OTLI SOʻZ BIRIKMALARI: BOSHQARUVLI BIRIKMALAR
Boshqaruvli birikmalarda so‘zlar orasidagi ob’ekt, sub’ekt yoki kompletiv (hol) munosabatlari ifodalanadi. Boshqaruvchi so‘zlarning (bosh so‘zlarning) qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligiga qarab, ularni ikkita asosiy turga ajratib o‘rganamiz: 1. Ot boshqaruvi; 2. Fe’l boshqaruvi.
Ot boshqaruvi umuman boshqaruv sistemasida juda muhim o‘rinni egallaydi. Ot boshqaruvi deganda, asosan, ot, sifat, ravish, son kabi so‘zlar turkumlariga taalluqli so‘zlar boshqaruvi nazarda tutiladi. Boshqaruvchi so‘zning qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligiga qarab, ot boshqaruvi, sifat boshqaruvi, son boshqaruvi, ravish boshqaruvi, modal so‘zlar boshqaruvi, undovlar boshqaruvi tarzida yana ayrim turlarga bo‘linadi.
Qayd qilingan so‘z turkumlarining boshqaruv qobiliyati, umuman, boshQaruv sistemasida tutgan o‘rni byr xil emas. Har bir turkumga kirgan so‘zlarning boshqaruv xususiyatini aniqlash uchuv ularning semantik-grammatik tabiatini sinchiklab o‘rganish zarur bo‘ladi.
Mavjud grammatik adabiyotlarda boshqariluvchi so‘zning formasiga ko‘ra boshqaruv ikki turga ajratiladi: 1. Kelishikliboshqaruv; 2. Ko‘makchili boshqaruv. Bunday bo‘linish ikkala boshqarish turiga qam (Fe’lli va otli boshqaruvga ham) aloqadordir. Kelishikli boshqaruvda hokim so‘z tobe muchaning vosita kelishik formalaridan birida kelishini talab qiladi: onaga mehr, g‘ishtdan devor, “Gilos danagidan tasbeh” (G‘. G‘ulom). Tilga e’tibor — elga e’tibor (Maqol). Oyog‘ida etik, yelkasida xurjun kabi. Ko‘makchili boshqaruvda tobe so‘z boshqaruvchi otga ko‘makchilar yordamida bog‘lanadi: bolalar haqida kinofilm, Lenin haqida hikoyalar, shahar birinchiligi uchun musobaqa, qahramonlar bilan uchrashuv va sh. k. Vosita kelishiklaridan (jo‘nalish, chiqish, o‘rin) biri formasidagi so‘zlar ot boshqaruvida tobe mucha vazifasida keladi.
Jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘zlarni bosh qaruvchi otlar. Jo‘nalish kelishigi formasida qo‘llangan so‘zlarni talab qiluvchi otlar quyidagi semantik turlarga bo‘linadi:
a) ichki psixik holat, his-tuyg‘ularni ifodalovchi abstrakt otlar: mehr, vafo, muhabbat, sadoqat, ishonch, umid, g‘azab, nafrat, hiyonat kabi otlarda jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘zlarni boshqarish qobiliyati kuchlidir: uning ota kasbiga m ye hri kuchlidir (Shuhrat); Bunda bitilmishdir yurtga sadoqat. Yovga nafrat, g‘azab, do‘stga muruvvat (Uyg‘un);
Bulardan tashqari, insonning his-tuyg‘ularini ifodalovchi havas, ixlos, qizihish, ehtiyoj, talab, mayl (moyillik), ishqibozlik kabi abstrakt otlar ham jo‘nalish kelishigi formasidagi ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan zaruriy kengayish xususiyatiga ega: Sodiqning ichimlikka mayli yo‘q (Shuhrat). Uning muzikaga havasi zo‘r (Gazeta). Futbolga ishqivozlik, bilimga intilish va sh.k.
Shu narsa alohida qayd qilinishi kerakki, hozirgi adabiy tilda jo‘nalish kelishigi formasida kelgan tobe so‘zning qaysi yordamchi so‘z bilan qo‘llanishidan qat’i nazar -ga nisbatan, -ga bo‘lgan so‘z formalarini qo‘llash badiiy adabiyot tilida, rasmiy hujjatlar tilida, ayniqsa rubrika va sarlavhalarda borgav sari kam ishga solinmoqda: kelajakka (bo‘lgan) zo‘r ishonch, shonli an’analarga (nisbatan) sadoqat kabi;
b) odamlar o‘rtasidagi turlicha salbiy yoki ijobiy munosabatlarni bildiruvchi abstrakt otlardan yaxshilik, yomyunlik, sodiqlik, xoinlik, g‘amxo‘rlik, beparvolik kabi. Bu gruppaga kirgan so‘zlar ham jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘zlar bilan zaruriy kengayish qobiliyatiga egadir;
d) sovg‘a, tuhfa, tortiq, mukofot, esdalik, yodgorlik kabi so‘zlar ham jo‘nalish kelishigi formasida bo‘lgan so‘zni talab qiladi: o‘quvchilarga sovg‘a, ilg‘orlarga mukofot, soldatlarga yodgorlik kabi. Bu tipdagi birikmalarda atalganlik ma’nosi ifodalangan. Ayniqsa boshqaruvchi konkret otlardan bo‘lganda bu ma’no ochiqroq uqiladi;
e) dori, darmon, quvvat, malham, chora, shifo, madad, yordam, ko‘mak kabi otlar ham jo‘nalish kelishigidagi so‘zlarni boshqaradi: Dillarga darmon qo‘shiqlar (3. Obidov). Sabr aylasang — topilgan, dardimga chora, ayting (Uyg‘un).
f) amal, lavozim, mansabni bildiruvchi rais, brigadir, mudir, direktor, rektor, dekan, boshliq, rahbar, posbon, qorovul kabi otlar jo‘nalish kelishigidagi o‘rin-joy otlarini boshqarib keladi: zavodga direktor, kolxozga rais, fakultetga dekan; Rais kolxozchiga kengashchi, kolxoz mulkiga posbon (Oybek);
g) ariza, ultimatum, nota, raport, bayonot, murojaat, xitob, xitobnoma, bayonnoma kabi rasmiy idora terminlari ham ko‘pincha jo‘nalish kelishigi formasidagn so‘zlarni boshqaradi: rektorga ariza, xalqqa murojaat, dekanga raport, AQSh hukumatiga bayonot kabi. Bunday konstruksiyalar ko‘proq vaqtli matbuot tilida, sarlavhalarda uchraydi;
h) qarindoshlik, yaqinlik, birgalik ma’nolarini ifodalovchi do‘st, birodar, oshna, ulfat, suhbatdosh, hamdam, qarindosh, sinfdosh, kasbdosh, maslakdosh, hamqishloq, qo‘shni kabi shaxs otlari ham jo‘nalish kelishigidagi so‘zni boshqaradi: Mavlon aka Hafizaxonga tog‘ a bo‘lsalar, menga — o‘z akam (A. Qahhor); Oʻzi bizlarga qarindosh, dadamning urug‘laridan (Oybek ); Bu ikki sovxoz bir-b iriga qo‘shni (Gazeta);
z) yo‘llanma, komandirovka kabi so‘zlar odatda jo‘nalish kelishigi formasidagi o‘rin-joy otlarini boshqaradi: Moskvaga komandirovka, hayotga yo‘llanma kabi. Rus tilidan kirib o‘zlashgan putevka so‘zida ham shunday xususiyat bor: Yaltaga putevka.
Keltirilgan semantik gruppalardan tashqari: sayohat, safar, tayyorgarlik, hozirlik, savol, javob kabi otlar; vafo, jafo, jabr, zulm, orom, tashvish, huzur kabi abstrakt ma’noli otlar ham jo‘nalish kelishigi formasidagi so‘zlarni boshqara oladi.
Tilga olingan semantik turlardan tashqari yana shunday so‘zlar to‘dasi ham borki, ularning semantik tabiati noturg‘un bo‘lganligidan ularni muayyan gruppaga kiritish imkoniyati bo‘lmadi. Ayniqsa bu narsa boshqaruvchi otlar kesim vazifasida kelganda ochiq seziladi, ya’ni ot bilan ishlatilgan ayrim bog‘lama yoki ko‘makchi fe’llarning tushib qolishi natijasida boshqarish vazifasi otga ko‘chganda bu hodisa ochiq ko‘zga tashlanadi: Endi menga ruxsat (Uyg‘un). Xo‘sh, endi o‘zimizga navbat (G‘. G‘ulom) . Unga qanday jazo berish sizlarga havola (N. Fozilov) va sh. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |