Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi Yashash muhiti va tashqi tuzilishi



Download 166,83 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi166,83 Kb.
#456171
Bog'liq
biologiya18


Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.


Butli o‘rgimchak o‘tlar va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning 7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi ?! 67 to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘linadi (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy ko‘zchasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz organlari joylashgan. 18-§. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi 2 4 1 3 5 7 6 39-rasm. Butli o‘rgimchak va uning to‘ri : 1 – oyoq paypaslagich; 2 – boshko‘krak; 3 – yurish oyoqlari; 4 – qorin; 5 – urg‘ochisi; 6 – erkagi; 7 – to‘rga tushgan o‘lja Og‘iz organlarining birinchi jufti ustki jag‘lar hisoblanadi. Ustki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘simtadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag‘larning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va uni o‘ldiradi. O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qoplangan bo‘lib, tuyg‘u organi hisoblanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘imlari pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgimchakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan. Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining orqa tom onida butsimon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi. Tutqich to‘ri. O‘rgimchak bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuqlik havoda qotib, iðga aylanish xususiyatiga ega. 68 Orqa oyoqlaridagi taroqqa o‘xshash tirnoqlari yordamida bir necha bezdan hosil bo‘layotgan iðlarni o‘rgimchak bir-biriga yopishtirib, bitta yaxlit ið hosil qiladi. Urg‘ochisi bu iðlardan tutqich to‘r to‘qiydi (39-rasm). Butli o‘rgimchakning tutqich to‘ri g‘ildirak shaklida bo‘lib, butalar va baland bo‘yli o‘tlar orasiga tik tortilgan bo‘ladi. O‘rgimchak ovi. Tutqich to‘r yoniga o‘rgimchak ko‘pincha to‘rdan in to‘qiydi. Bu inda u o‘z o‘ljasini poylab yotadi. Tutqich to‘rning markazidan o‘rgimchak tomonga signal iði tortilgan bo‘ladi. Tasodifan to‘rga tushib qolib, tiðirchilayotgan pashsha, kapalak va boshqa mayda hasharotlar signal iðini tebratganida o‘rgimchak inidan tezda chiqib, o‘ljaga tashlanadi va uni o‘rgimchak iði bilan o‘rab oladi. O‘ljani ustki jag‘larining o‘tkir tirnoqlari yordamida zaharlab o‘ldiradi. Shundan keyin uni birmuncha vaqt qoldirib, iniga kirib ketadi. Oziqlanishi. O‘rgimchak zahari tarkibida hazm suyuqligi bo‘ladi. Bu suyuqlik ta’sirida o‘ljaning ichki to‘qimalari parchalanib suyuq holga keladi. O‘lja tanasini so‘rib oladi. O‘ljadan faqat xitin po‘sti qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga ta’sir qilmaydi. Nafas olishi. Qornining oldingi tomonida bir juft o‘pka xaltalari joylashgan (40-rasm). Har qaysi o‘pkada ko‘plab varaqsimon o‘simtalar bo‘ladi. Bu varaqlar orqali qon aylanadi. O‘rgimchakning nafas olishida o‘pka bilan bir qatorda ikki tutam tra7.2. O‘rgimchaksimonlar sinfi 3 8 4 9 5 10 2 1 6 7 40-rasm. Butli o‘rgimchakning ichki tuzilishi: 1 – zahar bezi; 2 – o‘rgimchak bezlari; 3 – qizilo‘ngach;4 – oshqozon; 5 – ichak; 6 – o‘pka xaltasi; 7 – traxeya; 8 – nerv zanjiri; 9 – yurak; 10 – jinsiy bez 69 xeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy teshik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon aylanish, ayirish va nerv sistemalarining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o‘xshash bo‘ladi. Ko‘payishi. Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga bekinib olib, iðdan to‘qilgan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud bo‘ladi, tuxumlari pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan yosh o‘rgimchaklar chiqadi.
Download 166,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish