O`PKANING YIRINGLI KASALLIKLARI KLINIKASI
O`PKA ABSESSI. O`pka yiringlaganda 2ta davr farq qiladi: birinchisi, absess yorilguncha bo`lgan davr , ikkinchisi, absess yorilgandan keying davr. Birinchi davr absess yorilguncha bo`lgan davr og`ir kechishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bemor tana harorati 40* C ga ko`tarilishi, qaltirash, hansirash , bo`shashish, ishtaha yo`qolishi, bosh og`rig`i, ba`zan yonboshda og`riq paydo bo`lishi kabi belgilardan noliydi, tez-tez yuza nafas oladi. Kasal tomoni nafasdan orqada qoladi. Perkussiyada shikastlangan soha ustida og`riq aniqlanadi, bu sohadagi qovurg`alar orasini stetoskop bilan bosilganda yo`tal refleksi kuchayadi. Bu plevraning yallig`lanish jarayoniga tortilishining ilk belgisidir.Puls plevraning yallig`lanish jarayoniga tortilishining ilk belgisidir. Puls tezlashgan- minutiga 120tagacha, yurak tonlari bo`g`iqroq, auskultatsiyada qattiq, ba`zan bronxial nafas, quruq van am xirillashlar eshitiladi.
Rentgenologik yo`l bilan ko`rilganda, infiltratsiyasi bor joy qorayib turadi.Ikkinchi davr yiringli bronxlar bo`shlig`iga yorilishidan boshlanadi. Bemorlardan bir talay (1 litrgacha va bundan ko`proq) yiringli yoki chink balg`am chiqadi. Absessda balg`am yashil rangli, hidsiz bo`ladi. Gangrenada esa balg`am shokolad tusida va qo`lansa hidli bo`ladi. Sutka ichida ajralib chiqadigan balg`am miqdori ortishi bilan bemorlarning umumiy ahvoli sezilarli darajada yaxshilanib boradi, tana harorati esa pasayadi, intoksikatsiya holatlari asta- sekin pasayib, ishtaxa asl holiga keladi, qonda leykositlar soni kamayadi va ECHT sekinlashadi. Ayrim hollarda kuchli yo`talda o`pka ichidagi bosim anchagina oshishi natijasida absess plevropulmonal shok (piopevmotoraks) yoki yiring koks oralig`i bo`shlig`iga yorilganda (kamdan kam) yiringli mediastenit rivojlanishi mumkin. Balg`am miqdori va uning xarakteri bo`shliq hajmiga, yiring miqdoriga, qo`zg`atuvchisiga va absess joylashgan sohaga bog`liq bo`ladi.
BRONXOEKTATIK kasallik uchun surunkasiga yo`talib, yiringli balg`am tashlab turish, qon tuflash va takror- takror pnevmoniya bilan og`rish hollari harakterlidir. Balg`am, asosan, ertalab va tana drenaj pozitsiyalari deb ataladigan ma`lum holatlarda bo`lganida , ya`ni odam sog` yonboshi bilan yotgan paytlarda , oldinga engashganda, jismonan chaqqon harakat qilganida ajraladi. Bir kecha kunduzda tushadigan balg`am miqdori 100 ml dan 600 ml gacha borishi va bundan ko`p bo`lishi mumkin. Balg`am idishga yig`ib qo`yilsa, ikki qatlamga ajralib qoladi: ustkisi suyuq, pastkisi yiringli bo`ladi. Kasallik qo`zib turgan davrda bemorlarning bir qismida balg`am chirik hidli bo`lib qoladi. Qon tuflash taxminan kasallarning yarmida ko`riladi va ba`zan kasallikning asosiy va yetakchi belgilaridan bo`lishi mumkin.
Intoksikatsiyabelgilariqaydqilinadi: darmonsizlik, madorqurishi, ishqobiliyatiningpasayishi, tezcharchabqolishkabilarshularjumlasigakiradi. Manashubelgilaryo`talzo`rayishivabalg`amko`payishibilanbirgalikda, kasallikningqo`ziyboshlaganidandarakberadiganbelgilarhisoblanadi, ularqanchalikko`pifodalanganbo`lsa, kasallikhamshunchaog`iro`tadi.
Bronx-o`pka yallig`lanishi qo`ziganida boshlanadigan pnevmoniya asorat berib, o`pka absessi yoki plevra empiyemasi paydo qilishi mumkin. Bronxoektatik kasallikning sistemalarga taalluqli alomatlariga isitma chiqishi, tana vaznining kamayishi , gipoxrom anemiya kiradi. Bular zo`rayib boradigan darmonsizlik bilan bir qatorda sepsis boshlanayotganidan darak beradi.
Fizik tekshiruvlarda qo`l-oyoq barmoqlari shaklining o`ziga xos tarzda o`zgarib , oxirgi falangalarining yo`g`onlashgani topiladi, barmoqlar shuning natijasida shaklan nog`ora cho`plariga o`xshab qoladi. Tirnoqlar soat oynasi shaklida bo`ladi. O`pka auskultatsiyasida har hil kalibrli ham quruq xirillashlar bo`lib , mudom saqlanib turadigan past chastotali qulqullovchi o`chog`I topiladi, bu xirillashlar sal qattiqlashgan nafas fonida eshitiladi. Kasallik qaytib turgan mahalda (remissiya paytida) xirillashlar yo`qolib ketishi mumkin. Perkussion ko`rsatkichlar o`zgaruvchan, xarakterli emas, yo`ldosh jarayonlar- o`pka emfizemasi, pnevmoskleroz, shuningdek , plevraga aloqador asoratlar bor- yo`ligiga bog`liq bo`ladi.
O`pkasida u yoki bu xildagi rivojlanish nuqsoni bo`lgan bemorlarda boshlangan bronxoektatik kasallik uchun dardning nisbatan bexatarroq bo`lib o`tishi xosdir. Kasallikning dastlabki simptomlari bolalik davridayoq paydo bo`lishi mumkin, lekin bemorlar o`zida bu kasallikning borligini faqat o`smirlik davrida , ko`pincha esa, voyaga yetganlaridan keyin bilib qolishadi. Yallig`lanish jarayonining qo`zishi , odatda, qisqa muddat davom etadi. O`pkada hajmi va o`lchamlari jihatidan kattagina morfologik (kavakli) o`zgarishlar bo`lgani holda klinik simptomlarning ozligi, tashqi nafas funksiyasidagi o`zgarishlarning uncha sezilmasligi diqqatni o`ziga jalb qiladi. Ravshanki , vaqt o`tishi bilan yallig`lanish jarayoni tez-tez qo`zib turadigan bo`lgani uchun kasallik zo`rayib boradi, normal shakllangan qo`shni bronxlar ham zararlanib, jumladan, qarama-qarshi tomondagi sog` o`pkada , ayniqsa, bazal segmentlarida ham ikkilamchi bronxoektazlar paydo bo`ladi, ikkilamchi, surunkali obstruktiv bronxit yuzaga keladi, lekin u kasallikning kechki davrlarida , ba`zan simptomlar paydo bo`lgan vaqtdan boshlab hisoblaganda, 15-20 yildan keyin boshlanadi. Bemorlar mehnat qobiliyatini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.Eng ko`p uchraydigan rivojlanish nuqsoni – kistoz gipoplaziya , asosan, (bemorlarning taxminan 70-80 foizida) chap o`pkada kuzatiladi, asosan , o`pkaning pastki bo`lagi zararlanadi, Gipoplaziya o`ng tomonda bo`lganida ko`pincha ustki bo`lak bronxlar zararlanadi.
Bronxoektatik kasallik uzoq vaqt davom etib, asta- sekin zo`rayib borishi bilan ta`riflanadi.Vaqti- vaqti bilan, asosan, yilning qish fasllarida qo`zib turadi. Ba`zan uzoq , ya`ni yillab davom etadigan remissiyalar bo`ladi. Kasallikning zo`rayib borishi qo`shni bronxlarning jarayonga tortilib ketishi, keyinchalik esa dardning ikki tomonga tarqalishi bilan ifodalanadi, asosan, pastki o`pka bo`laklarining bazal segmentlari zararlanadi. Vaqt o`tishi bilan odatda, ikkilamchi obstruktiv bronxit, o`pka emfizemasi boslanadi , nafas yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan surunkali “ cor pulmonale” simptomlari paydo bo`ladi. Kasallik zo`rayib borganida asoratlari sepsis, o`pka absessi, bosh miya metastatik absessi, ichki organlar amiloidozi paydo bo`lishi mumkin.
Bronxoektazlar rentgenologik yo`l bilan, asosan, konstrast bronxografiya va kompyuter tomografiyasida aniqlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |