To`garak chuvalchanglar
Odam askaridasi ingichka ichakda parazitlik qiladi. Uzunchoq gavdasi ikki uchi ingichkalashgan duksimon shaklda. Urg`ochisining uzunligi 20-40 sm, erkagi 15-25 sm bo`ladi. Erkak askaridaning dumi ilmoqqa o`xshash egilgan. Askarida gavdasi tashqi tomondan pishiq va qalin po`st - kutikula bilan qoplangan. Yopishuv organlari rivojlanmagan, uning elastik tanasi ichak devoriga taqalib turganidan ichakdan tashqariga chiqib ketmaydi.
To`garak chuvalchanglar tana bo`shlig`i va anal teshigining bo`lishi, ichki organlarining ancha murakkab tuzilganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Olimlarning fikricha, tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi yassi chuvalchangla tanasida tana bo`shlig`i va orqa chiqaruv teshigi paydo bo`lgan; ulardan to`garak chuvalchanglar kelib chiqqan.
Chuvalchanglarning parazit hayot kechirishga moslashishi. Parazit hayot kechirish chuvalchanglarning tashqi tuzilishiga va hayot kechirish xususiyatlariga katta ta`sir qilgan. Bunday o`zgarishlar yassi chuvalchanglarda ayniqsa yaxshi ko`zga tashlanadi. Ularning maxsus yopishish organlari paydo bo`lgan; hazm qilish sistemasi yo`qolib, jinsiy organlari juda kuchli rivojlangan. Lekin parazit chuvalchanglar va lichinkalarining ko`pchiligi tashqi muhitga chiqqanida o`z xo`jayinini topolmasdan qirilib ketadi. Shuning uchun juda ko`p nasi qoldiradi;ayrim turlari, masalan, jigar qurti va exinokokk, hatto lichinkalik davrida ham ko`payish xususiyatiga ega bo`ladi.
Parazit chuvalchanglardan saqlanish. Tasmasimon chuvalchanglarni yuqtiirnaslik uchun go`sht mahsulotlaiini yaxshi pishirib iste`mol qilish lozim. Ular tarqalishini oldini olish uchun esa hayvonlarning zararlangan organlarini itlarga bermaslik kerak. Kushxonalardan chiqayotgan go`sht mahsulotlaiini qat`iy nazorat ostiga olish zarur. Daydi itlarga qarshi kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish exinokokk bilan zararlanchning oldini oladi. Jigar qurti yuqmasligi uchun ko`lmak suvlami ichmaslik. daladan yig`ib keltirilgan ko`katlami yaxshi yuvmasdan iste`mol qilmaslik lozim. Askarida va bolalar gijjasini yuqtirmaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilish, ya`ni ovqatlanishdan oldin qo`lni sovunlab yuvish, meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvib iste`mol qilish zarur.
Nazorat test
1. Ohak chig`anoqli (I) va kremniy skeletli (II)sodda hayvonlar va ularning ahamiyatinianiqlang.
1. nursimonlar; 2. foraminifera;a) ohaktosh konlarini hosil qilgan;b) jilvir qog`oz tayyorlashda foydalaniladi;
c) metallarni silliqlashda foydalaniladi;d) zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi
A) I − 1, a; II − 2, b, cB) I − 2, b, c; II − 1, a, dC) I − 1, b, c; II − 2, a, dD) I − 2, a; II − 1, b, c
2. Nerv hujayralari tanada tarqoq joylashganorganizmlar to`g`ri keltirilgan qatorni ko`rsating.
A) aureliya, qizil korall polipi, aktiniyaB) aktiniya, oq planariya, meduza
C) gidra, aureliya, nozemaD) qizil korall polipi, oq planariya, jigar qurti
3. To`qima va organlari rivojlanmagan ko`pujayralilarni belgilang.
A) meduza, poliplar B) lansetnik, assidiyaC) oq planariya, meduza D) korall polip, infuzoriya tufelka
4. Soxta oyoqlilarga mansub bo`lmagan hayvonnianiqlang.
A) nursimonlarB) nozemaC) foraminiferaD) ichburug` amyobasi
5. Noqulay sharoitda evglena nimaga aylanadi?
A) sporagaB) gametaga C) sistagaD) zoosporaga
6. Bo`shliqichlilar tanasidagi oraliq hujayralarga xosbo`lmagan belgilar keltirilgan qatorni aniqlang.
A) yirik, mayda yadroli, endodermaqavatida joylashadi
B) mayda, yirik yadroli, ektoderma qavatidajoylashadi
C) regeneratsiyani ta`minlaydiD) ektoderma qavatida joylashgan,regeneratsiyani ta`minlaydigan yirik yadroli
7. Dengiz bo`shliqichlilarini aniqlang.
A) aktiniyalarB) korall poliplari, nereidalar
C) aktiniyalar, korall poliplari, meduzalarD) meduza, aktiniya, karakatitsa
8. Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayotkechiradigan bo`shliqichlilar nima deb ataladi?
A) riflar B) poliplar C) planktonlarD) limanlar
9. Odamlarga xavfli hisoblangan Shimoliydengizlarda (1) va Qora dengizda (2)uchraydigan meduzalarni aniqlang.
a) qutb meduzasi; b) ildiz og`izli meduza;c) aureliya
A) 1b; 2aB) 1a; 2b C) 1a; 2cD) 1c; 2b
10. Volvoksning ta`sirlanishi qanday o`tadi?
A) hujayrasi sharsimon shaklga kiradiB) suvning yorug` tushib turgan tomonigaqarab harakat qiladi
C) xivchinlarini tashlab, qalin qobiqli sista hosilqiladiD) tayoqchasimon tanachalarini otib chiqaradi
11. Qon zardobi (a) va shaklli elementlarida (b)parazitlik qiluvchi organizmlarni aniqlang.
1) ichburug` amyobasi; 2) bezgak paraziti;3) tripanosoma; 4) leyshmaniya
A) a−1, b−2 B) a−2, b−3 C) a−3, b−4D) a−3, b−2
12. Aktiniyaning gidradan farq qiluvchi asosiybelgilarini ko`rsating.
1) faqat tovonida harakatlanadi;2) asosan o`troq hayot kechiradi;3) kurtaklanish va jinsiy yo`l bilan ko`payadi;
4) yirtqichlik bilan hayot kechiradi;5) ancha yirik;6) tuxumdan lichinka chiqadi;7) lichinka davri bo`lmaydi
A) 1, 2, 3, 4, 7 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 5, 6D) 3, 4, 5, 6
12. Ko`rsatilgan belgilarning qaysi biri ham gidra,ham aktiniya uchun xos?
1) faqat tovonida harakatlanadi;2) asosan o`troq hayot kechiradi;3) ixtisoslashgan hujayralarga ega, organlar
rivojlanmagan;4) yirtqichlik bilan hayot kechiradi;5) ancha yirik;6) tuxumdan lichinka chiqadi;7) lichinka davri bo`lmaydi
A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5D) 1, 2, 7
13. Qaysi belgi faqat bo`shliqichlilar uchun xos?
A) uchta embrional varaqB) otuvchi hujayralarC) regeneratsiya xususiyati
D) uchi yopiq hazm qilish sistemasi
14. So`rg`ichli chuvalchanglarning tasmasimonchuvalchanglardan asosiy farqini ko`rsating.
A) nerv sistemasining bo`lishiB) hazm qilish sistemasining bo`lishi
C) qon aylanish sistemasining bo`lishiD) oraliq xo`jayinning bo`lishi
15. To`qimaga ega bo`lmagan hayvonlarni ko`rsating.
1) foraminefera; 2) gidra; 3) dreysena;4) tripanosoma; 5) oq planariya; 6) dafniya
A) 1, 2, 4 B) 3, 4, 5C) 3, 5, 6D) 1, 3, 5
Do'stlaringiz bilan baham: |