36-rasm
121
Burilishning ta’riflangan qismini bajarish siltash fazasida siltanuvchi oyoqni
orqaga burilishini (dastlabki) yengillashtiradi. Siltanuvchi oyoq va gavda bilan
kinematik bog‘liq bo‘lgan tayanch a’zolarning burilishi ham mazkur fazadagi
ancha pasayish hisobiga yengillashadi: siltanuvchi oyoqning harakatdan
tormozlanishida gimnastikachining tanasi bir oz ko‘tariladi, tayanchga bosim
kamayadi (hatto irg‘ib turish ham mumkin); sportchi oyoq uchiga turadi
(tayanchga ishqalanishni kamaytiradi) va holatda burilishni bajaradi.
Yakuniy harakat siltashdan keyingi holatni ushlab turish (masalan,
muvozanat saqlash) yoki keyingi keladigan bog‘lovchi harakatlarni bajarish
bilan yakunlanadi.
Ta’riflangan burilish turlari (tasniflashga qarang) oyoqni siltash orqali har
qanday mumkin bo‘lgan yo‘nalishda bajariladi. O‘ziga hosligi shundaki, orqaga
siltashda burilish har tomonlama emas, balki bir tomonlama, gimnastikachining
soni burilishning asosiy bosqichida “ochilmaydi” aksincha, “yopiladi”. Va nihoyat
yonga siltash bilan burilish ikki yuqorida keltirilganlarga solishtirilganda texnik
tomondan oraliq harakat varianti hisoblanadi.
Aylanib siltanish va depsinish bilan burilishlar mazkur guruhning eng
murakkab harakati bo‘lib, bunda burilish tanani vertikal o‘qi atrofida aylanib,
burilish vaqtida tananing burchak yo‘li 720
0
va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
Bunday xil burilishlarning tizimini umumiy, ya’ni sakrashdagi depsinish
sxemasiga yaqin bo‘lgan sxemaga bo‘ysunadi. Bu mashqlarni 4 harakat bosqichiga
ajratish mumkin.
Tayyorgarlik bosqichi qo‘llarni bir vaqtda yoki ketma-ket orqaga siltash bilan
depsinish uchun eng qulay (va ifodali) holatni egallash bilan bog‘liq. Bunday
dastlabki holatlar, masalan, II, IV holatlar (katta burilishlarda, 41-rasm 1,2-
kadrlar) va h.k. qo‘llari siltashga tayyorlanayotganda yonga, siltashga teskari
tomonga harakatlantiriladi.
Asosiy bosqich tanani vertikal o‘q atrofida burilishga chaqiradigan harakatdan
iborat. Bunday qo‘llar bilan hamda tayanmagan oyoq bilan siltanish harakati
122
tezligini oshirish kerak. Siltanish harakati bilan birga tayangan oyoqda (oyoqlarda)
itarilish bajariladi, natijada tayanch reaksiyasining “buralma” vaqti kuchini keltirib
chiqaradi. Keltirilgan harakatlar tuzilishi bo‘yicha har doim ham bir hil
bo‘lavermaydi. Tuzilishi va texnikasi bo‘yicha turlicha bo‘lgan burilishda ular
xuddi bir nechta harakat davrlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Amalga oshirish bosqichi bir yoki kam hollarda ikki oyoqda burilishni o‘z
ichiga oladi. Mashqning bu qismida gimnastikachining tanasi inertsiya bo‘ylab
harakatlanadi. Bunda uning holati oldinga qo‘yilgan sport va badiiy vazifa
bo‘ysungan holda o‘zgarishi mumkin. Tashqi ishqalanish kuchi vaqti harakati
ostida tananing kinetik vaqti so‘zsiz kamaysada, burilish tezligi shunga muvofiq
kamayadi yoki ko‘payadi.
Mazkur turdagi burilishlarning yakuniy bosqichi burilishni to‘xtatish va
biriktiruvchi harkatlarni bajarish bilan bog‘liq. Odatda bunday ikki oyoqda tik
turish holatiga tana tezlik bilan aylanishdan to‘xtab ishqalanish kuchi vaqti sodir
bo‘lganda kelinadi. Yakuniy bosqich boshqacha harakat shaklida ham bo‘lishi
mumkin, ya’ni, ishqalanish kuchi tezlik bilan emas, balki asta sekin burilishni
to‘xtatadi. Bunday “so‘nib boruvchi” burilishni muvozanat holatida, baland oyoq
uchida tik turib va h.k.larda inertsiya bo‘yicha sekin aylanib bajarish mumkin.
Mazkur guruhga taalluqli, eng o‘ziga xos burilish texnikasini qisqacha ko‘rib
chiqamiz (tavsifga qarang).
Kichik burilishlar tayanmagan oyoq tizza yoki boldir panja bo‘g‘imidan
bukilgan holatda bajariladi (38 a,b rasm). Ular bir tomonlama (tayanch oyoq
tomonga burilish, a) yoki turli tomonlama (b) bo‘lishi mumkin. Burilish tayanch
oyoqning baland oyoq uchlarida bajariladi. Bu ishqalanishni maksimal darajada
kamaytiradi, aylanish tezligini oshiradi, harakat suratini ancha aniq, nafis qiladi.
Odatda tayanch oyoq burilish oxirida yarim cho‘qqayish holatiga keladi (tovon
polga tekkanidan keyin), tayanmagan oyoq esa bukilgan holatidan II (III,IV)
holatga oyoq uchidan butunlay oyoq kaftiga qo‘yiladi. Burilish paytida qat’i qad-
qomat ushlab turiladi, gavda “tortilgan” yig‘ilgan, yelkalar tushirilgan, orqa
123
mushaklar taranglashgan. Bunday burilishlardagi o‘ziga xos elementlar bosh bilan
harakatlanish hisoblanadi. Gavdani burilishi muttasil, uzluksiz harakterga ega
bo‘lganda, bosh bilan tez-tez “irg‘ishsimon” harakatlanish, keyin holatni
o‘zgartirish ko‘rinishiga ega bo‘ladi: tayyorgarlik bosqichida bosh to‘g‘ri
ushlanadi, gorizontal yo‘nalishga nazar tashlanadi va siltanish tormozlanish
boshlangunicha shu holatni ushlab turadi. Amalga oshirish bosqichida tana
butunlay burilishni boshlaganida, bosh darhol tezkor ilgarilash harakati bilan
burilishning mo‘ljal qilingan yakuniy holatiga buriladi (yoki burilish 320
0
dan ko‘p
bo‘lsa, uning birinchi sikliga). Bu vaqtda burilishning yakuniy holatiga nuqtaga
qaraladi (yoki uning birinchi sikliga).
Katta burilishlar vertikal, oldinga, yonga va orqaga muvozanat saqlash asosida
bajariladi. Bunday holatlarda aylanish 720
0
va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Ular
ham kichik burilishlar kabi bir tomonlama yoki har tomonlama bo‘lishi mumkin.
Burilish paytida holatni o‘zgartirib, katta burilishni kichigiga aylantirish va
teskarisini, shu bilan birga amalga oshirish bosqichida muvozanat holatini umuman
o‘zgartirib yuborish mumkin.
37-rasmda attitude holatida va bir oyoq oldinda turib bajarilayotgan 720
0
ga
(chapga) bir tomonlama burilish ko‘rsatilgan. Burilish quyidagi harakatlarni o‘z
ichiga oladi.
Tayyorgarlik bosqichi. 1-faza – “orqaga siltash” (1-2-kadrlar). Tashlanish
holatida turib o‘ng oyoq oldinda, gimnastikachi o‘ng qo‘lini yelka balandligida
qoldirib bukadi. Bir vaqtning o‘zida chap qo‘l ham bir oz orqaga harakatlanadi.
Asosiy bosqich. 2-faza – “qo‘llar bilan aylanma siltanish”. Orqaga siltash
holatida (2-kadr) gimnastikachi gavdani ham shu tomonga aylantirgan holda o‘ng
qo‘lini tezkorlik bilan “otadi”. Mazkur faza paytida chap oyoq qo‘llarni siltash
bilan sinxron bo‘lib itarilishni bajaradi. Itarilish shunday bo‘lishi kerakki, u bir
tomondan tana og‘irligini o‘ng tomonga o‘tishini (burilish bajariladigan tomon
atrofida) va ikkinchi tomondan zaruriy aylanma impulsini ta’minlasin.
124
3-faza – “qo‘l bilan siltashning tormozlanishi va chap oyoqni qo‘yib
yuborish”. Gimnastikachi gorizontal holatdagi qo‘l harakatini yelka kamari
mushaklari kuchi bilan tormozlantirib aylanma impulsni butun tanaga o‘tkazadi
(3-4-kadrlar). Bu fazada burilish tayanch oyoq hisobiga qimirlamaydigan oyoq
kaftida bajariladi. Shuni ta’kidlash mumkinki, burilishning asosiy harakatlarini
keltirilgan harakatlar bilan ham chegaralash mumkin edi. Lekin tayanmagan oyoq
bilan siltanishsiz burilish bo‘lar edi. U holda chap oyoq qo‘yib yuborilgandan
keyin tana inertsiya bo‘yicha berilgan holatning oxirigacha harakatlanishi mumkin.
4-faza – “tayanmagan oyoq bilan aylanma siltanish”. Gimnastikachi qo‘llarni
siltab, ularni yonga ko‘tarilgan holda qoldirib (4-kadr) va shu zahoti tayanmagan
oyoqda siltanishni boshlaydi. Gorizontalga yaqin holatda ko‘tarib, chap oyoq
orqadagi holatdan tezkor ilgarilash harakati bilan yonga (5-kadr) va keyin oldinga
ko‘tarilgan holatga o‘tkazadi. Mazkur fazada shunisi o‘ziga hoski, tayanch oyoq
kafti tayanchga tirkalishni ta’minlab, qimirlamay turadi. Faqatgina
shunday holatda oyoqni siltash gimnastikachi tanasiga burilishni
tezlashtiruvchi qo‘shimcha aylanma impuls to‘g‘risida xabar berishi mumkin.
5-faza – “siltanuvchi oyoqning tormozlanishi va burilishning inertsiya
boshlanishi”. Oyoq harakatini tos kamari mushaklari kuchlanishi bilan to‘xtata
turib, gimnastikachi “chap oyoq oldinda” holatini saqlab turadi (5-6-kadrlar).
Bunda oyoq bilan aylanma siltanish hisobiga olin-gan aylanma impuls burilish
tezligini ko‘tarib (yoki qo‘llab quvvatlab) oldingisiga qo‘shi-ladi. Bu fazada (shu
bilan birga yuqoridagi fazalarda) gimnastikachi
harakatining boshqa natijasi oyoq uchiga o‘tish hisoblanadi (6-kadr). O‘ng oyoqda
siltanish qat’i gorizontal bo‘lmaganligi va pastdan yuqoriga yo‘naltirilganligi
sababli (3-6-kadrlar) shu siltanishni tormozlantirish fazasida. Gimnastikachi
tayanch oyoqni yana ko‘taradi, tayanchga bo‘lgan bosim kamayadi va sust
(inertsion) burilishga to‘sqinlik qiladigan tashqi ishqalanish kuchi vaqti kamayadi.
Amalga oshirish bosqichi. 6-faza – “chap oyoq oldinda holatida aylanish”.
Harakat inertsiya bo‘yicha sodir bo‘ladi. Gimnastikachining tanasi to‘g‘ri va
125
Do'stlaringiz bilan baham: |