III BOB RAHBAR SHAXSINING NUTQ MADANIYATI.
3.1 Nutq madaniyati ma’naviy-axloqiy omil sifatida.
Bugungi tezkor zamonda o’z ona tilisida ravon, chiroyli gapirish, madaniy nutq va notiqlik san’ati sirlaridan voqif bo’lish O’zbekiston yoshlari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining “O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” degan so’zlarini hamisha yodda tutishimiz shart va zarurdir.
Muloqot inson hayotida eng muhim va eng murakkab jarayonlardan hisoblanadi. Chunki har bir inson muloqot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi va shaxs sifatida o’zini namoyon qiladi. Shundan kelib chiqiladigan bo’lsa, har bir konkret jarayon muloqotga kirishayotgan shaxs oldiga muayyan bir vazifani qo’yadiki, ushbu vazifa va talablar turli xil sharoitlarda muloqotning turlicha tashkil qilinishiga sabab bo’ladi. Masalan, oilada ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi muloqot er-xotin o’rtasidagi muloqotdan farq qiladi. Ishxonada rahbar bilan xodimlar o’rtasidagi muloqot rahbarlarning o’zaro muloqotidan farq qilishi tabiiy. Xodimlar bilan bo’ladigan muloqotimiz samarali bo’lishi avvalombor notiqlik san’atidan xabardor bo’lishimizni talab etadi. Har qanday rahbar shaxsi borki u avvalom bor notiq, ya’ni orator bo’lmog‘i lozim.
“Nutq madaniyati va notiqlik san’ati” o’zbek adabiy tili va umummilliy til imkoniyatlarini o’rganuvchi va ularni ma’lum sharoit va ko’zlangan maqsadga muvofiq hayotga tadbiqi bilan shug‘ullanuvchi kursdir. Nutq madaniyatining ma’naviy-axloqiy omil sifatida inson komolotida tutgan o’rni beqiyosdir. Notiqlik va voizlik san’ati nutq madaniyati bilan vobasta. Milliy nutq madaniyati ravnaqi-umummilliy taraqqiyotimizning uzviy qismidir.
Davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar oldiga ma’lum talablarni qo’yadi. Bu talablarga rioya etmaslik muvaffaqiyatsizlikka, belgilangan maqsad yo’lidagi amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sababchi bo’ladi.
O’z mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan O’zbekiston miqyosida oladigan bo’lsak, hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchun, u biron bir korxona, tashkilot, jamoa rahbari bo’ladimi, yoki siyosiy rahbar bo’ladimi, odamlar bilan muloqot madaniyatini o’zlashtirishi, jonli so’z vositasida kishilarga O’zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatni to’g‘ri tushuntira olishi, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol ishtirok etish, fuqarolik burchlarini chuqur anglab etishlariga yordam berishi muhim ahamiyatga ega.Bugungi rahbar O’zbekiston taraqqiyotni yangi bosqichini boshidan kechirayotgan bir pallada og‘zaki targ‘ibot boshqaruv tizimi faoliyatini muhim qismini tashkil etish bilan birga, hokimiyat bilan xalq o’rtasida doimiy muloqotning eng faol shakli, xalqning milliy mafkura bayrog‘i ostida birlashtirish, jamiyatni boshqarishdagi eng maqbul quroli bo’lmog‘i lozim va bundan keyin ham shunday bo’ladi.
Notiqlik va zamonaviy voizlik odamlar bilan jonli muloqotga asoslangan bo’lib, rahbarga nafaqat o’z vakolati va doirasidagi ishlarni samarali tashkil etishda, balki aniq, yorqin va odamlarga tanish, yaqin va tushunarli fakt va misollar yordamida mustaqil O’zbekistonda kechayotgan islohatlarning yutuqlarini ko’rsatish, hukumat olib borayotgan siyosatni, Prezident Farmonlari va hukumat qarorlarini to’g‘ri tushuntirish, xalqning bunyodkorlik hislarini yanada rivojlantirish, xalq kayfiyatini o’rganadigan holda uning ongi va qalbiga ta’sir o’tkazish imkoniyatini beradi. Bunda hayotdagi ayrim kamchiliklar, qiyinchiliklar xususida ochiq-oydin gaplashish, ularni bartaraf etish yo’llarini muhokama etish, har bir shaxs bilan muloqotga kirishish alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda rahbar oldida turgan yangi vazifa ma’lum darajada anchayin murakkab hamdir. Zero, bu vazifani ado etish boshqaruvda ancha keng bilim va tafakkurni talab etadi. Bugun kishining ichki hoxish-irodasi, shaxsiy qarorigina bunday majburiyat hissini uyg‘ota oladi. SHuning uchun bugungi rahbar nutq va muloqot madaniyatini, notiqlik san’atini puxta egallashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rahbar shaxs faoliyati bilan bog‘liq muloqot madaniyati deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
So’zlash (jumladan, omma oldida) san’ati.
Tinglash qobiliyati.
Suhbatdosh (hamkor, o’zga kishilar qo’l ostida ishlaydiganlar)ni obektiv baholash va to’g‘ri tushunish ko’nikmalari.
Har qanday odam bilan munosabat o’rnata olish va o’zaro manfaatdorlik asosida unga samarali ta’sir o’tkaza olish.
Rahbar shaxsning muloqot o’rnatish mahorati, o’zgalarni inontirish qobiliyatining ahamiyati va zaruriyati mamlakatimiz va butun jahon miqiyosidagi murakkab mafkuraviy jarayonlar bilan ham belgilanadi. Taraqqiyotning asosiy sharti mamlakatdagi barqarorlikdir. Davlat va jamiyatdagi barqarorlikni saqlashning bosh omili esa turli guruh, tashkilot va davlatlar tomonidan uyushtirilayotgan mafkuraviy hurujlardan odamlarni asrash. Inson ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan sharoitda har bir rahbar zimmasiga u davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida ishlaydimi yoki biron-bir korxonani boshqaradimi, bundan qat’iy nazar fuqorolarimizni xalqimizning asl manfaatlarini ifodaylaydigan haqqoniy milliy g‘oyamiz bilan qurollantirish vazifasi ham yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |