Kurs: I guruh(lar): Fan


Nerv sistemasi filogenezi



Download 1,04 Mb.
bet115/138
Sana05.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#741127
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
Bog'liq
Kurs I guruh(lar) Fan

Nerv sistemasi filogenezi. Tirik organizmlardagi har bir organlar sis­temasining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining filogenezi quyidagi bosqichlarga bo’linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki di ff uz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga ta’sir qilinganda nerv to‘rida qo‘zg‘alish paydo boTadi va organizm butun tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglaming nerv sistemasi bir juft nerv tuguni va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi.
So‘rg‘ichli va tasmasimon chuvalchanglaming nerv sistemasi tananing oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ulami tutashtiruvchi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To‘garak chuvalchanglaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv stvollarining tananing yelka va qorin tomonida joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.
Uchinchi bosqich: zanjir tipidagi nerv siste­masi. Halqali chuvalchanglaming nerv sistemasi bir juft halqum usti nerv tuguni, bir juft hal­qum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir segmentida bir juft nerv tugunlari mavjud. Nerv tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar boradi. Molluskalaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni, («bosh miya») va tananing turli qismlaridalilaming diffuz tipidagi nerv joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nerv sistemasi; jiri tipidagi nerv sistemasi; lishga ega. Sakkizoyoqning qizilo‘ngach atrofida 4 - umurtqalilaming nerv nayi joylashgan oldingi (bosh) nerv tugunlaridanhosil bo lgan ganghylar o zaro birlashib bosh
miyani hosil qiladi. Mazkur molluskalar gumhida sezgi organlaridan ko‘rish va tuyg‘u organlari ko‘proq rivojlangan. Ular turli tasvimi, mexanik va kimyoviy ta’sirlami farqlay olish, toshlardan uya qurish, shaxsiy tajribalardan hayoti davomida foydalanish xususiyatiga ega.
Umurtqasiz hayvonlar ichida bo‘g‘imoyoqlilaming nerv sistemasi yuksak darajada tuzilgan. Bo‘g‘imoyoqlilaming nerv sistemasi halqali chuval­changlaming nerv sistemasiga o‘xshash, lekin funksional jihatdan takomil lashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo‘shilishi natijasida nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo‘limida asosiy sezgi organlari joylashganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan.
To‘rtinchi bosqich barcha xordalilar uchun xarakterli bo‘lgan naysimon nerv sistema hisoblanadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan. Xordali hayvonlar bitta tipga mansub bo‘lganligi sababli, ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tuban xordalilarda nerv nayi markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgan sayin nerv sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi
Nerv sistemasining keyingi bosqichi hayvonlarning xulq-atvorini ta’minlaydigan bosh miyaning shakllanishi bilan bog‘liq. Umurtqali hayvonlar (baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) nerv sistemasi bir xil anatomik tuzilishga ega bo‘lib, ayniqsa sutemizuvchilarda yuqori darajada tuzilgan.
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odamning nerv sistemasi bilan tanishgansiz. Barcha umurtqali hayvonlarda ham markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan, periferik nerv sistemasi bosh va orqa miyadan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh miya beshta bo‘lim: oldingi, oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning har bir bo‘limi aniq sezgi organlari bilan filogenetik bog'lanishga ega. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra somatik va vegetativ nerv sistemasi farq qilinadi. Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga ajraladi.
Baliqlarda bosh miya unchalik katta hajmga ega emas, oldingi miya yarimsharlarga bo‘linmagan. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda oldingi miya yarimsharlarga bolingan. Miyacha harakatlaming soddaligi tufayli yaxshi rivojlanmagan. Sudralib yuruvchilaming quruqlikda yashashga o‘tishi miyaning murakkab morfologik va funksional tuzilishni talab etadi. Ularda oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan yiriklashgan. Miyacha sudralib yuruvchilaming xilma-xil harakatlari tufayli kuchli rivojlangan.
Qushlarda xulq-atvoming murakkablashuvi, nasli uchun qayg‘urish instinkti bo‘lganligi ulaming bosh miyasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Bosh miyada oldingi miya yarimsharlarining sathi katta, o‘rta miya, oraliq miyaning ko‘rish do‘mboqlari yaxshi rivojlangan. Miyachasi hara- katlarni muvofiqlashtirish markazi bo‘lganligi sababli kuchli rivojlangan.
Sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlangan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek, oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odam organizmidagi ichki sekretsiya bezlari birgalikda endokrin sistemasini tashkil etishi, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqiladigan biologik faol modda - gormonlar organizmning ichki muhiti qon va limfaga quyilishi haqida ma’lumotga egasiz. Gumoral boshqarish aynan shu gormonlar orqali tirik organizmdagi barcha hayotiy jarayonlami boshqarilishida muhim ahamiyatga ega. Gumoral boshqarish - organizmning yaxlit bir butun tizim shaklida yashashining ta’minlanishi uchun unda boradigan hayotiy jarayonlami gormonlar vosita- sida boshqarish sanaladi.
Hayotiy jarayonlami gumoral boshqarish o‘simliklar, zamburug‘lar va hayvonlarga xos bo‘lib u evolutsiyaning dastlabki bosqichlarida paydo bo‘lgan. 0‘simliklar va zamburug‘larda gumoral boshqarish biologik faol moddalar fitogormon va alkaloidlar orqali amalga oshiriladi. Biologik faol moddalar o‘simliklarda o‘tkazuvchi tcfqimalar, zamburug‘larda esa mitselliy gifalari orqali barcha hujayralarga yetkaziladi.
Hayvonlarda gumoral boshqarish endokrin sistemasiga kiradigan ichki sekretsiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar - gormonlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur gormonlar organizmning ichki muhiti - qon, limfa va to‘qima suyuqligi orqali tanaga tarqaladi.
Organizmning o‘z-o‘zini boshqarishning nerv va gumoral usullari bir- biri bilan chambarchas bog‘liq. Bir tomondan nerv sistemasi faoliyatiga qon bilan yetib kelgan gormonlar doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan gormon miqdori va qonga quyilishi nerv sistemasining doimiy nazoratida boiadi. Shu sababli, tirik organizmlarda sodir boMadigan fiziologik jarayonlar yagona neyrogumoral mexanizm orqali amalga oshadi. Bundan tashqari, organizmdagi organlar va organlar sistemalari o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida fiziologik jarayonlaming o‘z-o‘zini boshqarilishi amalga oshadi.
Siz odam organizmida himoyalanish xususiyatlarining mavjudligidan xabardorsiz. Himoyalanish xususiyatlari uchta bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda organizmga yuqumli kasallik qo^zg^atuvchilarining kirishining oldi olinadi, ikkinchi bosqichda qonning oq qon tanachalari leykotsitlari faoliyat ko‘rsatadi, uchinchi bosqichda organizmga kirgan yot moddalarga qarshi antitelo va antitoksinlar ishlab chiqariladi. Antitelolar organizmga kirgan mikroblami bir-biriga yopishtirib, parchalab yuboradi. Antitoksinlar esa mikroblaming hayot faoliyati natijasida vujudga keladigan zaharli moddalami neytrallab parchalaydi. Urganizmda himoyalanish xususiyatlarining mavjudligi ularning evolutsiya jarayonida yashab qolish va ko‘payish imkoniyatini bcradi. Organizmlaming yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi kurashishi, o‘zini himoya qilishi, organizmga kirgan yot moddaning tabiati hisobga olingan holda antitelo va antitoksinlar ishlab chiqarish xususiyati immunitet deyiladi.
Immun boshqarish - bu organizmning hayot faoliyatini bir butun tizim sifatida yot moddalarga nisbatan barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayonlar yig‘indisi sanaladi.
Immunitet hayvonlarda immun tizimi orqali o‘simlik va zamburugiarda hujayra qobig‘ining mustahkamligi va himoya moddalari, masalan fitonsid va antibiotiklar orqali ta’minlanadi.
Organizm - yaxlit sistema, uning o‘z-o‘zini boshqarishi nerv va endokrin sistemalar, himoya xususiyati immunitet orqali amalga oshiriladi.



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish