Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi
Sudralib yuruvchilarning 7,5 mingga yaqin turi mavjud bo`lib,tumshuqboshlilar, tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlarigaajratiladi.
Tumshuqboshlilar turkumi. Eng qadimgi sudralib yuruvchilar bo`lib,yagona turi — gatteriya faqat Yangi Zelandiya orollarida saqlanib qolgan.Gatteriyaning tuzilishida bir qancha tuban tuzilish belgilari mavjud.Xususan, umurtqalari ikki yon tomondan botiq bo`lib, uning oralig`idaxorda qoldig`i bo`ladi. Kuyikish organi bo`lmaydi. Qorin tomonida teriostida qorin qovurg`alari joylashgan. Qovurg`alar qorin suyak qalqonio`simtasidan hosil bo`lgan. Terisi uchun ko`plab ovlanishi natijasidagatteriyalar soni keskin kamayib ketgan edi. Hozir gatteriya qonunyo`li bilan muhofaza qilinmoqda.
Tangachalilar turkumi. Tangachalilar sudralib yuruvchilarning engxilma-xil turkumi bo`lib, 6000 ga yaqin turlarni o`z ichiga oladi. Ularkaltakesaklar, ilonlar va xameleonlar kenja turkumlariga bo`linadi.
Tangachalilar tanasi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan.Kaltakesaklar tanasi cho`ziq, dumi uzun bo`ladi. Ko`pchiliginingoyoqlari yaxshi rivojlangan. Oyoqsiz kaltakesaklar (sariq ilon, urchuqilon) oyoqlari reduksiyaga uchragan bo`lsa-da, oyoq kamari suyaklarirudimentlari saqlanib qolgan. Ko`zini harakatchan qovoqlar himoya qilib turadi, faqat gekkonlar, yalangko`z va ayrim boshqa kaltakesaklar qovoqlariyopishib, ko`zi ustida shaffof parda hosil qiladi. Ko`pchilik kaltakesaklarxavf tug`ilganida dumini uzib tashlash avtomamiya xususiyatiga ega. Keyinchalikuzib tashlangan dum o`rnida yangisi hosil bo`ladi.Ko`pchilik kaltakesaklar tuxum tug`ib ko`payadi, ammo ayrim turlari(urchuq ilon, tirik tug`ar kaltakesak) tuxumdan tirik tug`adi. Kaltakesaklarmayda hayvonlar, jumladan turli zararkunanda hasharotlar bilanoziqlanib, qishloq xo`jaligiga foyda keltiradi.
Kaltakesaklar odatda serquyosh issiq o`lkalarda keng tarqalgan.Indoneziyaning Komodo orolida uchraydigan echkiemarlarning uzunligi3 metrga, O`rta Osiyo cho`llarida tarqalgan echkiemarniki esa 1, 5 m gayetadi. O`zbekistonning cho`l mintaqalarida yumaloqbosh kaltakesak,oyoqsiz kaltakesaklardan sariq ilon,eski imoratlar devorida gekkonlarniuchratish mumkin. Gekkonlar-tungihayvonlar, tunda ularning ohistachirqillagan ovozini eshitish mumkin. Kaltakesaklarning ayrim turlari(ildam kaltakesak, tirik tug`ar kaltakesaklar) birmuncha sovuq iqlimlishimoliy hududlarda ham tarqalgan.Ilonlarninggavdasi uzun, silindrsimon bo`lib, oyoqlari bo`lmaydi,faqat bo`g`ma ilonlarning anal teshigi ikki yonida ilmoqchalar shaklidagiorqa oyoqlari rudimenti saqlanib qoladi. Ularning qovoqlari ko`zigayopishib yupqa shishasimon parda hosil qiladi. Shuning uchun ularningko`zi yumilmaydi. O`rta quloq va nog`ora pardasi bo`lmaganidan ilonlareshitmaydi. Ilonlarning pastki va yuqori jag`lari, elastik pay orqaliqo`shilgan. Ilonlar og`zini juda katta ochib, o`z tanasidan ham yo`g`onroqo`ljani tiriklayin yuta oladi. Gavdasi ingichka va uzun bo`lgani sababliularning faqat bitta o`pkasi rivojlangan, buyragi tasmasimon, qovurg`alarikalta, to`sh suyagi bo`lmaydi.
Ilonlar tanasini to`lqinsimon bukib harakatlanadi. Qornidagiqalqonlar orqa uchi biri ikkinchisi ustiga taxlanib, oldingi uchi birozko`tarilib turganidan ilonni orqaga siljishiga imkon bermaydi. Ilonlarningdeyarli hammasi yirtqich bo`lib, o`ljani tiriklayin yutadi. Bo`g`ma ilonlaravval o`ljasini bo`g`ib, zaharli ilonlar zaharlab o`ldirganidan so`ngyutadi.
Zaharli ilonlarning yuqori jag`ida zaharli tishlaribo`ladi. Ilon og`zinikatta ochganida zaharli tishlari ko`tarilib vertikal holatni egallaydi. Og`ziyopilganida esa tishlari orqaga yotadi. Zaharli tishlari asosida zahar bezijoylashgan. Qora ilon va shaqildoq ilonzahari tish ichidagi nay orqalio`ljasi tanasiga o`tadi. Kapcha ilon va ko`lvor ilonzahari esatish sirtidagi egatcha orqali o`lja tanasiga oqadi.Ilonlar ham kaltakesaklar singari tullab o`sadi, lekin tullaganidakaltakesaklar terisi parcha-parcha bo`lib tushadi. Ilonlar terisi esa bosh qismidan boshlab yaxlit ko`chadi. Yeryuzida ilonlarning 300 ga yaqin turibor. Ular har xil muhitda, jumladandengiz va chuchuk suv havzalarida,cho`l va daryo vodiylarida uchraydi.
O`zbekistonda ilonlarning 20 ga yaqinturi tarqalgan. Ular orasida 5 turi:
Do'stlaringiz bilan baham: |