35-rasm
Impulslar bilan bunday almashinish harakat soni vaqtini saqlash qonuni
natijasi hisoblanadi. Ya’ni: “Agar gimnastikachining tanasi ajralgan holda va
tashqi kuch vaqti uning o.m.o‘ (og‘irlik markazi o‘qi) ga nisbatan nolga teng
bo‘lsa, unda butun tananing harakat soni vaqti vaqt o‘tishi bilan uning asosiy
markaziy o‘q inertsiyasiga nisbatan o‘zgarmaydi”
Keltirilgan qonun tayanib burilishni ijro yetishda aniq ko‘rinishda
bajarilmaydi, chunki tayanch a’zolari orqali butun sistemaga ta’sir etuvchi
ishqalanish kuchi vaqti burilishni asta-sekin “so‘ndiradi”. Shunga qaramasdan
harakat soni vaqtini saqlash qonuni yordamida harakat qiluvchi “impulslarni
almashinishi” mexanizmi shu holatda ham o‘zini ko‘rsatishga ulguradi. Buning
eng yorqin shakli siltanuvchi a’zolar ishida kuzatiladi. Burilish yo‘nalishda qo‘llar
bilan siltanish boshida tezkorlik bilan o‘tadi, keyin esa faol tormozlanadi shu
tufayli aralash a’zolar asosiy yo‘nalish bo‘yicha tezlik bilan burilishni boshlaydi.
Burilishni ijro eish mobaynida bunday mexanizm bir necha marta ishlashi
mumkin. Masalan, qo‘llar va oyoqlar bilan siltanish bajarishda oldin qo‘llar bilan
siltaniladi, keyin esa burilish tezligini oshiruvchi xuddi shunday harakat siklini
siltanuvchi oyoq bajaradi. Keyinchalik, burilish paytida “impulslar bilan
almashinish” ham ishtirok yetishi mumkin (masalan, burilish paytida holat
o‘zgarganida). Lekin u odatda harakatning yugurib kelish bosqichidagi kabi
muhim rol o‘ynamaydi.
118
Gimnastikachi tanasi shaklining burilish tezligi bilan bog‘liqligi. Burilish
jadalligi kinetik vaqtda itarilishdan olingan itarilishi samarasiga bog‘liqdir. Kinetik
vaqt (K), yoki harakat soni vaqti, berilgan aylanish o‘qi va tizimning burchak
tezligi (
w
) nisbatan olingan gimnastikachi tanasi inertsiyasi vaqtining (I)
ko‘paytmasiga teng: K=I
w
Gimnastikachi tanasining kinetik vaqti burilishda o‘zgarishsiz qolishga harakat
qilganligi sababli (kinetik vaqtni saqlash qonuniga qarang), tana inertsiyasi vaqti
kattaligi va burchak tezligi orqaga qaytish majburiyati bilan bog‘liq bo‘ladi:
gimnastikachi tanasi inertsiyasi vaqti vertikal o‘qqa nisbatan qancha kam (ko‘p)
bo‘lsa, tananing aylanish tezligi shunchalik ko‘p (kam) bo‘ladi. Gimnastikachi
tanasi inertsiyasi vaqti burilish bajarishda uning holati va tanasining shakliga
bog‘liq bo‘lar ekan, u burilish paytida tananing aylannish tezligiga ataylab yoki
ongsiz ravishda ta’sir ko‘rsatish mumkin. Gimastikachining tana og‘irligini
aylanish o‘qiga yaqinlashishini ta’minlovchi va shunday qilib tana inertsiyasi
vaqtini burilish o‘qiga nisbatan kamaytiruvchi harakati burilishni tezlashishiga olib
keladi. Aksincha, tana og‘irligini aylanish o‘qiga nisbatan uzoqlashishi bilan
bog‘liq holatni o‘zgartirish burilishni sekinlashtiradi.
Bu nuqtai nazardan burilish qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib butunlay to‘g‘rilangan
holatda bo‘lsa juda yaxshi bo‘lgan bo‘lar edi. Bu holatdan chetlashishning har
qanday (masalan, tayanmagan oyoqni ko‘tarish, qo‘l yoki qo‘llarni tushirish, tanani
bukish yoki yozish) bukilishni darhol sekinlashishga olib keladi. Bu sabab bilan
ayniqsa, tana gorizontal holatda joylashib bir oyoqda muvozanat saqlash kabi
holatlarda aylanib burilishlar sekinlashadi.
Burilishda holatni bir necha marta o‘zgarishda tananing aylanish tezligi
shunga muvofiq o‘zgaradi, lekin badiiy gimnastikada bu unchalik yorqin
ko‘rinmaydi, figurali uchishda muzga ishqalanish gimnastikachi oyog‘ining polga
ishqalanishidan kamroq.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |