Belbog‘lilar kenja tipi. Kam tuklilar sinfi. Kamtuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati. Zuluklar sinfi, ularning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali chuvalchanglar filogeniyasi



Download 2,15 Mb.
bet1/7
Sana04.07.2022
Hajmi2,15 Mb.
#738436
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ҲАЛҚАЛИ ЧУВАЛЧАНГЛАР ТИПИ.


Belbog‘lilar kenja tipi. Kam tuklilar sinfi. Kamtuklilarning xilma-xilligi va ahamiyati. Zuluklar sinfi, ularning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali chuvalchanglar filogeniyasi.
Аsоsiy sаvоllаr:
1. Kamtuklilar sinfi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi.
2. Kamtuklilar sinfi klassifikatsiyasi, ular vakillarining tarqalishi va ahamiyati.
3. Zuluklar sinfi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, rivojlanishi, klassifikatsiyasi, tarqalishi va ahamiyati.
4. Halqali chuvolchanglarning kelib chiqishi.


Birinchi sаvоl bаyоni:
Belbog'lilar-germafrodit. Jinsiy bezlari metamer joylashgan. Tanasida belbog'i bor. O‘zgarishsiz rivojlanadi. Belbog'lilar kamtuklilar va zuluklar sinflariga bo‘linadi.
Kamtuklilar (Oligochaeta) sinfiga 2800 tadan 3500 tagacha tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suv havzalari va tuproqda, ayrim turlari dеngizlarda yashaydi. Kamtuklilarning bosh qismi kuchsiz rivojlangan. Boshidagi palpalar, mo‘ylovlar va tanasidagi parapodiylar rеduktsiyaga uchragan. Parapodiylar o‘rniga tana bo‘g‘imlarida tuklar saqlanib qolgan.
Tanasi 30-40 tadan 600 tagacha halqalardan tashkil topgan, faqat ayrim turlarida 7-9 ta halqa bo‘ladi. Kamtuklilar prostomiumdan tashqari hamma tana halqalarida to‘rt tutamdan (shu jumladan, 2 ta qorin va 2 ta yon) qillar bo‘ladi. Har bir tutamdagi qillar soni bir xil bo‘lmaydi. Yomg'ir chuvalchangida har bir halqasida 4 juftdan qillari bo‘ladi.
Qillarning joylanishi parapodiylarning orqa va qorin bo‘laklari joylashadigan о'rniga mos keladi (87-rasm).
Kamtuklilar tanasining keyingi anal qismi, ya'ni, pigidiumda anal teshigi joylashgan. Kamtuklilarning tana devori va teri-muskul xaltasi ko‘ptuklilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Teri epiteliysi hujayralarining asosiy qismini shilimshiq bezli hujayralar tashkil etadi. Ular chuvalchang terisi yuzasiga shilimshiq modda ishlab chiqarib turadi. Bunday hujayralar yomg'ir chuvalchangining 31-37 halqalarining yo‘g'onlashuvidan hosil bo‘lgan belbog'ida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Ko‘payish davrida bu bezlar suyuqligidan pilla hosil bo‘ladi.
Kamtuklilar gеrmafrodit, jinsiy sistеmasi juda murakkab tuzilgan. Tuxumini bеlbog‘cha bеzlari sеkrеtidan hosil bo‘ladigan pilla ichiga qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan yosh chuvalchang o‘zgarishsiz rivojlanadi. Suvda hayot kеchiradigan turlari juda mayda bo‘ladi. Tuproqda yashovchi turlari esa ancha yirik bo‘lib, uzunligi bir nеcha santimеtrdan 3 mеtrgacha yеtadi. Kamtuklilarning tipik vakili yomg‘ir chuvalchangi hisoblanadi.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish