Kurs ishi doc



Download 407,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana01.08.2021
Hajmi407,99 Kb.
#134562
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shaxsiy kompyuterlarning axborotni kiritish va chiqarish qurilmalari

ELEKTRON  YOZUV  DAFTARCHALARI  (organizer  —  organayzerlar) 

ixcham  komp’yuterlarning  «eng  engil  sinfi»ga  kiradi  (bu  sinfga  ulardan  tashqari 

kal’kulyatorlar,  elektron  tarjimonlar  va  boshqalar  kiradi);  ularning  og’irligi  200 



 

 

grammdan 



oshmaydi. 

Organayzerlar 

foydalanuvchi 

tomonidan 

dasturlashtirilmaydi,  biroq  sig’imli  xotiraga  ega.  Unga  zarur  axborotni  yozish  va 

uning  yordamida  maxsus  matnni  tahrir  qilish,  ish  xatlari,  bitim,  shartnomalar 

matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin. 

 

 



KOMP’YUTERNING ATROF QURILMALARI  

 

Komp’yuterlar  asosiy  qurilmalardan  tashqari  bir  qator  atrof  qurilmalariga 



ham ega. Ularning ba`zilari bilan tanishib chiqamiz.  

PRINTERLAR.  Printer  —  ma`lumotlarni  qog’ozga  chiqaruvchi  qurilma.  Barcha 

printerlar  matnli  ma`lumotni,  ko`pchiligi  esa  rasm  va  grafiklarni  ham  qog’ozga 

chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi  maxsus printerlar ham bor. Printerlarning 

quyidagi turlari mavjud: MATRITSALI, PURKOVCHI VA LAZERLI. 

 MATRITSALI 

PRINTERLAR 

yaqin 


vaqtlargacha 

keng 


tarqalgan 

printerlardan  biri  edi.  Bu  printerning  yozish  kallagida  vertikal  tartibda  ignalar 

joylashgan.  Kallak  yozuv  satri  bo`ylab  harakatlanadi  va  ignalar  kerakli  daqiqada 

bo`yalgan lenta orqali kog’ozga uriladi. Natijada kog’ozda belgi yoki tasvir paydo 

bo`ladi. Ignalar soniga qarab bu printerlar bir necha turlarga bo`linadi: 9 ignali, 24 

ignali, 48 ignali. 

  9  ignali  printerda  yozuv  sifati  pastroq.  Sifatni  oshirish  uchun  yozishni  2  yoki  4 



yurishda bajarish kerak. 

  24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 



 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi. 

Matritsali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha. 

PURKOVCHI  PRINTERDA  tasvir  qog’ozga  maxsus  qurilma  orqali 

purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi. 

Purkovchi  rangli  printer  sifati  lazerli  printerga  yaqin,    narhi  arzon  va  shovqinsiz 

ishlaydi. SHuning uchun hozirgi kunda ko`pchilik undan foydalanyapti. Tezligi bir 

bet uchun 15 dan 100 sekundgacha. 

LAZERLI  PRINTERLAR  matnlarni  bosmaxona  sifati  darajasiga  yaqin 

darajada  chop  etishni  ta`minlaydi.  U  ishlash  nuqtai  nazaridan  nusxa  ko`chiruvchi 

kseroksga  yaqin.  Bunda  faqat  bosuvchi  baraban  komp’yuter  buyrug’i  yordamida 

elektrlanadi.  Bo`yoq  donachalari  zarblanib  barabanga  yopishadi  va  tasvir  hosil 

bo`ladi.  Tezligi  bir  bet  matn  uchun  3  dan  15  sekundgacha.  Rasm  uchun  ko`proq, 

katta rasmlar  uchun 3  minutgacha  vaqt  talab qiladi.  Hozirgi kunda  minutiga 15—

40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor. 

LAZERLI  KOMPAKT  DISKLAR.Lazerli  kompakt  disklar  uchun  disk 

yurituvchi  (CD-ROM)ning  ish  printsipi  egiluvchan  disklar  uchun  disk 

yurituvchilarning  ish  printsipiga  o`xshashdir.  CD-ROMning  yuzasi  lazer  kallakka 

nisbatan  o`zgarmas  chiziqli  tezlik  bilan  harakatlanadi,  burchak  tezlik  esa 

kallakning radial joylashishiga qarab o`zgaradi.  

Lazer  nuri  disk  yo`lakchasi  tomon  yunaladi  va    g’altak  yordamida  fokuslanadi. 

Himoya  qatlamidan  o`tgan  nur  disk  yuzasining  nurini  qaytaruvchi  alyumin 

qatlamiga  tushadi.  Yo`lakchaning  baland  qismiga  tushgan  nur  detektorga  qaytadi 




 

 

va  nurni  sezuvchi  diod  tomon    yo`naltiruvchi  prizma  orqali  o`tadi.  Agar  nur 



yo`lakcha  chuqurchasiga  tushsa,  u  tarqaladi  va  tarqalgan  nurning  juda  kam  qismi 

orqaga qaytib, nurni sezuvchi diodgacha etkazib keltiradi. Diodda nurli impul’slar 

elektr impul’slariga aylanadi: yorug’ nurlanishlar nolga aylanadi, xira nurlanishlar 

esa  —  birga.  SHunday  qilib,    chuqurliklar  mantiqiy  nol’  sifatida,  tekis  yuza  esa 

mantiqiy bir sifatida qabul qilinadi. 

SD-ROMning  unumdorligi  odatda  uning  biror  vaqt  davomida  ma`lumotlarni 

uzluksiz  o`zlashtirishidagi  tezlik  harakteristikalari  va  ma`lumotlarga  etishning 

o`rtacha  tezligi  bilan  aniqlanadi.  Ular  mos  ravishda  Kbayt/s  va  ms  birliklarda 

o`lchanadi.. 

Disk  yurituvchilarning  unumdorligini  oshirish  uchun  ularni  bufer  xotira  (KESH 

xotira) bilan jixozlaydilar. KESH xotiralarning standart xajmlari 64, 128, 256, 512 

va 1024 Kbayt. 

Disk  yurituvchining  buferi  ma`lumotlarni  CD-ROM  dan  o`qigandan  so`ng, 

kontroller  platasi,  so`ngra  markaziy  protsessorga  jo`natishgacha  bo`lgan  vaqt 

davomida,  qisqa  muddatga  saqlash  uchun  maxsus  xotira  hisoblanadi.  Bunday 

buferlashtirish  disk  qurilmasiga  ma`lumotlarni  protsessorga  kichik  miqdorlarda 

uzatish imkonini beradi. 

AUDIOADAPTER.  Har  qanday  mul’timediaviy  shaxsiy  komp’yuter 

tarkibida  audioadapter  platasi  mavjud.  Creative  Labs  firmasi  o`zining  birinchi 

audioadapterini 

Sound 

Blaster 


deb 

atalgani 

uchun 

ularni 


ko`pincha 

«saundblasterlar»  deyishadi.  Audioadapter  komp’yuterga  fakat  sterefonik 

ovoznigina emas, balki tashqi qurilmalarga tovush signallarni yozish imkonini ham 

beradi. 


SHaxsiy  komp’yuterlarning  diskli  jamlagichlariga  oddiy  (analogli)  tovush 

signallarini  yozish  mumkin  emas.  Ular  faqat  raqamli  signallarnigina  yozishga 

mo`ljallangandir.  

Audioadapter tovush signali darajasini davriy ravishda aniqlab, uni raqamli kodga 

aylantirib beruvchi analog-raqamli o`zgartirgichga ega. Mana shu ma`lumot tashqi 

qurilmaga  raqamli  signal  ko`rinishida  yozib  qo`yiladi.  Ushbu  jarayonga  teskari 

jarayonni  amalga  oshirish  uchun  raqam-analogli  o`zgartirgich  qo`llaniladi.  U 

raqamli  signallarni  analogli  signallarga  aylantirib  beradi.  Fil’tratsiya  qilingandan 

so`ng ularni kuchaytirish va akustik qolonkalarga uzatish mumkin. 

MODEM 


VA 

FAKS-MODEMLAR.Modem-telefon 

tarmog’i 

orqali 


komp’yuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi qurilmadir. 

FAKS-MODEM  —  bu,  faksimil  xabarlarni  qabul  qilish  va  jo`natish 

imkonini beruvchi modemdir. 

O`zining  tashqi  ko`rinishi  va  o`rnatilish  joyiga  qarab  modemlar  ichki  va  tashqi 

modemlarga  bo`linadi.  Ichki  modemlar  bevosita  sistemali  blok  ichiga 

o`rnatiladigan  elektron  platadan  iborat.  Tashqi  modemlar  —  bu  komp’yuter 

tashqarisida bo`lgan va portlardan biriga ulanadigan avtonom elektron qurilmadir. 

So`nggi  yillarda  modemlar  va  faks-modemlarga  bo`lgan  talab  oshib  ketdi. 

Modemlar  bir  komp’yuterdan  ikkinchisiga    xujjatlar  paketini  etarlicha  tez 

o`tkazish,  elektron  pochta  orqali  bog’lanishga  imkon  beradi.  SHuningdek,  xorijiy 




 

 

hamkorlar  bilan  aloqa  qilish  uchun  global  komp’yuter  tarmog’i  (Internet  va 



boshqalar) ga kirishni ta`minlaydi.  

SKANERLAR.Skaner  —  komp’yuterga  matn,  rasm,  slayd,  fotosur`at 

ko`rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda 

kiritishga  mo`ljallangan  qurilmadir.  Skanerlarning  turli  modellari  mavjud.  eng 

ko`p tarqalgani — stol usti, planshetli va rangli skanerlardir.  

PLOTTERLAR  —  bu,  komp’yuterdan  chiqarilayotgan  ma`lumotlarni 

kog’ozda  rasm  yoki  grafik  ko`rinishda  tasvirlash  imkonini  beruvchi  qurilmadir. 

Odatda uni grafik yasovchi (grafopostroitel’) deb ham atashadi. 

YUqoridagi  qurilmalardan  tashqari  komp’yuterga  maxalliy  tarmoqqa  ulanish 

imkonini  beruvchi  tarmoq  adapteri,  didjitayzer,  ya`ni  elektron  planshet,  djoystik, 

vidioglaz, raqamli fotoapparat va vidiokamera kabi qurilmalar ulanishi mumkin. 

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi: 

Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr  

 



Mexanik mashinalar davri  

 



Elektromexanik mashinalar davri  

 



Elektron hisoblash mashinalar davri 

          Mexanik  mashinalargacha  bo`lgan  davr.  Inson  hisoblay  boshlashidagi 

dastlabki  hisoblash  vositasi  bo'lib  odamlarning  barmoqlari  xizmat  qilgan.  Odam 

tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash 

ishlarini  bajargan.  Maskur  vosita  yordamida  biror  hisoblash  nari  tursin,  balki  ikki 

yoki  undan  ortiq  raqamli  sonlarni  qo'shish  ham  juda  qiyin  yoki  umuman  mumkin 

emas. Shuning uchun asta-sekin sun`iy hisoblash vositalari vujudga kela boshladi. 

Shubhasiz  birinchi  hisoblash  vositalari  toshlar  va  tayoqchalardir.  So'ngra  birka, 

abak, Neper tayoqchalari, rus cho'tlari vujudga keldi. 

Mexanik  mashinalar  davri.  Nemis  olimi  Vilgelm  Shikkard  (1592-1636) 

tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar 

davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 

yili Madriddagi  milliy kutubxonada  Leonardo da Vinchining  nashr etilmagan  ikki 

jildli  qo'lyozmasi  topilgan.  Qo'lyozmadagi  chizmalar  ichida  o'n  uchta  raqamli 

sonlarni  qo'sha  oladigan  hisoblash  qurilmasining  chizmasi  mavjud  bo'lib,  ular 

asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma 

ekanligi  ma`lum  bo'ldi.  Shunga  ko'ra,  uyg'onish  davrining  buyuk  rassomi, 

matematigi  italiyalik  olim  Leonardo  da  Vinchi  (1452-1519  yillar)  birinchi 

hisoblash  qurilmasining  ixtirochisi  deb  hisoblanadi.  Vilgelm  Shikkard  yasagan 

mexanik  hisoblash  mashinasi  ham,  Leonardo da Vinchining  loyihasi  ham  hayotda 

qo'llanilmadi. 

"Frantsuzlarning Arximedi" degan nomni olgan olim Blez Paskal 1642 yilda 

keyinchalik  keng  ko'lamda  go'llanilgan  va  keyingi  hisoblash  mashinalari  uchun 

asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. 

Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:  

 



Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?  


 

 



 

Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinada qay 

usulda kiritish kerak?  

 



Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?  

 



Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?  

 



Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash 

kerak?  


  1662-1645  yillarda  Pascal  mexanik  tarzda  hisoblovchi  qurilmasining  50 

dan  ziyod  shakillarini  yaratdi.  Ularning  eng  mukammali  1645  yilda  yaratildi  va 

"arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi. 

          1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni 

yaratdi.  U  qariyib  90  yil  (ba`zi  kichik  o'zgarishlar  bilan  qayta  ishlangan  holda) 

qo'llanildi.  

          Elektromexanik  mashinalar  davri.  Mexanik  hisoblash  mashinalarida  mos 

qurilmalar  qo'l  kuchi  bilan  harakatga  keltirilar  edi.  Mana  shu  vazifani  elektr 

energiyasi  yordamida  amalga  oshiruvchi  hisoblash  mashinalarining  yaratilishi 

elektromexanik  hisoblash  mashinalar  davrini  boshlab  berdi.  Bunday  mashina 

loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875 

yilda  yaratildi1925  yilda  V.Bush  elektr  releda  yig'ilgan  hisoblash  mashinasini 

yasadi va hayotga tatbiq etdi. 

          

Elektron  hisoblash  mashinalari  davri.  1943-1945  yillarda  birinchi  bo'lib 

AQSHdagi  Pensilvaniya  universitetida  Mouchli  va  Ekkert  70  tonnaga  yaqin 

og'irlikdagi,  150  kvadrat  metrli  xonani  egallaydigan  va  18  mingta  elektron 

lampaga  ega  bo'lgan  ulkan  elektron  hisoblash  mashinasi  -  "ENIAC"  yaratildi.  U 

elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi. 

 

 



 

 

1947  yilda  Bell  laboratoriyasinig  hodimlari  Uilyam  Shokli,  Jon  Bardin  va 



Uolter  Berteyn  tomonidan  birinchi  tranzistor  yaratildi.  Mazkur  kashfiyot  uchun 

ular  1956  yilda  Nobel  mukofotiga  sazovor  bo'ldilar.  Qisqa  davr  ichida,  tranzistor 

va  integral  sxemaning  kashfiyoti  tufayli,  bugungi  kungacha  elektron  hisoblash 

mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi: 

 

EHM 


AVLODLARI 

SHU AVLOD 

EHM IGA 

ASOSIY 


(BAZAVIY) 

ARIFMETIK 

AMAL 

XOTIRA 


SIG'IMI 


 

 

MISOL 



ELEMENTI 

BAJARISH 

TEZLIGI 

1-AVLOD 


1940-1950 y 

BESM 


MINSK-1 

ELEKTRON 

LAMPA 

1 sekundda 10



4

 

gacha 



1024 So'z 

2-AVLOD 


1950-1965 y 

BESM-6 


MINSK-2 

TRANZISTOR 

DIOD 

1 sekundda 10



5

 

gacha 



32000 So'z 

3-AVLOD 


1965-1975 y 

Minsk-32 

Razdan 

IBM-360 


INTEGRAL 

SXEMA 


1 sekundda 2*10

6

 



gacha 

2048 So'z 

4-AVLOD  

1975 yildan 

boshlab 

PRAVETS 


ES-1010 dan 

ES-


1060gacha 

IBM 


KATTA integral 

sxema 


1 sekundda 

10

8



 va undan 

yuqori 


1024 Mbayt 

va undan 

yuqori 

 

2. Texnika xavfsizligi  haqida 



 

Kompyuter  o'rnatiladigan  xonaga    kompyuterlar    soniga    qarab  turib, 

quyidagi  talablar  qo'yiladi:  ta’limni    axborotlashtirish    bu  tinglovchilarni 

kompyuterda  nazariy  va amaliy   mashg'ulotlar  o'tkazish bilan bajariladi. Shuning 

uchun  kompyuter  xonasida  5  tadan    20  tagacha  kompyuter  o'rnatilishi  mumkin. 

Bizning  sharoitimizda  uning soni 5 taga teng. Shuning uchun kompyuter xonasini 

o'lchamlari quyidagicha bo'lishi kerak: 6x10x2,8 metr. 

 

Stol va stullarga talablar 



 

Kompyuter xonasida stol va stullarga  talablar  mavjud bo'lib, stol balandligi 

yerdan 68-77 sm bo'lib, stullar  esa  aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida 

suyanchig'i  bo'lishi  kerak.  Chunki  stol-stullar  o'z  gabariti  bilan  to'g'ri  kelmasa, 

foydalanuvchi    tezda  charchab  qoladi.  Stol  va  stullar    shunday    joylashtirilishi  

kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit  bermasligi  kerak.  Bundan tashqari, 

o'qituvchi  bemalol  har  bitta  tinglovchini  oldiga  borib,  uni  qilgan  xatolarini 

Kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak. 

 

Insonni antropometrik o'lchovlarini hisobga olish 



 

Insonni antropometrik o'lchovlari quyidagicha: o'rtacha  balandligi 1 metr 72 

sm, elka kengligi 39 sm, qo'llar yoyilmasi 160 sm. 

Agarda  bu  antropometrik  o'lchovlar  hisobga  olinmasa,  tinglovchilar  ish 

paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. 

 

Monitordan insonning ko'zigacha bo'lgan optimal masofa 



 


 

 

Monitor  ko'zdan  ozgina  pastroqda  va  50  smdan    kam    bo'lmagan  masofada 



joylashishi  kerak.  Monitor  va    ko'z    orasidagi    masofa  60-70  sm  bo'lishi  tavsiya 

qilinadi,  bu  masofa  kichik  bo'lsa,    insonni  ko'zi  tezroq  charchaydi.  Monitorni 

dizayni va rangi o'ziga  e'tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning 

sirt  tomonida har xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak.  Monitorning 

ekrani zangori va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki  bu  ranglar inson ko'ziga 

eng yaxshi ranglardan hisoblanadi. 

 

Kompyuterda ishlash  vaqtida  insonning charchash sabablari 



Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson  quyidagi  faktorlardan charchaydi: 

     - ekranni yorug'ligi; 

     - kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi; 

     - Kompyuterda  ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; 

     - Kompyuterda nurlanishning insonga ta'siri; 

     - Kompyuter buzuqligi. 

 

Kompyuter xonasiga talablar 



 

Xonaning  shifti  oq-ko'k  fon  balan    oqlanishi,    devorlari  esa  yashil  rangga 

oqlanishi kerak. Bu ranglar  va  oftob  nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib 

beradi. 


 

Elektr xavfsizligi 

 

Kompyuter  xonasida  hamma  jihozlar  elektrotokda  ishlaydi,  shuning  uchun 



elektr shikastlanishiga uchrash mumkin. 


Download 407,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish