Sintetik antibiotiklar olishning zamonaviy usullari
Rahmatullayev Islom Jonuzoqovich
Antibiotiklar
Antibiotiklar (anti-qarshi va bios–hayot) – ba’zi mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikroblarning oʻsishi hamda rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikroblarga qarshi ta’sir etadigan moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi. Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha ta’sir etadi.
Kashf etilish tarixi
1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Fleming Antibiotiklarni mogʻor zamburugʻi (Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova 1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi. Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom ettirilmoqda.
Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi ta’sir koʻrsatganidan biokimyoviy jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra oʻsishini ta’minlaydigan DNK, RNK, oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konservalash) ham keng foydalaniladi.Qishloq xoʻjaligida – oʻsimliklarni zamburugʻli va bakterial kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi, Kasallik qoʻzgʻatuvchilarga ta’sir qilish tarziga qarab - bevosita ta’sir etuvchi Antibiotiklar; kasallik qoʻzgʻatuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi Antibiotiklar; xoʻjayin oʻsimlikka ta’sir etuvchi Antibiotiklar; oʻsimlik tanasida yuqori faol moddalarga aylanadigan va oʻsimliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradigan (bilvosita ta’sirga ega) Antibiotiklarga boʻlinadi.