Bellashuv o‘rtasidagi tanaffusda massaj
Agar trenirovka jarayonida sportchilar ish kobiliyatini tiklash tizimida umumiy massajning ta’siri avvaldan o‘rganib kelingan va u keng tarkalgan bo‘lsa, bevosita bellashuvlar o‘rtasidagi tanaffusda ish kobiliyatini oshirish muammosi etarlicha o‘rganilmagan. Bu bellashuvning davom etish vakti, bellashuvlar o‘rtasidagi va bellashuvlardagi dam olish tanaffuslari davomiyligini tartibga soluvchi koidalarning ko‘p marta o‘zgartirilishi bilan tushuntiriladi.
Kiska dam olish ichida murakkab turnir vaziyati va ruxiy zo‘rikish sharoitlarida sekundantlik kilish, ko‘pincha esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xamda tiklanishga ko‘maklashish masalalarini xal etish lozim.
Bir kator mutaxassislar tomonidan (V.A.Geselevich, G.K.Bakushev, I.E.Davletshin) bellashuv tanaffusida kuyidagi tiklanish tadbirlari sxemasi tavsiya kilinadi. Bellashuv davri tugagandan so‘ng kurashchi stulga o‘tiradi va unga suyanadi. Oyoklar tekislanadi, bo‘shashtiriladi, tovonlar polga (gilamga) tegib turadi.
Trener, massajchi yoki tayyorlangan sportchi ko‘li bilan navbatma-navbat kurashchi oyoklarini ko‘tarib, elkasiga joylashtiradi. Ko‘llarni bo‘shashtirishga esa ularga gorizontal xolat berish bilan erishiladi. Buning uchun massaj kiluvchi iloji boricha stolga yakin kelib, tizzalarida turadi.
Faol va sust giperventilyasiya xamda kurashchi yuzi va gavdasini xo‘l sochik bilan artishdan so‘ng yukori elka kamaridan massaj kilishni boshlash lozim. Asosiy usullari - yarim aylanali, navbatma-navbat ukalash. Usullar ikki ko‘llab bajariladi (ko‘l kaftlari bir-biriga parallel joydashtiriladi va karama-karshi tomonga xarakatlantiriladi). SHu usul ikki va uchboshli elka mushaklarini massaj kilish uchun xam foydalaniladi.
Elkani bukuvchi va yozuvchi mushaklar uchun ukalash usuli ko‘llaniladi. Massajchi uni tik turgan xolda ikkala ko‘l kaftini parallel xolda uzatib, karama-karshi tomonga xarakatlartiradi.
Ishlagan mushaklarning zo‘rikish (“shishib ketish”) darajasiga karab, ko‘ndalangiga bitta yoki ikkita ko‘l bilan to‘xtovsiz ukalash ko‘llaniladi. Muayyan xolda (bellashuv davrida) asosan nagruzkani ko‘taradigan oyok-ko‘llarga (mushaklar guruxiga) engil massaj ko‘laniladi. YUzaki silashdan so‘ng chukur kamrovchi silashni bajarish mumkin. Oyok-ko‘llar sezilarli darajada shishgan va mushaklar zo‘rikkan paytda xamda vakt etarli bo‘lsa, elka yana bir bor ukalanadi. Ukalashdan so‘ng siltash bajariladi.
Elkani bukuvchilar va yozuvchilar ko‘prok shishadi. Bu ko‘pincha keskin oјriklar va kuch imkoniyatlari xamda ish kobiliyatining susayishi bilan kuzatiladi. Ushbu xolat kurashchilarda birinchi bellashuvdan so‘ng, ayniksa, ko‘prok vaznni yo‘kotish paytida xamda suv-tuz almashinuvi buzilganda, kam xarakatli bellashuvlarda, ushlab olish uchun kurashishda yuzaga keladi.
Ko‘llarni massaj kilishdan so‘ng (vakt etarli bo‘lgan takdirda) buyinni massaj kilish usullari bajariladi. Massaj kiluvchi kurashchi o‘tirgan stul orkasida turib, ko‘llarini olmasdan ensa va bo‘yin yuzasini elka usti tomon shoshilmay silaydi (2-3 usul).
Keyin o‘pkalarning sustgina giperventilatsiyasi bajariladi. Stul orkasida turgan xolda massaj kiluvchi bo‘shashtirilgan ikkala ko‘llarni tirsaklaridan ushlab, ularni yukoriga ko‘taradi (“nafas ol” deb) va pastga tushiradi (“nafas chikar” deb).
Oyoklarni massaj kilish tanaffuslarda kamdan-kam bajariladi. Aloxida xollarda ukalash va siltash usullari ko‘llaniladi.
Bellashuv tanaffusidagi massaj juda nozik va murakkab ishdir. U massaj kilayotgan shaxsdan katta bilim, xar tomonlama tayyorgarlik va muntazam ijod kilishni takazo etadi.
Tiklanish tadbirlarining samaradorligi ikkita massajchining o‘zaro kelishilgan ishi bilan kuchaytirilishi mumkin. Trener-sekundant ikkinchi massajchi bo‘lishi mumkin. U bir vaktning o‘zida tegishli ruxiy terapiyani olib boradi, bellashuvning keyingi taktikasi to‘јrisida ko‘rsatmalar beradi va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |