harbiy ta'limni mazmuni, maqsadi shuningdek, talabalarning imkoniyati, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta'lim berish jarayonini o’qitish jarayonida keltirilgan texnologiyalar asosida o’zining mualliflik texnologiyalari bilan o’zgartirish va rivojlantira olish bo’yicha bilim va ko’nikmalar bilan qurollantirish. Fanning vazifasi - talabalarga o’quv jarayoni va o’quv uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish asosida ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik innavatsion texnologiyalarini joriy etish yo’llarini o’rgatishdan iborat bo’lib quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi; -o’quv fani bo’yicha ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish va rejalashtirishga; -o’quv fani bo’yicha talabaning o’quv uslubiy majmuani ishlab chiqishga; -ma'ruzalarda interaktiv ta'lim texnologiyalarini qo’llay olishga; -seminar va amaliy mashg'ulotlarda interaktiv ta'lim texnologiyalarini qo’llay olishga; -ta'limning keys-texnologiyasini yarata olishga; -loyihaviy ta'lim texnologiyasini o’quv jarayoniga joriy qila olishga; -maqsadni belgilashni va uch darajali testlarni ishlab chiqishga; -ta'limning optimal usul, shakl va vositalarini tanlash va ulardan ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida samarali foydalana olishga; -grafik organayzerlarni, o’quv vazifalarni va slayd taqdimotlami ishlab chiqa olish yo’llarini o’rgatishdan iborat.

1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar

“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: o’quv jarayoni va o’quv uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion ta'lim texnologiyalarini joriy etish asosida ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik innavatsion texnologiyalarini joriy etish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lislti kerak. -o’quv fani bo’yicha ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish va rejalashtirish; -o’quv fani bo’yicha talabaning o’quv uslubiy majmuani ishlab chiqish; -ma'ruzalarda interaktiv ta'lim texnologiyalarini qo’llay olishga; -seminar va amaliy mashg'ulotlarda interaktiv ta'lim texnologiyalarini qo’llay olish; -ta'limning keys-texnologiyasini yafata olish; -loyihaviy ta'lim texnologiyasini o’quv jarayoniga joriy qila olish ко ’nikmalariga ega bo ’lishi kerak. -maqsadni belgilashni va uch darajali testlarni ishlab chiqish; -ta'limning optimal usul, shakl va vositalarini tanlash va ulardan ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida samarali foydalana olish; -grafik organayzerlami, o’quv vazifalarni va slayd taqdimotlami ishlab chiqa olish malakalariga ega bo’lishi kerak.

1.3. Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog'liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma - ketligi

“Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalar” fani asosiy ixtisoslik fan hisoblanib IV-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, shuningdek boshqa qator mutaxasislik fanlari bilan o’zaro bog'liq bo’lib uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikda olib boriladi.

1.4. Fanning ta'Iimdagi o’rni “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar” o’quv fani pedagogik innovatsion ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirishda alohida o’ringa ega bo’lib talabalarda kasbiy innovatsion faoliyatni shakllantirishda hamda rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.


Download 32,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish