Kurs (ishi) loyihasi


-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar; -



Download 165,45 Kb.
bet4/10
Sana11.11.2022
Hajmi165,45 Kb.
#864288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Тоипов Эркин 225 т омихта ем

-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;
-vitaminli preparatlar;
-mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganets, yod va b.);
-aminokislotalar (lizin, metionin);
-antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);
-tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;
-organik kislotalar (sut, propion va b.);
-dorivor preporatlar va b.
Omuxta-em ishlab chiqarishda mazkur xom ashyolar bilan cheklanib bo‘lmaydi, balki emning qimmatliligini oshirishning samarali manbaalarini izlab topish lozim. Em tarkibidagi donning ulushini kamaytirish va boshqa turdagi mahsulotlar bilan boyitish muhim vazifalardan biridir.
Omixta em ishlab chiqarish uchun shartli ravishda guruhlarga bo‘linuvchi turli xil xom ashyolar qo‘llaniladi. Bu xomashyolarning ba’zi turlari mustaqqil xolda ozuqa mahsulotlari sifatida ishlatiladi, omixta em ishlab chiqarishda uning tarkibiga ingradientlar ko‘rinishida kiritiladi. Korxonaga kelib tushadigan xomashyo ko‘p xollarda ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadi.
Omixta em fizik xossalari bo‘yicha quyidagi turlarga ajraladi: sochiluvchan, briketlangan, granula ko‘rinishidagi emlar.
Sochiluvchan omixta em etarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab chiqarishda ingredientlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va maydalaniladi. Tayyorlanadigan ingredientlar me’yorlagich va aralashtirgichdan o‘tkaziladi.

TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZARIY ASOSLARI

Sochiluvchan va granulalangan omixta emlarning omixta em zavodlarining asosiy mahsuloti bo‘lib, ularning tarkibida barcha turdagi ozuqaviy moddalar mavjud bo‘ladi. Bu turdagi emlar hayvon turi jinsi, yoshi va boshqalarga bovliq holda ishlab chiqarilib, ular hayvonlarning ozuqaga bo‘lgan talabini to‘la qondira oladi.Omixta em konsentratlari tarkibida yuqori molekulali oqsil, mineral moddalar, vitaminlar va boshqalar mavjud bo‘ladi. Ular odatda donli va daval ozuqalarga aralashtirilgan holda ishlatiladi.


Ozuqaviy aralashmalar yorma zavodi chiqindilaridan tayyorlanib, asosan qoramollar uchun qo‘llaniladi. Ozuqaviy aralashmalarni tayyorlashda ularga melassa, karbamid, bo‘r, tuz qo‘shiladi. Ozuqaviy aralashmalar etarli darajada to‘yimli bo‘lmasada xam ozuka sifatida ulardan foydalaniladi .Oksil vitaminli kushimchalar yukori konsentratsiyali ozuka modda xisoblanadi.Tarkibida 30-40 sof oksil va vitaminlar mavjud bo‘ladi. Premiks yukori dispers modda bo‘lib ,tarkibida biologik aktiv moddalar va mikro qo‘shimchalar bo‘ladi.
Omixta em ishlab chikarish murakkab jarayon bulib ,bir nechta texnologik liniyalarni o‘z ichiga oladi . Bu liniyalarni asosiylari kuyidagilardan iborat.
1.Donli xom ashyolar tayyorlash liniyasi
2.Kobikli donlarni kobigidan ajratish
3.Sochiluvchi ut uni liniyasi
4.Xom ashyoni aralashtirish liniyasi
1. Omixta em zavodlari un va yorma zavodlaridan farqli o‘laroq ko‘p turdagi xom ashyo qayta ishlanadi. Buning ustiga xom ashyo don kichik maydalangan mahsulotlar, katta bo‘lakli, suyuq holda, torocha o‘ralgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Omixta em ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagi asosiy jarayonlardan tashkil topgan: xom ashyoni qabul qilish; saqlash va uni qayta ishlashga jo‘natish; xom ashyoni ajratish; metallomagnit aralashmalardan tozalash; ba’zi turdagi omixta emni ishlab chiqarishda qobiqni don ekinlarini qobividan ajratish; maydalash; maydalangan mahsulotni elash; komponentlarni o‘lchash va aralashtirish; donadorlash; qadoqlash va uzatish.
Bunday sxema asosida alohida xom ashyo turlariga ishlov berish qiyin kechib, samaradorlik kam bo‘ladi. CHunki xom ashyoga navbat bilan ishlov berish ko‘p vaqtni talab etadi. Vaqtni iloji boricha qisqartirish uchun xar bir xom ashyoni tayyorlashda kerakli uskunalarni to‘vri tanlash lozim.
Har bir omixta em zavodi uchun texnologik sxema qonunlarga asosan tuziladi. Jihozlanganlik darajasiga ko‘ra, korxonaning texnologik jarayoni oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Barcha komponentlar tarada standart massada, tayyorlangan holatda, ya’ni tozalash va maydalashni talab qilmaydigan holatda qabul qilinsa, omixta em tayyorlashning eng oddiy jarayoni qo‘llaniladi. Bunda har bir komponent davriy ishlovchi aralashtirgichga konveyer orqali uzatiladi. YUklatilgandan keyin aralashtirgich ishga tushiriladi, natijada tayyor omixta em olinadi. Amalda buni bajarib bo‘lmaydi, chunki don, kepak va shrot kabi xomashyolar faqat sochma holda qabul qilinadi. Don, kunjara va boshqa komponentlarning yirik fraksiyalari maydalashni talab qiladi, donlar esa tozalashga muhtoj. SHuning uchun ham oddiy ko‘rinishdagi texnologik jarayon xomashyoni tozalash, uni maydalash, dozalash va aralashtirish bosqichlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Qolgan turdagi xom ashyolar retseptga muvofiq ombordan navbat bilan tozalashga, so‘ng maydalashga yoki maydalashni o‘tamay dozator osti bunkerlariga yuboriladi. Kerakli xomashyo miqdori tayyorlangandan keyin dozator yoki aralashtirgichlar ishga tushiriladi hamda omixta em olinadi. Bunday sxemadagi ish qiyin va kam samarali, chunki xomashyoga navbat bilan ishlov berish ko‘p vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari, tozalash uchun bir necha turdagi tozalash mashinalaridan iborat qurilma talab qilinadi (masalan, bo‘r uchun-A1-DSM, don uchun separatorlar va boshqa).
Omixta em ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar, xuddi un va yorma ishlab chiqarishdagidek, me’yoriy texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Asosiy hujjat bo‘lib omixta em, oqsil vitaminli qo‘shimchalar, premikslar hamda karbamid konsentratlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish qonunlari hisoblanadi. Shu hamda boshqa hujjatlar asosida korxona texnologik sxemasi ishlab chiqiladi.
Texnologiya-grek. Techne - san’at, mahorat, bilish ma’nolarini anglatadi, bu esa o‘z navbatida jarayondir. Jarayon, bu-maqsadga erishish uchun ma’lum harakatlar majmuasidir.
Texnologik sxema texnologik jarayonning ketma-ketligini ifodalaydi. Omixta em zavodining tarkibiy sxemasi alohida jarayonlarning ketma-ketligi va bovliqligini ko‘rsatadi.

Texnologik liniyalar

Texnologik jarayonlar

Donli xom ashyo tayyorlash liniyasi

Donmassasini organik, mineral, metalmagnit chiqindilardan tozalash va maydalash.

Qobiq ajratish liniyasi

Qobiqli donlarni tozalash ,yi rikligi bo‘yicha saralashva qobig‘ini ajratish.

Unli xom ashyo liniyasi

Yirik va metalmagnit chiqindilardan tozalash.

Preslangan va yirik xom ashyo liniyasi

Maydalash,metalmagnit chiqindilardan tozalash.

Oziq-ovqat sanoati chiqindilari liniyasi

Iflos va metalmagnit aralashmalardan tozalash ,fraksiyaga ajratish va maydalash

Mineral xom ashyo liniyasi

Quritish,maydalash,elash va metalmagnit aralashmalardan tozalash

Suyuk komponent tayyorlash tizimi

Qizdirish va tozalash(filtrlash)

Dozalash va aralashtirish tizimi

Dozalash,aralashtirish.

Granullash tizimi

Sovutish,elash,granullash

O‘t uni tayyorlash tizimi

Saralash va maydalash

Don va boshqa omixta em komponentlariga issiqlik va bug‘ bilan ishlov berish keyingi yillarda sanoatda keng qo‘llanilmoqda. Issiqlik va bug‘ bilan, ya’ni gidrotermik ishlov berish quyidagi maqsadlar uchun qo‘llaniladi:


mahsulot tarkibidagi uglevod komplekslari parchalanishini oshirish va kraxmal gidrolizi natijasida nisbatan sodda birikmalar qand va dekstrinlar hosil bo‘lishini ta’minlash. Bu jarayon ayniqsa yosh hayvonlar uchun muxim ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki ularning xazm qilish organlarida kraxmal qiyin parchalanadi; xazm qilish fermentlari ingibitorlari va boshqa nooziqa moddalarni inaktivatsiyalash;
Maydalash donning qattiq tanasini tashqi kuchli zarba yoki emiruvchi zarba ta’sirida parchalash bo‘lib, maydalashning ikki turi mavjud:
-oddiy maydalash, bunda don yoki maydalanayotgan omixta em komponenti bir tekis parchalanib, bir turdagi aralashma hosil bo‘ladi;
-saralovchi maydalash, bunda don va omixta em komponentlari ma’lum qismlari bo‘yicha saralanib maydalanadi. Bu jarayon ma’lum qismlardan mahsulot chiqqancha bir-necha marotaba davom etadi.
Omixta em ishlab chiqarishda makkajo‘xori so‘tasi, bo‘laklangan xomashyolar, minerallar va boshqa xomashyolar odatda yirik hajmda maydalanadi. Yirik hajmda maydalash uchun sanoatda ko‘pincha kunjara maydalagichlar, toshli maydalagichlar, juda kichik hajmda maydalash uchun esa jo‘vali (valli) dastgohlar, bolg‘ali maydalagichlar va dizintegratorlardan foydalaniladi.
Omixta em OVQ, premiks, karbamid konsentrati va ozuqa aralashmalarning komponentlari omixta em zavodlariga don, granula, chaqmoq ko‘rinishida tushadi va maydalanadi.
Qattiq qismni bo‘laklarga ajratish jarayoni maydalash deyiladi. Buning natijasida jism bo‘lakchalari orasidagi kuchlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi zabt etilib yangi yuza hosil bo‘ladi.
Omixta em ishlab chiqarishda quyidagi komponentlar maydalanadi: don, donli aralashmalar, kunjara, shrot, so‘tali makkajo‘xori, mineral kelib chiqishli xomashyolar (bo‘r, tuz, chig‘anoq uni), oziq ovqat sanoatining yirik fraksiyali ozuqa mahsulotlari. Ba’zi komponentlar mashinadan bir bor o‘tgandayoq maydalanadi, ba’zilari esa ikki marta o‘tkazilishi talab qiladi. Donli komponentlar mashinadan bir marta o‘tkazilganda maydalanadi, chaqmoq xomashyolar esa oldin ezilib so‘ngra yanchiladi.
Maydalashda muhim hisoblangan maydalash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Avvalo, jism egiluvchan va plastik deformatsiyani sinab ko‘radi va so‘ngra molekular bog‘liqlikni engib o‘tib, ko‘p miqdorda bo‘lakchalar hosil qiladi. Egiluvchan va plastik deformatsiya va yangi yuza hosil qilishga ketgan elektr harajatlari ortgan sari maydalash jarayoni uchun sarf bo‘ladigan elektr quvvatining umumiy sarfi ham ortadi. Bunda issiqlik energiyasi hosil bo‘lish hisobiga maydalangan komponent bo‘lakchalari harorati oshadi.
Maydalash darajasining oshishi bilan maydalash jarayonining energiya sarfi keskin ortadi. Elektr sarfini kamaytirish uchun omixta em ishlab chiqarish texnologichsida ishlab chiqariladigan xomashyodan, omixta em qanday hayvonga mo‘ljallanganligidan, shuningdek u qanday ko‘rinishda-sochiluvchan yoki donador ko‘rinishda bo‘lishiga bog‘liq xolda maydalash jarayonini turlicha qurish mumkin. Kam va juda kam komponent bo‘lakchalarining omixta em og‘irligiga teng taqsimlanishi uchun uning dispersligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Komponentning retseptdagi qiymati qancha kam bo‘lsa, taxminan shuncha umumiy miqdordagi bo‘lakchani olish uchun yirik va o‘rtacha komponentlar kabi u shuncha mayda yanchilgan bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Mayin dispersli maydalash yuqori solishtirma energiya sarfi bilan bog‘liq.

Download 165,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish