O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTET
TARIX YO'NALISHI 3-KURS 73-20 GURUH
Kurs ishi
Fan: O’zbekiston tarixi
Mavzu: IX – XII asrlarda movorounnaxr va xurosonda madaniy hayot.
Bajardi: Egamov Ibrohim
Reja:
IX asrda Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat.
Moddiy va Ma’naviy madaniyatning yuksalishini ta’minlash shart-sharoitlari.
Madaniyatning iijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni.
IX-XII asrlarda fan va madaniyatning yuksak cho’qqiga ko’tarilishi.
Buyuk Ipak yo’lining fan va madaniyat ravnaqidagi tutgan o’rni.
Kirish
Oʻzbekiston dunyodagi boy tarixga ega davlatlardan biridir. Insoniyat tarixining ajralmas qismi bo'lgan xalqimiz va uning davlatchilik tarixi kishilik jamiyatining uzoq davrlariga borib taqaladi. Unda xalqimiz tarixining ibtidoiy davridan hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkab tarixiy yoʻli, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti o`z aksini topgan.
O'zbekiston tarixi fani xalqimizning tarixiy taraqqiyoti, ajdodlarimiz qoldirgan boy moddiy va ma'naviy merosini, o'lkamizda davlatchilikning tashkil topishi va ularning rivojlanishi, ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini va unda mardlik, jasorat ko`rsatgan xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyatlarini keng miqyosda oʻrgatadi. Shu bilan birgalikda xalqimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda milliy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyati ham o'z aksini topgan.
Yurtimizdan dunyo civilizasiyasi tarixiy taraqqiyotida muhim iz qoldirgan olimu-fuzalolar, davlat arboblari, sarkardalar yetishib chiqqanlar. Biz ular bilan xaqli ravishda faxrlanamiz. Ayniqsa respublikamizning turli hududlaridan qadimgi va o'rta asrlarga oid ko`plab manzilgohlar, shahar qoldiqlari, turar-joylar, aholi tomonidan yasalgan qadimgi ashyolar, uy- ro`g`or buyumlari topilayotganligi xalqimiz va uning davlatchilik tarixi boy ekanligini tasdiqlaydi.
Jumladan, bunday qadimgi manzilgohlar va shahar xarobalari O'zbekiston hududidagi qadimgi Sopollitepa, Jarqo'ton, Quva, yerqoʻrgʻon, Afrosiyob, Choch, Axsikent manzilgohlari va shahristonlaridan topilgan boʻlib, mazkur arxeologik topilmalarga koʻra, ushbu manzilgohlarda yashagan aholi turmush tarzi va madaniyati yuksak darajada boʻlganligini ko'rsatadi. Darhaqiqat, oʻsha kezlarda shaharlarning ma'lum qismlari o'ziga xos hunarmandchilik markazlari boʻlgan. Masalan, Quva shaharining sharqiy tomonida shisha ishlab chiqaruvchi, g'arbiy tomonida ko'zacha ishlab chiqaruvchi ustaxonalar bo`lgan. Dahalar alohida xoʻjaliklardan tashkil topgan. Har bir ho'jalikda bir necha oila a'zolari birgalikda yashaganlar. Bu yerlardagi uylar atrofidan kundalik ovqat tayyorlashda ishlatilgan o'choq qoldiqlari, turli ashyolar topilgan. Demak qadimgi Quva, yerqo'rg'on, Afrosiyob, Choch, Axsikent shahristonlari qadimgi kishilar uyushqoqlgining ilk manzilgohlari boʻlgan.
Xalqimizning boy tarixi, ma'naviy merosi va madaniyatiga bugungi kunda yangicha tafakkur va dunyoqarash asosida munosabat bildirilmoqda. Ular xususida kitoblar, monografiya va o`quv qo'llanmalari chop etish, yoshlar, umuman keng xalq ommasiga yetkazish yoʻlida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub iqtisodiy- siyosiy islohotlar bilan bir qatorda, fan va ta'lim sohalarida ham asrlarga tatigulik chuqur, keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ulkan yangilanishlar va islohotlar davrida kalijumi źning boy tarixg
Do'stlaringiz bilan baham: |