I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
2.Gidra tanasi qanday qavatlardan iborat? Ularni izohlang.
3.Himoya funksiyasini, regeneratsiya funksiyasini, harakatlanish funksiyasini girra tanasida qaysi hujayralar bajaradi?
4.Gidra bahorda, yozda va kuzda qanday usullarda ko`payadi?
5.Yirik yadroli mayda hujayralar gidra tanasida qanday vazifalarni bajaradi?
6.Askarida qaysi tip va qaysi sinfga kiradi?
7.Askarida tanasining shakli va ko`ndalang kesmasi qanday tuzilgan?
8.Askarida tana devori qanday tuzilgan?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Halqali chuvalchanglar, mollyuskalarning xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Halqali chuvalchanglar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
2) Mollyuskalar xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
d) yangi mavzu bayon matni:
Halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega. Yomg`ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi bor. Ular tuproqni yumshatib, suv va havo o`tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi. Bir gektar maydonda chuvalchanglar bir yil davomida 250-600 t tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomg`ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro`zg`or chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o g`it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi. Yomg r chuvalchanglarining o`zi ham qushlar, ayrim sut emizuvchilar va tuproq hayvonlari uchun oziq bo`ladi. Ular uy parrandalari uchun oqsilga boy bo`lgan to`yimli oziq hisoblanadi. Parrandalar ozig`iga chuvalchanglar qo`shib berilganda ular ko`p tuxum qiladi.
Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli qizil chuvalchanglar suvni har xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini bajaradi. Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari uchun yemish sifatida ko`paytiriladi.
Dengizlarning tubida hayot kechiradigan halqali chuvalchang nereidaning boshi tanasidan alohida ixtisoslashgan; tanasi ko`p miqdorda uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi muskulli o`simtalarda to`p- to`p bo`lib joylashgan. Chuvalchanglar o`simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida o`i malab yuradi. Bu o`simtalar ilk bor paydo bo`lgan oyoqlar hisoblanadi. Dengiz halqalilari ko`p tuklilar sinfiga kiritiladi. Ular baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |