Kurs: I guruh(lar): Fan



Download 1,04 Mb.
bet131/138
Sana05.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#741127
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138
Bog'liq
Kurs I guruh(lar) Fan

Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, uzunchoq miya, ko‘prik, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va oldingi miya katta yarim sharlardan iborat.Uzunchoq miya, ko‘prik va o‘rta miya birga miya dastasini hosil qiladi. Miya dastasidan 12 juft bosh miya nervlari, shu jumladan ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi sezuvchan nervlar va bir juft ko‘z muskullarini harakatlantiruvchi nervlar chiqadi. Qolgan 8 jufti esa aralash nervlar hisoblanadi. Bosh miya insondagi eng rivojlangan, takomillashgan, murakkab jarayonlarni o'zida uyg'unlashtira olgan markaziy nerv tizimining bir qismidir. U kalla suyagi bo'shlig'i ichida joylashgani holda, 3 qavat parda bilan o'ralishidan tashqari, kalla suyaklari ichki yuzasiga moslangan bo'ladi. Bosh miya tashqaridan qabariq (yarimsharlar), asosi esa kalla suyagi asosidagi botiq va chuqurchalar, teshik — kanallarga moslashgan bo'ladi. Bosh miya ham orqa miya singari (tashqarida) kulrang moddadan va (ichkaridan) oq moddadan tuzilgan. Tashqi kulrang qism po'stloq deb ataladi. O'nlab hujayralar qavatidan tuzilgan bu po'stloq miyaning eng mukammallashgani — oliy qismidir. Insondagi o'ziga xos sezgi, tafakkur, nutq, mehr-oqibat va chuqur xulosalash faqat po'stloqdagina oxiriga yetkaziladi. Organizmda biror soha, tizim yoki sezgi-taassurot yo'qki, u po'stloq bilan bog'lanmagan bo'lsa.Inson 14—18 milliard nerv hujayralari bilan tug'ilgan bo'lsa, bunda bosh miyaning faqat 4% gina faoliyat ko'rsatishini hisobga oladigan bo'lsak, bosh miya, ayniqsa, uning oliy markazi — po'stloq naqadar kam o'rganilganini his qilish mumkin.
2.Uzunchoq miya va miya ko‘prigida ovqat hazm qilish, nafas olish markazlari joylashgan: chaynash, yutinish kabi ovqat hazm qilish reflekslari hamda qusish, aksa urish, yo‘talish, yig‘lash kabi muhofaza reflekslari miyaning ana shu qismi bilan bog‘liq. Miyacha harakatni boshqaradi, u zararlanganida muskullar tonusi pasayib, harakat aniqligi yo‘qoladi, tana muvozanati buziladi, bosh, oyoq va qo‘llar qaltiraydi. O‘rta miyada skelet muskullari tonusi (tarangligi)ni boshqarish markazi bor, bu yerda tik turish va yurish reflekslari amalga oshadi. Oraliq miya ikki ko‘rish do‘mboqchasi (talamus) va do‘mboqcha osti (gipotalamus)dan iborat.Katta yoshdagi odamda katta yarim sharlar bosh miya massasini 80% tashkil etadi; miya po‘stlog‘ida 12 mlrd.dan 18 mlrd.gacha neyronlar bo‘ladi.Miya po‘stlog‘i ostida joylashgan miya oq moddasi miya po‘stlog‘ining turli qismlarini bosh miyaning boshqa bo‘limlari va orqa miya bilan bog‘laydigan nerv tolalaridan tashkil topgan.Bosh miya yarim sharlari ikkita (chap va o‘ng) qismdan iborat. Ularning kulrang moddadan iborat sirti po‘stloqni hosil qiladi. Miya po‘stlig‘ida nerv markazlari, uning ostidagi oq moddasi esa o‘tkazish yo‘llaridan iborat. Bu yo‘llar miyani bo‘limlarini yarim sharlar bilan bog‘lab turadi. Har qaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona miya, chakka va ensa bo‘laklariga bo‘linadi. Eng chuqur egatcha-markaziy egatcha bo‘lib, ular peshona bo‘lagini miya bo‘lagidan ajratib turad; yon egatchalar chekka bo‘lagini chegaralab turadi. Yarim sharlar peshona, tepa, ensa, chakka bo‘limlariga bo‘linadi. Ko‘rish zonasi miya po‘stlog‘ining ensa bo‘lagida joylashgan. Ko‘z to‘r pardasidan chiqadigan impulslar shu zonaga keladi, bu zona ko‘rish ta’sirotlarini tahlil qilib, ajratadi. Miyaning ensa bo‘lagi zararlanganida odam atrofidagi narsalarni bir-biridan ajrata olmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rib chamalash, mo‘ljal olish layoqatini yo‘qotib qo‘yadi. Miyaning chekka bo‘limida eshitish zonasi joylashgan. Shu soxa yemirilganida odam kar bo‘lib qoladi. Miya chekka bo‘limining old qismida hid va ta’m bilish, ensa bo‘limining keyingi qismida teri-muskul sezish, peshona bo‘limida harakatlanish va yozish zonalari joylashgan. Miya po‘stlog‘i turli a’zolar ishini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida bog‘lanishni ta’minlaydi. Har bir kishining o‘ziga xos psixik faoliyati, ya’ni hulqi, nutqi, zehni, fikrlash va hunar o‘rganish qobiliyati katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan bog‘liq.



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish