Kurs ishi Ilmiy rahbar : A. Qo’chqorov Imzo: Topshirdi: M. Minavvarova Imzo: mundarija



Download 0,5 Mb.
bet1/11
Sana12.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#337936
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5334604021653048804


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi

Farg’ona Davlat Universiteti fizika-matematika

fakulteti fizika yo’nalishi

II bosqich 19.10-guruh talabasi

Minavvarova Maftunaning

Radioelektronika asoslari fanidan

“Maxsus yarimo’tkazgichli asboblar”

mavzusidan tayyorlagan


Kurs ishi

Ilmiy rahbar : A.Qo’chqorov Imzo: Topshirdi: M.Minavvarova Imzo:



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..…………3

I BOB.YARMO’TKAZGICHLARDA O’TKAZUVCHANLIK …………………6

1.1.Yarimo’tkazgichlarda o’tkazuvchanlik…………………...……………...…….6

1.2 Yarim o’tkazgichlarning turlari: n-tip; p-tip; n-p- o’tish………………………15


II BOB.MAXSUS YARMO’TKAZGICHLI ASBOBLAR …………………....…25

2.1.Maxsus yari o’tkazgichli asboblar.Tiriston va stablitronlar………………..….25

2.2.Yarmo’tkazgichli diod. Diodning ish rejimi…………………………………..31

2.3.Filtrlar. Tranzistor.Tranzistor turlari..................................................................35


XULOSA…………………………………………………………….………........51

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….............................................52



KIRISH

Hozirgi zamon elektroenergetikasi mamlakatning yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Inson o‘z faoliyatining barcha sohalarida elektr energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi:

a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda;

b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin;

d) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;

e) turli quvvatga ega yuklamalami bitta manbaga ulash mumkin;

f) turli fizik tabiatli parametrlami tok va kuchlanishga oson o‘zgartirish mumkin;

g) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegraf, radioaloqa).

Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektrtexnikalarni yangi sifat darajaga ko’tarishga imkon berdi. Elektrotexnika fanining zamirida elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan hisoblash texnikasi tez sur’atlar bilan rivojlandi.

Radioelektronika — fan va texnikaning radiochastotali elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlardan foydalangan holda axborotlarni uzatish va oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan sohalari umumiy nomi. Ulardan asosiylari — radiotexnika va elektronika. Radoitexnika telegraf, telefon, fototelegraf aloqa, radioeshittirish, televideniye, radiolokatsiya, radioastronomiya, elektron avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashhis usullarni keng miqyosda qoʻllash, kosmik qurilmalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

XX-asr boshlarida radiolampalarning takomillashishi, triod lampasining yaratilishi elektr tebranishlarni hosil qiluvchi va kuchaytiruvchi radioelektron qurilmalar yaratish imkonini berdi. Keyinchalik elektr tebranishlarning chastota sohasi oshiriladigan koʻp elektrodli — tetrod, pentod, geksod va geptod radiolampalari yaratildi. Vakuum texnikasinsnt taraqqiyoti natijasida fotoelement yasaldi, uning yordamida esa ovozli kino paydo boʻldi. 50-yillarga kelib, yarimoʻtkazgichlar elektronikasi tez tarakqqiy etishi bilan yarimo’tkazgichli asboblar — diod va triod (tranzistor)lar asosida ishlaydigan ixcham hamda qulay radioelektron qurilmalar yaratildi.Texnika taraqqiyoti va kosmik fazoni zabt etish vazifalariga oid ehtiyojlarni qondirish uchun yangi mikrosxemalar (q Mikroelektronika) yaratildi. Bundagi aktiv elementlar — yarimo’tkazgichli diod va tranzistorlar oʻta mitti shaklda yasalib, passiv elementlar — rezistor (qarshilik) va kondensatorlar vakuumda yupqa metall pardalar hosil qilish usuli bilan tayyorlanadi va ular juda kichik satxda montaj qilinadi. Mikroelektronikada mikrosxema elementlarining zichligi juda katta (1sm³ ga 300 — 400 detal toʻgʻri keladi).

Fanning turli sohalari asosida R.ning yangi tarmoqlari — kvant elektronika, optoelektronika, tranzistorlar elektronikasi, mikroelektronika, kriogen elektronikasi, dielektriklar elektronikasi, moletronika, bionika, elionika va ionika vujudga keldi.

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi kunda maxsus yarmo’tkazgichli asboblarni turmush hayotimizdagi ahamiyati, o’rni va uning turlarini o’rganish hamda ulardan keng foydalanish .

Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Radioelektronika fanining ,,Mahsus yarmo’tkazgichli asboblar,, mavzusini imkon qadar yoritib berish.Ushbu mavzularni o’rganishda zamonaviy kompyuter texnologiyalar va internet axborot vositalardan foydalanish asosida mavzuni o’rganish usullari haqida bilimlar samaradorligini oshirish;

-Zamonaviy ta’lim tizimida fizika va radioelektronikani o’qitish muammolarini tadqiq qilish; ilmiy adabiyotlarni analiz qilish asosida turli ta’lim bosqichlarida yarmo’tkazgichli asboblar haqidagi ko’nikmalarni yanada oshirish

Ishning hajmi va tuzilishi: 2 bob, 5 bo’lim, 26 ta rasm, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.





Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish