Mavzu : Qon-organizmning ichki muhiti. Ta`limiy maqsad



Download 81,5 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi81,5 Kb.
#2350
Mavzu : Qon-organizmning ichki muhiti.
Ta`limiy maqsad.

1. Organizmning ichki muhiti (hujayra ichi va hujayra tashqarisidagi suyuqliklar), organizm ichki muhitini tashkil etuvchi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi.

2. Gomeostaz va uni ta`minlashda ishtirok etuvchi a`zolar.

3. Issiq sharoit va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganda gomeostazning o‘zgarishi va uni tiklashda suyuqlikni ko‘proq iste`mol qilish. Gomeostaz buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik.

4. Qonning muhim vazifalari, qonning tarkibi: qon plazmasi, shaklli elementlari.

5. Qonning ivishi - organizmning muhim himoya reaksiyasi ekanligi. Qon guruhlari va rezus omili. Qon quyish.

6. Yuqumli kasalliklar. Organizmning himoyalanish xususiyatlari. Immunitet.

7. OITS. Yuqish yo‘llari, belgilari, oldini olish chora-tadbirlari haqida o‘quvchilarga bilimlar berish.



Tarbiyaviy maqsad.

1.O‘quvchilarga odamlarning millati, irqidan qat`iy nazar, ular qonining miqdori, tarkibi, guruhlari o‘xshashligidan kelib chiqqan holda, barcha millat va irqlarga mansub odamlarning kelib chiqishi bir ekanligini anglatish.

2. Donorlik har bir odamning faxriy burchi ekanligini o‘quvchilarga uqtirish.

3. OITS xastaligi - asr vabosi ekanligi, u giyohvand, axloqiy buzuq odamlarda, ayniqsa ongsiz yoshlar orasida ko‘p tarqalishini o‘quvchilarga tushuntirish.



Rivojlantiruvchi maqsad.

1. Jarohatlanish tufayli ko‘p qon yo‘qotgan odamga donorning qonini quyish bilan uning hayotini saqlab qolish mumkinligini mantiqiy asoslash.

2. Jarohatlangan, og‘ir holatdagi bemorga uning qon guruhiga to‘g‘ri keladigan donordan olingan qonni quyish, donorning millati va irqidan qat`iy nazar, bemorning hayotini saqlab qoladi. Bu haqda o‘quvchilarda ilmiy asoslangan mantiqiy fikrlashni shakllantirish.
Organizmning ichki mu?iti

Ta`limiy maqsad.

1. Organizmning ichki muhiti, qonning fiziologik xossalari va qonning tarkibi haqida o‘quvchilarda tushuncha hosil qilish. Organizmning ichki muhiti, qon tarkibi vazifalarini bilish asosida fanlararo bog‘lanish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.



Tarbiyaviy maqsad va Rivojlantiruvchi maqsad. Har xil irq va millat vakillaridan organizmning ichki muhiti, qonning fiziologik xossalari va tarkibi bir xil ekanligiga asoslanib, o‘quvchilarga siyosiy-g‘oyaviy tarbiya berish, fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Jihozlar: darslik, qonning tuzilishi tasvirlangan jadvallar.
Uslubi.

1. Ma`ruza qilish.

2. Mavzuni jadvallar yordamida bayon etish.

Darsning borishi va o‘tilgan mavzuni takrorlash yuzasidan savollar.

1. Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishiga jismoniy mehnat va tarbiya qanday ta`sir ko‘rsatadi?

2. Odam qad-qomatining to‘g‘ri shakllanishi nimalarga bog‘liq?

3. Qad-qomatning buzilishi va uning sabablarini tushuntiring.

4. Yassioyoqlikning oldini olish uchun nimalar qilinadi?

Asosiy o‘quv materialining bayoni

Ma`lumki qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizm ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo‘lib, u tana massasining o‘rtacha 7% ini, 60% ini suv tashkil etadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, tana massasining ko‘proq qismini (65-70%) suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan faol o‘tishini bildiradi.

Organizmning ichki muhiti, ya`ni yuqoridagi suyuqliklarining miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiy bo‘lib, bu g o m ye o s t a z deb ataladi. Gomeostaz hujayralar va to‘qimalarning normal ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi. Ichki muhitning nisbiy doimiyligi ko‘pchilik a`zolari tizimi (nerv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, ayirish kabilar)ning birgalikdagi faoliyati orqali ta`minlanadi. Biror a`zoning ishi buzilsa, organizm kasallikka chalinadi. Ichki muhitning buzilishiga tashqi muhit sharoiti ham ta`sir ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida, yoz oylarida ko‘p terlash natijasida kishi organizmi ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Bu esa hujayra va hujayralararo qon suyuqliklari miqdorining kamayib, uning kimyoviy tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Qon qon tomirlarida uzluksiz harakat qilib muhim hayotiy vazifalarni bajaradi.

Qon oshqozon-ichaklarda hazm bo‘lgan oziq moddalarni so‘rib, barcha hujayralarga yetkazadi. O‘pkalardan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni ayirish va nafas olish a`zolari orqali tashqariga chiqarib yuborish vazifalarini bajaradi.

Qon endokrin bezlarida sintez qilingan gormonlarni to‘qima va a`zolarga yetkazadi, u nerv sistemasi bilan birga nerv-gimoral boshqarilishni ta`minlaydi.

Qon tarkibidagi leykotsitlar va qon zardobidagi antitelalar kasallik tarqatuvchi mikroblarni eritib, organizmni har xil kasalliklardan himoya qiladi.

Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi.

Q o n n i n g f i z i o l o g i k x o s s a l a r i : qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan biroz katta - 1,050-1,060. Qonning yopishqoqligi 5,0 ga teng, suvniki esa 1,0, ya`ni suvga nisbatan ancha yopishqoq.

Qonning osmotik bosimi 7,6 - 8,1 atm ga teng bo‘lib, u qon bilan hujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Osh tuzining 0,9% li eritmasi odam va barcha issiq qonli hayvonlar uchun fiziologik eritma bo‘lib hisoblanadi.

Bundan yuqori konsentratsiyali eritma qon uchun gipertonik, past konsentratsiyali eritma esa gipotonik eritma bo‘lib, ikala xoldagisi ham eritrositlarni nobud qiladi.

Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish a`zolarining faoliyati orqali boshqariladi.



Qonning tarkibi. Probirkaga bir tomchi geporin moddasi tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, uni sentrifigada aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga va pastki qismida qizil rangdagi quyuq shaklli elementlarga ajraladi.

Qon plazmasi tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo‘ladi. Plazma tarkibida o‘rtacha 90-92% suv, 7-8% oqsil, 0,9% tuz, 0,1% glukoza, 0,8% yoq bo‘ladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya`ni rNq7,4.

Qon plazmasi tarkibida organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar bo‘lib, u odam tanasidagi hujayra va to‘qimalarning oziqlanishida katta rol o‘ynaydi.

Mustahkamlash uchun savollar

1.Organizmning ichki muhiti deganda nimani tushunasiz?

2.Qon qanday funksiyalarni bajaradi?

3.Qonning osmotik bosimi nima?

4.Qon plazmasi tarkibida qanday moddalar bo‘ladi va ular qanday vazifani bajaradi?



Uyga vazifa

Darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan "Organizmning ichki muhiti", "Qonning fiziologik xossalari" va "qonning tarkibi" mavzularini o‘qib kelish.


"Qon" bobi bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari

Ta`limiy maqsad. Qonning tuzilishi, tarkibi, funksiyasi to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad. Qonning muhim funksiyalari, qonning shaklli elementlari, qon guruhlar, rezus omili, donorlik to‘g‘risidagi nazariy bilimlar asosida o‘quvchilarda kamqonlik va uning asorati tufayli yuzaga keladigan kasalliklarning oldini olish tushunchalarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad. Chuqur mushohada qilishga undovchi savollar bilan o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish.
1-laboratoriya mashg‘uloti

Odam qonining shaklli elementlarini o‘rganish



Jihozlar: mikroskop, odam qonidan tayyorlangan mikropreparatlar.

Qonning shaklli elementlari tasvirlangan jadvallar.



Ishni bajarish tartibi

Qonning shaklli elementlari ifodalangan rasmlardan foydalanib, nazariy bilimlar mustahkamlanadi.

1.Qonning shaklli elementlariga nimalar kiradi?

2.Qon plazmasining tarkibida qanday moddalar bo‘ladi?

3.Odam qoni eritrotsitlari bilan hayvon qoni eritrotsitlari orasida qanday farq bor?

4.Eritrotsitlar qanday funksiyalarni bajaradi?

5.Leykotsitlarning qanday turlari bor?

6.Qonning uvishi qanday omillarga bog‘liq?

7.Nima uchun qon 4 ta guruhga bo‘lingan?

Mikroskop ish holatiga keltiriladi va mikropreparat mikroskopning buyum stolchasiga joylashtiriladi.

O‘quvchilar mikroskop ostidagi mikropreparatni ko‘rib, undagi qonning shaklli elementlarini aniqlaydilar.

Mikroskopda kuzatilgan qonning shaklli elementlari rasmini daftarga chizib oladilar. Ularning jadvaldagi eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar shakli hamda tuzilishi bilan taqqoslaydilar.


2-laboratoriya mashg‘uloti

Odam va baqa qonining tuzilishini mikroskopda kuzatish



Zarur jihozlar: 2 ta mikroskop, qonning shaklli elementlari tasvirlangan rasmlar, odam va baqa qonining tayyor mikropreparatlari.

1.Mikroskop ish holatiga keltiriladi.

2.Odam qonidan tayyorlangan mikropreparat mikroskop ostiga joylashtiriladi.

3.Baqa qonidan tayyorlangan mikropreparat boshqa mikroskop ostiga joylashtiriladi.

4.O‘quvchilar odam va baqa qonidan tayyorlangan mikropreparatlarni kuzatib, ulardagi farqni aniqlaydilar.

5.Mikroskopda ko‘rgan qonning shaklli elementlarining rasmini daftarga chizib oladilar va jadvaldagi rasm bilan taqqoslaydilar.

Laboratoriya mashg‘ulotida olgan bilimlarni mustahkamlash

Bu maqsadda o‘quvchilarga savollar beriladi.

1.Odam va baqa qoni eritrotsitlari qanday ko‘rinishga ega?

2.Odam va baqa qoni eritrotsitlari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

3.Mikroskopda ko‘rilgan qonning shaklli elementlari rasmlardagidan nimasi bilan farq qiladi?

Mustaqil ta`lim olish

Darslik va qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib odam va baqa qonining tarkibiy tuzilishini o‘rganish.



Uyga vazifa

Qonning tuzilishi, funksiyasini darslikdan o‘qib-o‘rganib kelish. Savollarga javob berish.



Qon aylanish tizimi
Ta`limiy maqsad. 1. O‘quvchilarda qon aylanish tizimi va uning ahamiyati, yurak, arteriya, kapillyar, vena va limfa tomirlari haqida tushunchalarni shakllantirish.

2. O‘quvchilarga yurakning tushilishi, funksiyasi, jismoniy mehnat va sport mashg‘ulotlarini yurak ishining o‘zgarishiga ta`siri, yurak avtomatiyasi, elektro kardiogramma; katta va kichik qon aylanish doirasi, limfa tizimi, qonning tomirlar bo‘ylab harakati, tomir urushi-puls va qon bosimi; yurak va qon tomirlar faoliyatining nerv-gumoral boshqarilishi; tashqi muhit omillarining yurak faoliyati va qon bosimiga ta`siri; yurak va qon tomir kasalliklari, ularning oldini olish yuzasidan bilimlar berish.



Tarbiyaviy maqsad. 1. Jismoniy mehnat va sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish yurak muskullarining rivojlanishi va faoliyatining yaxshilanishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatishini o‘quvchilarga tushuntirish.

2. Kam harakatlanish, ovqatlanishning gigiyena qoidalariga amal qilmaslik (ayniqsa, mol yog‘i, tuz, uglevodlarga boy taomlar, shirinliklar, oq nonni ko‘p iste`mol qilish) yurak muskullari orasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘lishini va bu yurak faoliyatining zaiflashuviga olib kelishi haqida o‘quvchilarda tushuncha hosil qilish.

3. Narkotik moddalar, tamaki, nos chekish, spirtli ichimliklar ichish, shuningdek, yog‘li va tuzli taomlarni ko‘p iste`mol qilish aterosklerozni yuzaga keltirishini va oqibatda yurak ishemik kasallik, gipertoniya, insult, miokard infarkti kabi og‘ir xastaliklarga uchrashiga sabab bo‘lishini o‘quvchilarga tushuntirish.

4. Gripp, angina, surunkali tonzillit, tish kasalliklarini o‘z vaqtida davolatmaslik yurak muskulining yallig‘lanishiga va miokardit kasalligining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini o‘quvchilarga tushuntirish.



Rivojlantiruvchi maqsad. quyidagi savollar orqali o‘quvchilarda ilmiy asoslangan mantiqiy fikrlashni shakllantirish.

1.Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi nimada?

2.Yurakning o‘ng qorinchasidan boshlanadigan tomirda vena qoni bo‘lishiga qaramasdan nega o‘pka arteriyasi deb nomlangan?

3.Yurak muskullarini qon bilan ta`minlaydigan tomirlar qanday nomlanadi va ular qaysi qon aylanish doirasiga mansub?

4.Baqa tanasidan ajratilgan yurak ma`lum vaqt davomida ishlab turishining sababi nimada?
Qon aylanish tizimi yuzasidan umumiy tushuncha. Yurak
Ta`limiy maqsad. Qon aylanish tizimi va yurakning tuzilishi hamda ishi haqida o‘quvchilarga bilim berish.

Tarbiyaviy maqsad. O‘quvchilarda qon aylanish tizimi, yurakning tuzilishi va ishi haqida tushuncha hosil qilish; ularga bu a`zolar kishi organizmi hayoti uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini anglatish. Bu a`zolarni sog‘lom saqlashda jismoniy tarbiya va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish borasida tarbiya berish.

Rivojlantiruvchi maqsad. Qon aylanish tizimi, yurakning tuzilishi va ishini o‘rganish orqali o‘quvchilarga odam organizmidagi barcha a`zolarning faoliyati bir-biriga bog‘liqligi haqida umumiy biologik tushunchalar berish.

J i h o z l a r : darslik, qon aylanish tizimi, yurak tuzilishi tasvirlangan jadvallar, model va mulyajlar.

Uslubi: 1. Ma`ruza qilish.

2. Jadvallar va boshqa ko‘rgazmalar yordamida mavzuni bayon etish.

3. Qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

Darsning borishi

O‘tgan mavzuni takrorlash maqsadida savollar beriladi.

1.Immunitet deganda nimani tushunasiz?

2.Sun`iy va tabiiy immunitet qanday hosil bo‘ladi?

3.OITS haqida nimalarni bilasiz?

Asosiy o‘quv materialining bayoni

Ma`lumki, qon aylanish tizimiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta`minlaydi. Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo‘lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o‘rta, mayda arteriya tomirlari orqali to‘qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o‘tadi. Ulardan hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayrim organlarga yetkazadi. Shuning uchun ham yurak-qon tomir tizimi eng muhim hayotiy vazifani badaradi.



Yurakning tuzilishi. Yurak ko‘krak qafasida to‘sh suyagining orqasida, ikki o‘pkaning o‘rtasida joylashgan, uning ko‘proq qismi ko‘krak bo‘shlig‘ining chap tomonida turadi. Yurak to‘rt kameradan tashkil topgan: o‘ng va chap bo‘lmachalar, o‘ng va chap qorinchalar. Yurakda to‘rtta klapan bo‘lib, chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘rtasida ikki tavaqali klapan, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida yarim oysimon klapan joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir tomonga harakatlanadi.

Yurakning ishlashi. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so‘rib, arteriya qon tomirlariga o‘tkazishdan iborat.

Yurakning bu ishi uning bo‘lmacha va qorincha devoridagi muskullarni ritmik ravishda qisqartirish va kengaytirish orqali amalga oshadi. Bo‘lmacha va qorinchalar muskullarning qisqarishi sistola, kengayishi diastola deb ataladi. Yurakning bo‘lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo‘shashi yurakning bir ish sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatda turganda yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kengayadi. Uning har bir qisqarib-kengayishidan puls hosil bo‘ladi. Yurakning har bir ish sikliga 0,8 s sarflanadi. Yurak qorinchalari har bir qisqarganida 65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi, bu yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Tinch turganda odam yuragi bir minutda 70-72 marta qisqarib-kengayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir minutda qisqarib-kengayishi soniga ko‘paytirilsa, yurakning minutlik hajmi kelib chiqadi.



Yurak avtomatiyasi. Agar baqa yuragini tanasidan va nerv tizimidan ajratib, fiziologik eritmaga solib qo‘yilsa, ma`lum vaqt davomida yurak ishlab turadi. Yurakning o‘z-o‘zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi. Odam tanasidagi boshqa biror a`zo bunday xususiyatga ega emas. Buning sababi yurak muskullari orasida mahsus nerv-muskul tuzilmalari mavjud. Yurak o‘ng bo‘lmasining kovak venalar quyiladigan joyidagi muskullar orasida Keys-Flyak nerv tugunidan, o‘ng bo‘lmacha va o‘ng qorincha o‘rtasida joylashgan Ashof-Tovar nerv tuguniga impuls o‘tadi, uning qo‘zg‘alishi Giss nerv tolasi orqali o‘ng va chap qorincha muskullariga tarqalib, ularni qisqartiradi.

Yurak biotoklari. Yurak muskullarida ham boshqa hujayra va to‘qimalarda bo‘lgani singari biotok bo‘ladi. Yurak biotogi elektrokardiograf yordamida maxsus tasmaga yozib olinadi va o‘rganiladi. Tasmaga yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.

Mustahkamlash uchun savollar

1.Qon aylanish tizimiga nimalar kiradi?

2.Qon aylanish tizimi qanday vazifani bajaradi?

3.Yurak qanday tuzilgan?

4.Yurakning ishi nimadan iborat?

5.Yurak avtomatizmi deb nimaga aytiladi?

6.Yurak biotoklari haqida nimalar bilasiz?

Mustaqil ta`lim

Qon aylanish tizimi, yurakning tuzilishi tasvirlangan jadvallar, anatomiya atlasi, model va mulyajlar, darsliklardan foydalanib yurakning tuzilishi, joylashgan o‘rni va qon aylanishi to‘g‘risidagi bilimlarni egallash.



Uyga vazifa

1.Qon aylanish tizimiga oid umumiy tushuncha va yurak mavzularini darslikdan o‘qib kelish.

2.Yurakning joylashishi va tuzilish rasmini daftarga chizib kelish.
Laboratoriya mashg‘uloti Jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir

tizimiga ta`sirini aniqlash
Ma`lumki, tinch holatda bir minutda o‘rtacha 70 marta puls uradi, maksimal arterial bosim 110-120 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm simob ustuniga teng. Jismoniy mashq bajarganda puls soni bir minutda 100-150 martaga va undan ham ko‘payishi mumkin. Maksimal bosim 150-180 mm gacha ortadi. Minimal bosim esa aksincha, 60-40 mm gacha va undan qam pasayadi.

Mashqlar qancha tez bajarilsa, bu o‘zgarishlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Mashqlarni to‘xtatib, 2-5 minut dam olgandan keyin puls soni va arterial bosim vena asliga qaytadi (sog‘lom va chiniqqan odamlarda). Lekin yurak-qon tomir kasaliga chalingan yoki chinakamiga kuchsiz odamlarda mashqlardan keyin puls va bosimning normaga qaytish vaqti 10-15 minutga cho‘ziladi. Bundan tashqari, bunday odamlarda mashqbajarish vaqti yurak o‘ynashi, nafas qisishi, rang oqarishi, bosh aylanishi, o‘zini yomon his qilishi kabi noxush belgilar yuzaga keladi.



Zarur jihozlar: sekundomerli soat, fonendoskop, sfigmomanometr yoki tonometr.

Ishni bajarish tartibi

1.Tajriba o‘tkazish uchun 2-3 o‘quvchi ajratiladi.

2.Ular 5 minut partada tinch o‘tirib dam olgandan keyin pulsi sanaladi va arterial bosimi o‘lchanadi. Tinch holatda olingan natijalar doskaga har bir o‘quvchining familiyasi qarshisiga yozib qo‘yiladi.

3.So‘ngra o‘quvchilar navbat bilan belgilangan jismoniy mashqni bajaradilar (30 s davomida 20 marta o‘tirib-turadilar).



4.Mashq tugashi bilanoq pulsi sanaladi, arterial qon bosimi o‘lchanadi. Olingan natija doskaga-tinch holatdagi natijalar yoniga yozib qo‘yiladi.

5.Uch minut dam olgandan keyin puls va qon bosimi takror o‘lchanib, doskaga yozib qo‘yiladi. Bu natija tinch holatdagiga tenglashishi kerak. Agar tenglashmasa, mazkur o‘quvchining yurak qon-tomir sistemasi chiniqmaganligini ko‘rsatadi.
Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish