Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi.Suvda hamdaquruqlikda yashovchilarni o`rganish umurtqali hayvonlar evolutsiyasi,ayniqsa ularning suvdan quruqlik muhitiga o`tishini aniqlashda kattaahamiyatga ega. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning qadimgiajdodlari baliqqa, xususan panjaqanotlilarga o`xshagan bo`lishi kerak.Suv muhitidan quruqlikka o`tishi yangi moslanish belgilarini paydobo`lishiga olib kelgan. Shu tarzda juft suzgichlar o`rniga besh barmoqlioyoqlar paydo bo`lgan; jabra bilan nafas olish o`pka bilan nafas olishgaalmashingan va boshqa chuqur o`zgarishlar yuz bergan.Eng qadimgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar stegosefallar(sovutboshlilar) devon davrida paydo bo`lgan. Bu hayvonlar asosansuvda yashagan, ba`zan quruqlikka ham chiqqan bo`lishi mumkin. Ulardayon chiziqlarning bo`lishi buning isbotidir, stegosefallar juda yirikligi,bosh qutisini yopib turuvchi qalqoni bo`lishi bilan hozirgi suvda hamdaquruqlikda yashovchilardan farq qilgan. Ayrim stegosefallarning boshqutisi 1 m ga yetgan. Stegosefallardan hozirgi suvda hamda quruqlikdayashovchilar kelib chiqqan.
Ahamiyati.Hozir Yer yuzida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning2600 ga yaqin turi ma`lum. Ko`pchilik turlari qishloq xo`jaligizararkunandalari, parazit va kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qirib kattafoyda keltiradi. Bir qancha turlaridan laboratoriya hayvonlari sifatidailmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladi. Bir qator suvda hamda quruqlikdayashovchilar (asosan, baqalar) ayrim mamlakatlarda oziq-ovqat sifatidaishlatiladi. Hozirgi suvda hamda quruqlikda yashovchilar dumlilar,dumsizlar va oyoqsizlar turkumiga ajratiladi.
Dumlilar turkumi.Dumlilar suvda hamda quruqlikda yashovchilarningeng qadimgi guruhi bo`lib, 350 ga yaqin turi ma`lum. Ulargasalamandralar, tritonlar, proteylar, sirenlar kiradi. Dumlilar tuzilishi vahayot kechirishi, tashqi ko`rinishi bilan baliqlarga o`xshab ketadi. Ularhayotining ko`p qismini suvda o`tkazadi; o`pkasi sodda tuzilgan; ayrimturlarida jabralari saqlanib qolgan (proteylar, sirenlar). Proteylar g`orsuvlarida yashaydi; ko`zlari reduksiyaga uchragan. Sirenlarning orqa oyoqlaribo`lmaydi. Dumlilar ikkilamchi marta suvda yashashga o`tgan hayvonlarhisoblanadi. Ehtimol, dumlilarning qadimgi ajdodlari sudralib yuruvchilarbilan raqobatda sayoz suv havzalarini tark etmasdan lichinkalikdavrida yashab qolgan bo`lishi kerak. Hayvonlarda voyaga yetish davribo`lmasdan, lichinka davrida voyaga yetish neoteniya deyiladi. Bu hodisaboshqa guruhga mansub hayvonlar orasida ham ma`lum. Yaponsalamandrasining uzunligi 1,5 metrga yetadi. Dumlilar O`rta Osiyofaunasida uchramaydi. Ayrim tritonlar akvariumda boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |