TORTUV TRANSFORMATORI CHO’LGAMLARI O’RAMLAR SONINI HISOBLASH
Tortuv transformatori cho’lg’amining o’ramlar sonini shunday hisoblaymizki, 33-pozisiyada (rostlanmaydigan va rostlanadigan cho’lg’amlarning mos ulanishi) motorlardagi kuchlanish motorlaring nominal tokida berilgan nominal qiymatga teng bo’lsin.
Motorning kuchlanishi elektrovoz o’zgartirgich uskunasidagi isroflar tokiga bog’liqligi sababli motor tokiga bog’liq bo’ladi. O’zgartirgich uskuna tarkibiga tortuv transformatori, o’zgaruvchan tok rostlash qurilmalari – asosiy kontroller va o’tish reaktorlari, to’g’rilagich uskunalar, silliqlovchi reaktorlar.
Salt yurishda to’g’rilangan kuchlanishning o’rtacha qiymati to’g’rilagich uskunalarga beriluvchi o’zgaruvchan kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati bilan quyidagi ifoda orqali bog’langan
(3.1)
Bu yerda kuchlanishning shartli belgilanishiga o’zgartirgich uskuna yuklama toki nolga teng bo’lgandagi salt yurish rejimini bildiruvchi “0” indeksi qo’shilgan. 33-pozisiya uchun U210 = U220 ni U20n deb belgilab olsak quyidagi ifodani hosil qilamiz
bu yerda – 33-pozisiyada o’zgartirgich uskunadagi kuchlanish isrofi
Kuchlanish isrofining asosiy tashkil etuvchisi ventillarning kommutatsiyasi bilan tushuntiriladi, chunki bu davrda to’g’rilangan kuchlanish nolga teng bo’ladi. Kommutatsiya burchagi transformatorning reaktiv qarshiligi xT va to’g’rilagich ko’prigi yuklama tokiga bog’liq. Bundan tashqari, to’g’rilangan kuchlanishni yuklama ostida pasayishi transformator aktiv qarshiligida rT va silliqlovchi reaktor aktiv qarshiligida rs.r., shuningdek to’g’rilagich ko’prik diodlarida kuchlanish pasayishi deyiladi. Diodlarda kuchlanish pasayishi U20n ga nisbatan juda kichik, shu sababdan hisob-kitob qilishda uni hisobga olmasa ham bo’ladi. Kuchlanish isroflarining yig’indisi to’g’rilangan tokga to’g’ri proporsional. Hisob-kitobda ularni hisobiy sxemada to’g’rilangan tok zanjiriga ulangan ekvivalent qarshilikda Re kuchlanish pasayishi sifatida ko’rsatish qulay (5, a-rasm).
(3.3)
bu yerda – bir to’g’rilagich uskunadan ta’minlanadigan motorlar soni; – 33-pozisiyadagi ekvivalent qarshilik.
Nominal rejim uchun (3.2) va (3.3) ifodalardan
(3.4)
ko’paytmani o’zgartirgich uskunaning bir motorga keltirilgan ekvivalent qarshiligi deb ataladi.
(3.5)
ni hisobga olib, sxemani 5, b-rasmdagi ko’rinishga keltiramiz. (3.4) ifodani ham o’zgartiramiz
(3.6)
(3.6) ifodadan berilgan hisobiy shart – 33-pozisiyada motrning nominal tokida motorning kuchlanishi nominal bo’ishi ta’minlanadigan salt yurish rejimining o’zgaruvchan kuchlanishini aniqlash mumkin.
(3.7)
Keltirilgan ekvivalent qarshilikning o’zgartirgich uskunaga bog’liqligi
(3.8)
va qiymati ikkilamchi cho’lg’amning o’ramlar soniga bog’liq, demak ular pozisiyadan pozisiyaga qarab o’zgarib boradi. 33-pozisiya uchun ushbu ko’rsatkichlarni va deb belgilab quyidagini hosil qilamiz:
(3.9)
Transformatorning nominal reaktiv qarshiligi
= (3.10)
bu yerda – qisqa tutashuv tajribasidan aniqlanadigan foizda berilgan transformatordagi reaktiv kuchlanish isroflari.
(3.10) ifodada 1,25 koeffitsiyent yordamida motor nominal kuchlanishi bilan 33-pozisiyadagi salt yurish o’zgaruvchan kuchlanishi orasidagi munosabatni hisobga olinadi. Shu yerda va orasidagi munosabat ham keltirilgan
Hisoblash uchun o’rtacha qiymatni olamiz
=0.12*0.079=0.009 (3.11)
Silliqlovchi reaktor aktiv qarshiligini ВЛ-80C elektrovozi reaktori qarshiligiga mos keluvchi qiymat 0,007 Omga teng qilib qabul qilamiz.
33-pozisiyada ikkilamchi cho’lg’am o’ramlar soni rostlanadigan va rostlanmaydigan cho’lg’amlar o’ramlar sonini yig’indisiga teng bo’ladi, bu yerda . Birinchi pozisiyada motordagi kuchlanish va orasidagi farqga bog’liq bo’ladi. Ushbu farqni deb belgilaymiz. “21” indeksning ma’nosi – birinchi pozisiyadagi ikkilamchi cho’lg’am o’ramlar soni
(3.12)
Salt yurish rejimidagi transformator cho’lg’amidagi kuchlanish va ushbu cho’lg’amdagi o’ramlar orasidagi munosabatni deb belgilaymiz. qiymati transformatorning quvvatiga bog’liq. Yuk elektrovozlari tortuv transformatorlari uchun V/o’ram. Hisoblashda o’rtacha qiymat V/o’ram ni qabul qilamiz. Salt yurishda birinchi pozisiyadagi o’zgaruvchan kuchlanish quyidagi ifoda orqali aniqlanadi
(3.13)
motor kuchlanishi esa
(3.14)
bu yerda – birinchi pozisiyadagi o’zgartirgich uskunadagi keltirilgan ekvivalent qarshilik; – to’g’rilagich uskuna diodlaridagi kuchlanish pasayishi.
Birinchi pozisiyada ga nisbatan sezilarli bo’lganligi sababli uni e’tiborga olmaslik mumkin emas. Birinchi pozisiyadagi joyidan qo’zg’alish tokiga teng motor tokida taxminan 10 V ga teng bo’ladi.
Birinchi pozisiyada tezlik nolga teng bo’lganda motorning toki 2-bo’limda aniqlangan ga teng bo’lishi zarur. V=0 da bo’lishini hisobga olib (3.13) va (3.14) ifodalardan
(3.15)
hosil qilamiz.
ni hisoblashda ni qabul qilamiz. ning ortishi cho’lg’amlarning qarama-qarshi ulanishida oqimlarning sochilishi ortishi va motor toki oqib o’tish zanjirida o’tish reaktorining yarim cho’lg’ami mavjudligiga bog’liq.
(3.15) tenglama natijasi eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi.
Rostlanadigan cho’lg’am to’rtta seksiyadan tashkil topib, ularning o’ramlar soni tengdir . 33-pozisiyadagi cho’lg’am o’ramlar sonining yig’indisi
(3.18) formuladan hisoblangan natija eng yaqin butun songacha yaxlitlanadi va deb belgilanadi.
33-pozisiyadagi ikkilamchi cho’lg’amlarning hisobiy ( va yaxlitlangan qiymatlarini hisobga olgan holda) o’ramlar soni
=5+8*8=69 (3.19)
Cho’lg’amning bir o’ramiga to’g’ri keluvchi EYuKning hisobiy qiymati
= (3.20)
qiymati va kontakt tarmog’i kuchanishi bo’yicha transformator birlamchi cho’lg’ami o’ramlar soni va 33-pozisiyadagi transformasiya koeffitsiyenti aniqlanadi.
Konstruktiv hisob uchun transformatorning nominal rejimdagi birlamchi va ikkilamchi cho’lg’ami va toklarini bilish lozim. Hisob-kitobni soddalashtirish uchun transformator ikkilamchi cho’lg’ami toklarini shakli to’g’ri burchakli deb qabul qilinadi, bunda o’zgaruvchan tokni ta’sir etuvchi qiymati to’g’rilangan tokga teng bo’ladi. Birlamchi cho’lg’am nominal tokini hisoblashda, ikkilamchi cho’lg’amdan ta’minlanayotgan motorlarning umumiy sonini e’tiborga olish zarur va olingan natijani yordamchi zanjirlar iste’moli va transformator magnitlanish tokini hisobga olish uchun 10% ga oshirish lozim.
O’tish reaktori induktivligi shunday hisoblanadiki, avtotransformator rejimida ishlashida reaktorning magnitlanish toki nominal tog’rilangan tokning 20% ni tashkil etsin. Hisoblash formulasini reaktor cho’lg’amlari aktiv qarshiligi va yuklama ostida seksiya kuchlanishini pasayishini hisobga olmagan holda quyidagi shartdan olsa bo’ladi
bu yerda – reaktorning induktiv qarshiligi; – salt yurishda seksiya kuchlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |