Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish



Download 52,66 Kb.
bet8/14
Sana25.06.2022
Hajmi52,66 Kb.
#705194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

Soʻz birikmasi va gap. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. Ikkisida ham o‘zaro munosabatga kirishgan so‘zlar biror so‘z turkumiga taalluqli bo‘lib, biri hukm ma’nosidagi gapni hosil qiladi, boshhasi esa o‘sha gap uchun “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ikkisida ham so‘zlarning o‘zaro grammatik bog‘lanishlarini ta’minlovchi ko‘rsatkich ko‘p vaqt bir xil bo‘ladi. (affikslar, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va sh. k.). Ikkala grammatik ho disaning o‘zaro o‘xshashligi asosan ana shulardan iborat. Endi so‘z birikmasi va gap o‘rtasidagi prinsipial farqlarni ko‘zdan kechiraylik7.
1. Shunday qaraganda, gap ham, so‘z birikmasi ham tobelanish asosida yuzaga keladi, ya’ni ikkalasi ham bir so‘zning ikkinchi bir so‘ega grammatik jihatdan bo‘ysunib kelishiga asoslangan, lekin bu tobelanishning tub mohiyati boshqa–boshqadir. So‘z birikmasida ishtirok qilgan tobe so‘z (ya’ni hokim so‘ega bog‘lanib kelgan mucha) birikma sostavidan tushib qolishi mumkin, bu bilan hokim so‘zning asosiy leksik ma’nosi o‘egarmaydi (siziq hikoya – hikoya), ikki so‘zdan iborat bo‘lgan gap (ikki sostavli gap – ega va kesim) sostavidagi tobe deb atalgan so‘zni (kesimni) tushirib qoldirsak, gapga xos bo‘lgan fikr tugalligi prinsipi buziladi, qolgan so‘z faqat leksik ma’noni bildiruvchi elementga .aylanadi. ikkala sintaktik qo‘shilmaning bog‘lanishidagi hokimlik va tobelik munosabatlari o‘rtasidagi farq shundaki, so‘z birikmasi kengaytirilgan, tarmoqlangan leksik ma’noni bildiradi, tobe so‘zning tushib qolishi so‘z birikmalarining ma’nosiga jiddiy zarar yetkazmaydi, faqat kengaytirilgan ma’no yakka predmet (belgi, harakat) ma’nosi bilan almashadi, xolos. Lekin gapni tashkil qilgan “tobe” so‘zning tushuvi bilan gapga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar yo‘qoladi, gap gzp bo‘lmay qoladi: paxta terildi – paxta.
2. Ma’lumki, ot+shaxsli fe’l tipidagi tobeli bog‘lanishda hokim so‘z albatta bosh kelishik formasida bo‘lmog‘i shart. Shudingdek, hokim so‘zning shaxs va sonda o‘egarishi tobe so‘ega (kesimga) darhol ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha qilib aytganda, ega vazifasida kelgan so‘z kesimni shaxs va sonda o‘ziga bo‘ysundiradi: men keldim, sen kelding, ular kelishdi kabi. So‘z birikmalarini tashkil qilgan komponentlar orasida bunday xususiyat yo‘q. Agar qaratqich + qaralmish bog‘lanishidagi moslashuv haqida gap boradigan bo‘lsa, o‘xshashlik ma’noda (shaxs va son ma’nosini anglatish jihatdan) gina, xolos. Bu ikki xildagi bog‘lanish turlicha grammatik formalar sistemasini tashkil qilishi va shundan kelib chiqadigan mohiyati e’tibori bilan bir–biridan tubdan farqlidir: birinchisi gap, ikkinchisi birikma; gapda har ikkala komponent bo‘lakka teng (bosh bo‘lak), birikmada esa faqat birinchi komponent bo‘lakka teng; gapda birinchi komponent bosh kelishik formasida – Hokim, birikmada esa birinchi komponent qaratqich kelishigi formasida – tobe; gapda shaxs (son)ni ko‘rsatuvchi so‘z tobe, birikmada esa xuddi shunday so‘z hokim, gapda tobe so‘z formasi hokim so‘ega moslashadi, birikmada esa hokim so‘z formasi tobe so‘ega moslashadi. Bundan tashqari, ega + kesim bog‘lanishida tobelik ko‘rsatkichi tuslovchilardir, qaralmishni shakllantiradigan egalik qo‘shimchalari esa hokimlik ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham moslashuvning tarkibiga ko‘ra ikkala konstruksiyadagi moslashuv hodisasini bir–biridan farqlash zarur bo‘ladi: ega bilan kesim mosligi sof moslik qa ratqich va qaralmish munosabatida ikki tomonga moyillik seziladi: moslashuv va boshqaruv, lekin bir birikmaning o‘zida ham boshqaruv, ham moslashuv mavjud bo‘lgani bilan formal gram– . matik jihatdai ham, birikma formasining semantikasi tomonidan ham moslashuv kuchliroq ifodalangan, shuning uchun ham bu tipdagi birikmalarni boshqaruvli moslashuv deb atash ma’qul.
3. Bundan tashqari, so‘z birikmasi ham, gap ham har biri o‘ziga xos usullar va vositalar orqali shakllaiadi. Gapning o‘ziga xos paradigmatikasi yoki formalar sistemasi bor. Paradigma gapning rang–barang kategoriyalari – zamon, shaxs va modallik kategoriyalarini ifodalovchi formalarning yig‘indisidan iborat. Zamon, shaxs va modallik kabi kategoriyalarni ifodalash sodda gapning asosiy belgilaridirki, bunday belgilar so‘z birikmalariga xos emasdir. Faraz qilaylik, fe’l zamonlari uchta: o‘tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon; har bir zamon formasi zamon ma’nosini ifodalab beruvchi asosiy – yetakchi ko‘rsatkichga ega bo‘ladi; o‘tgan zamon uchun –di, hozirgi zamon uchun –yapti, kelasi zamon uchun –adi/ydi. Bundan tashqari, har bir zamon formasi o‘z yo‘ldoshlariga, qo‘shimcha zamon ottenkasini ifodalovchi shakllarga ega bo‘ladi: keldi, kelgan, kelgan edi, kelyapti, kelmoqda va sh. k. Shuningdek, sodda gapning kesimi yana bir qator boshqa ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladiki, bunday formalar predikativlikni, ta’minlovchi muhim formalar sifatida mavjuddir – bu fe’lning modal formalaridir. Ular modal formalar zamon ma’nosini bevosita ifodalaydi, fe’l zamonlariga nisbatan betarafdir: kel, kelsa, kelmoqchi, kelaylik, kelgan bo‘lsa, kelgandir kelganmish va sh. k. Lekin bu ikki kategoriyani (zamon va modallik kategoriyalarini) bir–biridan ajratib qo‘yish mumkin emas, ikkalasining yaxlit birligi predikativlikni yuzaga keltiradi. Shuiday qilib, gapning grammatik mazmuni predikativlikdir. Oʻz–o‘zidan ayonki, bu xususiyatlarning birortasi ham so‘z birikmalari uchun xos emasdir8.
4. So‘z birikmalarini hosil qilish qonuniyatlari gapning barcha grammatik sxemalarini qamrab ololmaydi, so‘z birikmasining imkoniyatlari nisbatan cheklangan. Gap tuzilishida esa tilning barcha vositalari ishtirok etadi (masalan, kirish, kiritma, turli tipdagi iboralar, ajratilgan bo‘laklarning turli tiplari, undalma, yuklamalar, modal so‘zlar, bog‘lovchilar va boshqalar), so‘z birikmasi esa bularning birortasidan ham foydalanmaydi.
5. So‘z birikmasini tashkil qilgan komponentlar orasidagi boglaipsh yetakchi (bosh) so‘zning formasi bilan tobe so‘zning u yokn bu shaklining o‘zaro birikuvidir. Bog‘lanish yetakchi so‘zning paradngmasi asosida shakllanadi (masalan: qaratqich–qaralmish birikmasida). Ikki turdagi bog‘lanishda ham ishtirok qilgan so‘zlarping o‘zaro formalari sistemasi (paradigmasi)ning boshqa–boshqa bo‘lishini yuqorida aytdik. Predikativ bog‘lanishda so‘z birikmasi formasidan tashqarida bo‘lgan sintaktik zamon va mo dallik kategoriyalari bilan belgilanadi, binobarin, predikativ bog‘lanish paradigmasining istagan formasi gap formulasining –bir qismi, uning shakliy ifodasidir.
6. Ikki xil sintaktik xarakterga ega bo‘lgan bu birikmalarning yana bir muhim ayirmasi bor: bu farq qo‘shilmalar ifoda etgan grammatik ma’no bilan bog‘liqdir. Tobelik asosida yuzaga kelgan birikuv aniqlovchilikning turli tiplarini yasaydi (keng ma’noda), tobelanish yo‘li bilan yuzaga kelgan birikuvlarda xabar, darak intonatsiyasi ham, zamon va modallik bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nolar sistemasi ham yo‘q: oppoq paxta, yashil dala, ko‘mko‘k o‘tloq, Eshmatning ukasi; tez yurmoq, kitob o‘qimoq kabi birikmalarda aniqlovchilik (keng ma’noda) so‘z va uning doirasidagi kategoriyalarga suyanadi. Koordinatsiya natijasida yuzaga keladigan aniqlovchilik boshqacha xarakterga ega bo‘ladi: tobe forma ifodalagan belgi (keng ma’noda) koordinatsiyaning mavjudligi fakti bilanoq zamonga va ob’ektiv modallikka aloqador bo‘ladi. Shunday qilib, koordinatsiya natijasida ifoda etilgan grammatik ma’no so‘z ma’nosiga aloqasi bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytganda, koordinatsiya zamon va ob’ektiv modallik kategoriyalari bilan mahkam bog‘liqdir. Tobelanish yo‘li bilan bog‘lanish esa–moslashuv, bitishuv hamda so‘z formalari (boshqaruv) bunday kategoriyalar bildi bog‘lanmaydi.
7. Gap bilan so‘z birikmasi o‘rtasiga barobar alomatini qo‘yish mumkin emas, dedik. Predikativlik gapning asosini, negizini tashkil qiladi: predikativlik belgilariga ega bo‘lmagan turli tipdagi birikmalar to gapga xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lmaguncha (to‘la yoki qisman bo‘lsa ham), nutq kontekstida mustaqil sintaktik birlik xususiyatini kasb etmaguncha, so‘z birikmasi doirasida qolaveradi.
8. Nihoyat, so‘z birikmasi, ayrim so‘z singari, gapning kengaytan bo‘lagi (sintaktik guruhi) bo‘lib kela oladi, lekin u gapga xos bo‘lgan belgilarga yoki shu belgilarning birortasiga ega bo‘lgach, nutq kontekstida mustaqil gapga aylanmog‘i mumkin. Ayniqsa bu qoida otli birikmalarda (keng ma’noda) dialogik nutqda, sarlavhalarda, atov gap tipidagi konstruksiyalarda ko‘proq uchraydi. Masalan, hamma terimga birikmasi nutq situatsiyasiga, vaziyatiga, qanday intonatsiya bilan aytilishiga qarab, mustaqil gap sifatida to‘liq fikrni, hukmni anglatishi mumkin, boshqa holatlarda esa gapning kengaygan bo‘lagi vazifasini o‘taydi.


Download 52,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish