I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. Bo`g`imoyoqlilar tipi qaysi sinflarga bo`linadi?
2. Qisqichbaqasimonlar sinfi boshqa bo`g`imoyoqlilardan nimasi bilan farq qiladi?
3. Qisqishbaqaning yurish oyoqlari va jami oyoqlari necha juft?
4. Qisqishbaqa qachon ortga suzadi?
5. Dafniya va sikloplardan nima maqsadda foydalaniladi?
6. Qisqichbaqa va o`rgimchaklarning qaysi sistemalari deyarli bir xil tuzilgan?
7. Qisqichbaqasimonlarning necha turi bor? O`rgimchaksimonlarni chi?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Kovakichlilar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
2) Yassi chuvalchanglar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
3) To‘garak chuvalchanglar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
d) yangi mavzu bayon matni:
KOVAKICHLILAR
Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5-7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o‘ralgan og'iz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi.Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo'shliqichlilar polip deb ataladi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya - tana qismlarini bitta o‘q atrofida o‘zaro mutanosib joylashuvidan iborat. Gidraning tovonidan og‘iz teshigi tomonga bitta xayoliy chiziq o'tkazilsa, uning tanasini shu chiziqdan paypaslagichlarga ketuvchi nurlar bo‘ylab bir necha teng bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Hayvonlar tanasini bitta o‘q chiziqdan chiquvchi nurlar bo‘ylab o‘zaro mos keladigan teng qismlardan iborat bo‘lishi radial,yani nurli simmetriyadeyiladi Tashqi - ektodermava ichki - endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana devori keng ichki tana bo'shlig'ni o‘rab turadi. Bu bo‘shliq ichak vazifasini ham bajaradi.
Tashqi qavat asosan teri-muskul hujayralaridan iborat. Bu hujay- ralarning tana devoriga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi.
Ektoderma hujayralari orasida otuvchi hujaxralarham bo'ladi. Bunday hujayralar ayniqsa paypaslagichlarda juda ko‘p. Otuvchi hujayraning mayda seiuvchi tukchasiva otuvchi kopsulasibo‘ladi. Kapsulada naysimon ingichka oiiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o‘tib, uni falajlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |