Kurs ishiga topshiriq
Kurs ishida reostatli tormoz tizimiga ega o’zgaruvchan tok sakkiz o’qli elektrovozning o’zgarmas tok tortuv elektr mashinalarini boshqarish uchun mo’ljallangan elektr qurilmalar asosiy ko’rsatkichlari va boshqarish tizimi hisobi amalga oshiriladi.
Boshlang’ich ma’lumotlar talabaning jurnaldagi tartib raqami bo’yicha 1-jadvaldan olinadi.
1-jadval
Hisob kitob uchun ma’lumotlar
17-VARIANT
Tortuv elektr motorining nominal quvvati Pmn, kVt
|
O’q yuklamasi Pilash, kN
|
Nominal tezlik Vn, km/soat
|
Nominal kuchlanish Umn, V
|
900
|
240
|
54
|
1100
|
1-bo’lim.
KUCH ZANJIRLARI SXEMASI
Kurs ishida hisoblanayotgan elektrovozning kuch zanjiri sxemasi ВЛ-80C elektrovozi bilan bir xildir. Kurs ishini topshirishda sxemani chizmasdan, I-ilovadagi rasmdan foydalanish mumkin. Sxemada ВЛ-80C elektrovozining asosiy kontroller (ЭКГ-8Ж) kontaktorlarining belgilanishi saqlanib qolingan. I-ilovadagi sxemadagi qolgan elementlar quyidagicha nomlangan:
TQQ – tok qabul qilgich;
YuKA – yuqori kuchlanish ajratgichi;
O’KCh – o’ta kuchlanish cheklagichi;
AU – asosiy uzgich;
Lf, Cf – filtrning drosseli va kondensatori;
AK – asosiy kontroller;
R – razryadnik;
TUA – to’g’rilagich uskuna ajratgichi;
TU – to’g’rilagich uskuna;
SR – silliqlovchi reaktor;
LK – liniya kontaktori;
OD – Motorlar ajratgichi;
ISH – induktiv shunt;
VR – vaqt relesi;
BR – boksovaniye relesi;
Sxemada ko’rsatilgan elektr uskunalarning vazifasi va ishlash prinsipini, elektrovozning tortuv va elektr tormozlash rejimida ishlashini, kuch zanjirlarining himoya qurilmalarining ishlash prinsipini ВЛ-80C elektrovozidan foydalanish qo’llanmasidan o’rganish zarur.
Tortuv rejimida poyezd harakatini boshqarish I-IV tortuv motorlaridagi kuchlanishni o’zgartirish, shuningdek ularning qo’zg’atishini rostlash hisobiga amalga oshiriladi.
I, II motorlar TU1 to’grilagich uskunanning chiqishidan silliqlovchi reaktor SR1 orqali, III, IV motorlar TU2 chiqishidan SR2 orqali ta’minlanadi. To’g’rilagich uskuna kirish qismiga o’zgaruvchan kuchlanish tortuv transformatori T ning ikkilamchi cho’lg’amidan o’tish reaktorlari O’R1, O’R2 va asosiy kontroller AK kontaktlari orqali yetkaziladi. Tortuv transformatorining a1-x1, a2-x2 cho’lg’amlari rostlanmaydigan, 01-1, 02-5 cho’lg’amlari esa rostlanadigan deb ataladi. Asosiy kontrollerning 9,19 kontaktlari ulanishida a1-x1 va 01-1 cho’lg’amlari mos ravishda ulanadi, bunda cho’lg’amlar kuchlanishi qo’shiladi. 32, 33 kontaktlar ulanganda rostlanmaydigan va rostlanadigan cho’lg’amlar qarama-qarshi ulanadi, bunda cho’lg’amlar kuchlanishi ayriladi. Shunga o’xshab a2-x2 va 02-5 cho’lg’amlari 29, 39 yoki 36, 37 k ontaktlar yordamida mos ravishda yoki qarama-qarshi ulanadi.
Rostlanadigan cho’lg’amlar to’rtta bir xil seksiyadan iborat. Birinchi pozisiyada rostlanadigan cho’lg’amning to’rtala seksiyasi rostlanmaydigan cho’lg’amga nisbatan qarama-qarshi ulanadi. Bunda to’g’rilagich uskuna va tortuv motorlariga berilayotgan kuchlanish minimal bo’ladi. 2-pozisiyadan 17-pozisiyagacha kuchlanish rostlanmaydigan cho’lg’amga qarama-qarshi ulangan seksiyalarni sonini kamaytirish hisobiga oshiriladi. 18-pozisiyadan 33-pozisiyagacha rostlanmaydigan cho’lg’amlarga mos qilib ulangan seksiyalar soni ketma-ket ulanib boriladi. Seksiyalarni ulab-uzish asosiy kontroller kontaktlari yordamida amalga oshiriladi. Transformator seksiyalarini ulab-uzishda tortuv motorlari toki oqib o’tuvchi zanjirni uzmaslik, hamda ulab-uzilayotgan cho’lg’amlar seksiyalarining qisqa tutashishini oldini olish maqsadida o’tish reaktorlaridan foydalaniladi.
5-pozisiyada А, Б, 32, 33, 12, 22 va В, Г, 36, 37, 16, 26 kontaktorlar ulanadi.
Beshinchi pozisiyada transformator ikkilamchi cho’lg’amlari va o’tish reaktorlarining soddalashtirilgan ulanish sxemalari 2, a-rasmda keltirilgan. Sxemada cho’lg’amlar boshlari nuqta bilan belgilangan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, cho’lg’amlar shunday guruhlanganki, bunda ikkita o’zgaruvchan kuchlanish manbai U21 va U22 hosil bo’ladi, bunda
U21 = U22 = Unr – 3Us,
bu yerda Unr – rostlanmaydigan cho’lg’am kuchlanishi, Us – seksiya kuchlanishi.
O’tish reaktorlaridagi kuchlanish isroflari deyarli nolga teng, chunki reaktor yarim cho’lg’amlari o’ramlar soni va i1, i2 toklar bir-biriga teng. Reaktorning yig’indi magnitlash kuchi nolga teng, reaktorning magnit oqimi mavjud emas va induktivlik ham nolga teng. Seksiyaning bir chiqishiga reaktor cho’lg’amining boshi va oxiri ulanish rejimi rektorning tok bo’lgichi rejimi deyiladi, chunki reaktorlarning mavjudligi 12 va 22, 16 va 26 kontaktorlari orasida ish tokining teng taqsimlanishini ta’minlab beradi.
2-rasm
Beshinchi pozisiyadan oltinchi pozisiyaga o’tishda 26 kontaktor uziladi, 27 kontaktor ulanadi. Bu holatdagi cho’lg’amlarning ulanish sxemasi 2, b-rasmda keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, U21 kuchlanish o’zgarmadi, U22 kuchlanish esa Unr-2,5Us ga teng bo’lib qoldi, ya’ni 0,5Us ga oshgan. Bu sxemada o’tish reaktori O’R2 avtotransformator vazifasini bajarib, seksiya kuchlanishini teng ikkiga bo’ladi.
Yettinchi pozisiyaga o’tganda U22 kuchlanish o’zgarmaydi, U21 kuchlanish esa 0,5Us ga ortadi va quyidagiga teng bo’ladi:
U21 = U22 = Unr – 2,5Us.
Sakkizinchi pozisiyada U22 kuchlanish 0,5Us ga ortadi, to’qqizinchi pozisiyada U21 kuchlanish 0,5Us ga ortadi.
Ikkala o’tish reaktori tok bo’lgichi rejimida ishlashi, eng iqtisodiy rejim bo’lib, yurish pozisiyasi hisoblanadi. Ko’rilgan misollarda 5 va 9 pozisiyalar yurish pozisiyalari hisoblanadi. Qolgan pozisiyalarda reaktor cho’lg’amlari orqali ish tokidan tashqari qo’shimcha isroflarni keltirib chiqaruvchi magnitlanish toki oqadi. Shu sababdan bu pozisiyalarda ishlash vaqti cheklanishi lozim.
Ko’rib chiqilgan pozisiyadan pozisiyaga o’tishda U21 va U22 kuchlanishning o’zgarishini ketma-ket o’zgarishning vazifasi to’g’rilagich uskunaning o’ziga xos xususiyati bilan bog’liq. To’g’rilagich uskuna klassik ko’prik sxemadan farqli ravishda ko’prikning ikkita yelkasi o’zaro bevosita bog’lanmagan (uzilgan). Elektrovozda foydalanilgan ko’priklar va tortuv motorlarini ta’minlashning soddalashtirilgan sxemasi 3, a-rasmda keltirilgan. Bu sxemada TU1 ning yelkalari VD11-VD41 qilib, TU2 ning yelkalari esa VD12-VD42 qilib belgilangan. TU1 ning yuklamasi sifatida shartli ravishda bitta motor I sifatida, TU2 yuklamasi bitta motor II sifatida ko’rsatilgan. To’g’rilagich uskunalarning B2-B13 nuqtalari muvozanatlagich deb nomlanuvchi o’tkazgich yordamida ulangan. Elektrovozda bu o’tkazgichga qarshiligi deyarli nolga teng differensial rele blokining DRB kuch shinasi ulangan.
Oziqlantiruvchi kuchlanishning 3, a-rasmda U21 va U22 kuchlanishlarning qutbi qavssiz ko’rsatilgan uchun birinchi yarim davrda chap tarafdagi cho’lg’amdan motor I, o’ng tarafdagi cho’lg’amdan motor II oziqlanadi. 3, b-rasmda ushbu yarim davrda motor toklarining oqib o’tish zanjiri ko’rsatilgan. Keyingi yarim davrda (qavs ichida ko’rsatilgan qutblar) motorlarning “kesishuvchan” ta’minoti amalga oshiriladi – chap cho’lg’amdan motor II, o’ng cho’lg’amdan motor I ta’minlanadi (3, c – rasm).
Yuqorida ko’rib chiqilgan asosiy kontroller kontaktlarining ulanib uzilish ketma-ketligigidan ko’rinib turibdiki, barcha toq pozisiyalarda U21 va U22 kuchlanishlar teng, barcha juft pozisiyalarda esa bir-biridan 0,5Us qiymatga farq qiladi. Bunda yondosh pozisiyalardagi to’g’rilangan kuchlanish diagrammasi 4-rasmda ko’rsatilganidek bo’ladi. Motordagi kuchlanish to’g’rilangan kuchlanishning o’rtacha qiymatiga teng bo’lib, pozisiyadan pozisiyaga o’tishda ularning qiymati 0,25Us qiymatga o’zgaradi. Hamma pozisiyada Um1=Um2 bo’ladi. Elektrovoz sxemalari ko’rib chiqilgan sxemalardan bibirnchi ikkinchi pozisiyada farq qiladi. Birinchi pozisiyada rostlanmaydigan va rostlanadigan cho’lg’amlar qarama-qarshi ulanadi va asosiy kontrollerning 11, 15 kontaktlari ulangan bo’ladi. Natijada tortuv motorlari tok oqib o’tish zanjirida o’tish reaktorlarining yarim cho’lg’amlari ulangan bo’ladi. Ushbu yarim cho’lg’amlardagi isroflar hisobiga birinchi pozisiyada tortuv motorlari toki cheklanadi, bu ravon qo’zg’alish uchun talab etiladi. Ikkinchi pozisiyada kontaktor 22 ulanadi va TU1, TU2 chiqishidagi kuchlanish bir yarim davrda O’R1 ning avtotransformator rejimiga o’tishi sababli ortadi. Uchinchi pozisiyada kontaktor 26 ulanadi, O’R2 avtotransformator rejimiga o’tadi va ikkala yarim davrdagi kuchlanish teng bo’ladi.
Har bir tortuv motorining qo’zg’atish cho’lg’amiga parallel ravishda doimo shuntlovchi rezistor ulangan bo’ladi, uning qarshiligi qo’zg’atish cho’lg’ami qarshiligidan 15-20 marta katta bo’ladi. Bunday qo’zg’atish normal deb ataladi. O’zgaruvchan tok elektr harakat tarkiblari uchun qo’zg’atishni susaytirish koeffitsiyenti βnq=0,96÷0,97 ga teng. Tortuv rejimida qo’zg’atishni rostlash qo’zg’atish cho’lg’amiga parallel ravishda rezistor va induktiv shuntdan iborat zanjir ulanish orqali amalga oshiriladi. Rezistor bo’laklarga bo’langan. Qo’zg’atishni susaytirish chuqurligi bo’laklarni kontaktorlar yordamida ulash orqali amalga oshiriladi. Elektrovozda qo’zg’atishni rostlashning uchta pog’onasi ko’zda tutilgan.
4-rasm.
5-pozisiya uchun; b) 6-pozisiya uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |