d) yangi mavzu bayon matni:
VEGETATIV NERV TIZIMINING TA'SIRI
A’zo
|
Simpatik bo‘limining ta’siri
|
Parasimpatik bo‘limining ta’siri
|
Yurak
|
Qisqarishlar ritmini tezlashtirib, kuchini oshiradi
|
Qisqarishlar ritmini sekinlashtirib, kuchini kamaytiradi.
Toraytiradi.
|
Yurak tomirlari
|
Kengaytiradi
|
|
Arteriyalar
|
Toraytiradi, qon bosimini oshiradi
|
Kengaytiradi, qon bosimini pasaytiradi
|
Hazm yo‘li
|
Peristaltikani susaytiradi.
|
Peristatilkani tezlashtiradi
|
Taloq
|
Qisqartirib, ichidan qon haydab chiqaradi
|
Ta’sir ko‘rsatmaydi
|
Jigar
|
O‘t yo‘llari va o‘t pufagini bo‘shashtirib, sfinkterni toraytiradi, bu o‘t to‘planishga yordam beradi.
|
O‘t yo‘llarini toraytirib, sfinkterni bo‘shashtiradi, bu o‘t yo‘llaridan o‘t chiqishiga olib keladi.
|
Buyraklar
|
Tomirlarini toraytirib, diurezni kamaytiradi.
|
Ta’sir ko‘rsatmaydi
|
Qovuq
|
Qovuqni bo‘shashtirib, sfinkterini qisqartiradi
|
Qovuqni qisqartirib sfinkterini bo‘shashtiradi
|
Ter bezlari
|
Sekretsiyasini kuchaytiradi
|
Ta’sir ko‘rsatmaydi
|
Ko‘z rangdor pardasining muskul tolalari
|
Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi.
|
Ko‘z qorachig‘ini toraytiradi
|
Sochini tikkaytiradigan muskullar
|
Qisqartiradi (sochlar tikkayadi)
|
Bo‘shashtiradi (sochlar teriga taqalib turadi)
|
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari. Bosh va orqa miyani ustidan o‘rab turgan pardalaming yallig‘lanishi meningit deb ataladi. Bunda bemoming boshi og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi, ko‘ngli aynib, qayt qiladi. Xastalik og‘ir kechganda bemor hushini yo‘qotishi va unda tirisliish belgilari yuzaga kelishi mumkin.
Bosh miya to‘qimasining yallig Ian ishi ensefalit, deb ataladi. Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o‘z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak, quloqning yiringli yallig Ian ishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelislii mumkin. Bu xastalikda bemoming tana harorati ko‘tariladi, umumiy ahvoli og‘irlashadi.
Orqa miya to‘qimasining yallig Ian ishi miyelit deb ataladi. Bu kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo‘zg‘atadi va poliomiyelit kasalligi deyiladi— orqa miya nerv hujayralarining yalliglanishi, poli — ko‘p degan ma’noni bildiradi, ya’ni poliomiyelit orqa miya bir nechta segmentlari nerv to‘qimasining yalliglanishidir.
Kasallikning belgilari orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolaming sezuvchanligi va harakatlanishi susayishi yoki butunlay yo‘qolishidan iborat. Masalan, qo‘l-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qo‘l va oyoqda oldin og‘riq sezilib, so‘ngra ular falajlanib qoladi. Muskullaming tarangligi yo‘qolib, qo‘l-oyoq lattadek osilib qoladi. Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq, asab kasalliklari shifokoriga murojaat qilish kerak.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma’lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasal- ligi ganglionit, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya’ni ganglionit shamollash, o‘pka- ning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya’ni gripp, ichburug‘, ich terlama kabilaming asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv tugunining joylashuviga ko‘ra, o‘sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasini ta’minlaydigan to‘qima va organlar sohasida og‘riq seziladi, mazkur organlaming ishi buziladi.
Sezuvchi nerv tolalarining yallig‘lanislTi nevralgiya deb ataladi. Bu shamollash, gripp hamda boshqa yuqumli kasalliklaming asorati tufayli sodir boladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og‘riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yalliglanganda yuz, ko‘z sohasida, tishlarda kuchli og‘riq seziladi.
Harakatlantiruvclii nerv tolasining yallig Ian ishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki, kasallangan nerv bilan ta’minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, og‘izning chekkasi tortilib qoladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.Nerv sistemasining qanday kasalliklari bor?
2.Markaziy nerv sistemasining kasalliklarini auting?
3.Ensefalit kasallilariga sabab va unung belgilari?
4.Polimiyelit kasalliklariga sabab va unung belgilari?
5.Periferik nerv sistemasi kasallilariga qaysilar kiradi?
6.Nevrit deb nimaga aytiladi?
7.Nevralgiya deb nimaga aytiladi?
V. O’quvchilar bilimini baholash: 5 ballik baholash tizimi asosida o’quvchilar bilimi baholanadi:
– o’quvchining formasi va kiyinish madaniyatiga 1 ball;
– uyga vazifani bajarganligi va mashg’ulot daftarining to’g’ri yuritilganligiga 1 ball;
– 3 ta savol yoki topshiriqning har biriga 1 balldan jami 3 ball.
VI. Uyga vazifa: Yangi mavzu bayonini o`qib kelish, yangi mavzu ma’ruzasi bo’yicha og’zaki savollarga tayyorgarlik ko’rib kelish
Fan o`qituvchi: Usmanova M.
Do'stlaringiz bilan baham: |