Kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Texnika asoslari va tuzilishi



Download 5,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/90
Sana13.04.2022
Hajmi5,83 Mb.
#549514
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
fayl 1633 20210826

 
4.6.2. Texnika asoslari va tuzilishi 
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda burilishlarning barcha turlari 
tayanchdan depsinishga asoslanadi. Bunda burilish o‘qiga nisbatan zarur aylanma 
harakatni chaqiruvchi tashqi kuch vaqti paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda buning uchun 
oyoq bilan yoki tayanchdan depsinish qo‘llaniladi. Lekin, burilishlar turlarida 
depsinishning umumiy mexanizmi turlicha amalga oshiriladi. Bu yerda 
tayanchning xarakteri, tayanmagan a’zolar bilan siltanish harakatlarini mavjudligi 
va jadalligi, tanani vertikal o‘q atrofida tekis burilishga erishish zarurati va 
imkoniyati va boshqa omillar rol o‘ynaydi. Quyida burilish texnikasiga taalluqli 
bo‘lgan ba’zi asosiy holatlar ko‘rib chiqiladi.
Burilishdagi depsinish mexanizmi sakrashdagi depsinishga juda o‘xshash 
(27-rasmga qarang). Farqi shundaki, burilishda gimnastikachi tanasini harakatga 
keltiruvchi tayanch reaksiyasi kuchi yelkalarga ta’sir etadi va tanaga ko‘chuvchi
yoki ulama emas (sakrashdagi kabi), balki berilgan o‘q atrofida aylanma harakat 
to‘g‘risida xabar beradi. Gimnastikachi tanasiga tayanch reaksiyasi kuchi vaqtining 
ta’sir jarayoni 34-rasmda oddiyroq qilib ko‘rsatilgan. Gimnastikachi qo‘l bilan 


115
chapga aylanma harakat qila turib va bir 
vaqtning o‘zida gavdani aylanishga tortib,
o‘ng oyoqda o‘ngga-orqadan depsinadi. Bunda 
oyoq qandaydir, kuch (F) bilan tayanchga
ta’sir ko‘rsatadi, tayanch esa unga reaksiya 
(Ft) bilan “javob beradi”. Oxirgi bo‘lg‘usi 
burilish tomoniga yo‘naltiriladi va tayanch 
a’zosiga 
qo‘llaniladi . 
Gimnastikachi
bunday depsinish jarayonida chap oyoqda 
aylanish-ga tayyorlanib tana og‘irligini unga
34-rasm
o‘tkazadi. Shunday qilib tayanch reaksiyasi Ft 
vektori yelkaga R ga ta’sir ko‘rsatadi va o‘q O atrofida aylanishga chaqiradigan 
tayanch reaksiyasi kuchi vaqtini Ft∙R hosil qiladi.
Shunday burilishlar borki, na u, na boshqa oyoq tana aylanishda o‘q bilan 
to‘g‘ri keladi. Bularga misol, chalishtirilgan holatdan ikkala oyoqda burilish. 
Bunday holatda oyoq kafti orasida joylashgan o‘q atrofida aylanishga chaqiradigan
qo‘shaloq kuch vaqti vujudga keladi.
Aylanma depsinish samarasi kuch vaqti impulsiga bog‘liq. Kuch vaqti
impulsi (S) kuch vaqtini (M) uning harakat qilish vaqti (t) ko‘paytmasiga teng:
S=M∙t
 
Shunday qilib, gimnastikachi oyog‘i bilan qancha kuchli va uzoq depsinsa, 
burilish ham shuncha faol bo‘ladi. Ta’riflangan depsinish tuzilishiga ko‘ra ikkita 
harakat fazasiga bo‘lishi mumkin: ulardan biri – tayanmagan a’zolar bilan burilish 
tomonga siltash bilan bir vaqtda “aylanma harakat” beruvchi oyoq bilan depsinish. 
Ikkinchi fazada siltanuvchi a’zolar harakati tormozlanadi va harakat (harakat soni 
vaqtini saqlash qonuni bo‘yicha) unga yaqin a’zolarga o‘tadi, undan keyin 
burilishga tayangan a’zolar jalb qilinadi.
Tayanmagan a’zolarning siltanish harakatlari burilishda muhim rol o‘ynaydi. 
Tayanmagan a’zolar bilan harakatlanish tayangan a’zolar harakati bilan o‘zaro 


116
bog‘liq holda ko‘rilishi kerak va siltanib burilish mexanizmining ajralmas 
bo‘lagidir: siltanuvchi a’zolarning harakati (qo‘l, tayanmagan oyoq, shu bilan birga 
mazkur holatga safarbar qilingan tana segmentlari) burilishning tanani aylanishi 
boshqa, tayanchga yaqin joylashadigan a’zolarga o‘tgandan keyingi birinchi faol 
fazasi hisoblanadi. Siltanuvchi a’zolar ishga tushgandagi burilish jadalligi birdan 
o‘sadi. Burilishdagi siltanuvchi harakatlar samarasi nafaqat harakat quvvatiga, 
balki siltanish harakatining joylashish harakteriga ham bog‘liqdir. Aylanma 
siltanishda tayanmagan a’zolar harakati burilishni bajarishga qancha ta’sir 
ko‘rsatsa, siltanishda a’zolar harakati tekisligi burilish tekisligiga shuncha mos 
keladi. Gorizontal tekislikda aniq bajariladigan siltanishda siltovchi a’zolardan 
tayanch a’zolarga aylanma harakatni o‘tishi maksimal bo‘ladi. Buni amalga 
oshirish uchun, masalan qo‘l bilan tezroq siltanishni (depsinishning 1 fazasiga 
qarang) qo‘llar yonda bo‘lgan holatdan bajarish. Xuddi shunga o‘xshab oyoqni 
ham gorizontal holatgacha ko‘tarib (oldinga, yonga) bajarish mumkin.
Bunday holatlarda, qachonki siltash vertikal tekislikda bajarilganda, 
tayanmagan qo‘l yoki oyoq harakatidan burilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
foydalanib bo‘lmaydi. Bu yerda impulsning o‘tishi nolga teng, chunki siltashda 
tayanmagan a’zolarning aylanishi va burilishda tananing aylanishi bir-biriga 
nisbatan 90
0
burchakda joylashgan o‘q atrofida amalga oshiriladi. 
Real holatda vertikal o‘q atrofida burilishning faol qismi bilan bog‘liq qo‘l va 
oyoq bilan siltanish harakatlari hech qachon gorizontal yoki vertikal tekislikda 
bajarilmaydi. 35-rasmda siltanuvchi chap oyoq burilishda orliq tekislikda 
harakatlanib pastdan yuqoriga siltanib ko‘tarilmoqda. “Idealga yaqin” mazkur 
holatda qo‘l harakati deyarli har doim gorizontal tekislikda joylashadi. Yakuniy 
xulosada siltash samarasi gorizontal tekislikdagi siltanuvchi a’zoning aylanma 
harakati 
vektor-vaqti 
chizig‘i
 
bilan 
aniqlanadi. 
Burilishdagi 
aylanish 
impulslarining “almashinish” siltanib burilishda gimnastikachining holati faol 
holat hisobiga bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Bunday holatlarda tana 


117
a’zolarining aylanma harakati tezligi ham o‘zgaradi va “aylanish impulslari bilan 
almashadi”. 

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish