Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.5.Olimpiada O’yinlari 
Nizomga  ko’ra,  Olimpiya  o’yinlari  4  yilda  bir  marta  o’tkaziladi  va  barcha 
mamlakatlarning xavaskor sportchilarini teng huquqli, xalol musobaqaga jamlaydi. 
Olimpiya o’yinlarida mamlakatlar yoki ayrim shaxslarning irqiy, diniy yo siyosiy 
tomondan kamsitilishlariga aslo yo’l qo’yilmaydi. 
Yozgi Olimpiya o’yinlari 15 kun, qishki Olimpiya o’yinlari esa 10 kun (1992 
yildan boshlab 15 kun) davomida o’tkaziladi. 


Bu  o’yinlar  mamlakatlar  o’rtasida  emas,  sportchilar  o’rtasida  o’tkaziladigan 
musobaqalardan  iborat.  Olimpiya  o’yinlari  XOQ  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi 
tomonidan  tan  olingan  XOQ  ka,  ya’ni  Milliy  Olimpiya  qo’mitasiga  ega  bo’lgan 
mamlakatlarninggina  fuqarosi  (o’z  mamlakatining  bayrog’i  ostida)  ishtirok  etish 
huquqiga  ega  bo’ladi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  hukumati  barqaror  bo’lgan 
mamlakatlardagi XOQ kina tan olinadi. 
Olimpiya o’yinlarini mamlakat emas, balki shahar ma’muriyati tashkil qilish 
sharafiga  muyassar  bo’ladi.  Shaharni  esa  faqat  MOK  –  Xalqaro  Olimpiya 
qo’mitasi  tanlaydi.  O’yinni  o’tkazish  haqidagi  istaknoma  o’yin  boshlanishidan  6 
yil  oldin  beriladi.  Bu  istaknomani  mazkur  mamlakatdagi  MOK  –Milliy  Olimpiya 
qo’mitasi  ma’qullaydi  va  o’yinlarni  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi  talablariga  amal 
qilgan holda o’tkazishga kafolat beradi. Olimpiya o’yinlari, boshqa hyech qanday 
xalqaro  yoki  milliy  tadbirlar  (ko’rgazmalar,  yarmarkalar  va  hokazolar)ning  dahli 
bo’lmagan mustaqil musobaqalar sifatida o’tkaziladi. 
Olimpiya  o’yinlaridan  tushgan  daromad  XOQka  –  Xalqaro  Olimpiya 
qo’mitasiga to’lanadi va shu mablag’ albatta Olimpiya harakatini rivojlantirish va 
havaskorlik sportining ravnaqi uchun sarflanadi. 
Olimpiya o’yinlarida qatnashishga ijozat olmoqchi bo’lgan sportchi an’anaviy  
Olimpiya  ruhiga  va  Olimpiya  ahloqiga  (etikasiga)  sodiq  bo’lmog’i  kerak:  uning 
uchun  sport  hyech  qanday  moddiy  daromad  keltirmaydigan  qo’shimcha 
mashg’ulot  bo’lishi  kerak.  Sportchi  sportdan  tushadigan  daromad  hisobiga  yoki 
shunday daromadga qaram bo’lib yashay olmaydi, uning asosiy mashg’uloti, ya’ni  
kundalik  hayotini  va  istiqbolini  ta’minlay  oladigan  biron  kasbi.  Hunari  bo’lishi 
kerak.  Bundan  tashqari  xalqaro  uyushmaning  qonunlariga  rioya  qilish  va  ularni 
bajarish  sportchi  uchun  farz  va  qarzdirki,  bu  uyushma  har  qaysi  sportchi 
shug’ullanadigan sport turini nazorat qilib turadi. 
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi – XOQ Olimpiya O’yinlari qatnashchilarini yosh 
jihatidan, mutlaqo cheklamaydi. Buning isboti uchun quyidagi misollarni keltirish 
mumkin: ketma-ket 5 ta Olimpiya O’yinida qatnashganlar: 1. Igor Ter-Ovenesyan 
(uzunlikka sakrash bo’yicha) – 1956, 1960, 1964, 1968, 1972 yillarda; 2. Vladimir 


Golubnichiy  (sportcha yurish bo’yicha) – 1960, 1964, 1968, 1972, 1976 yillarda; 
3. Konstantin Melkumov (yelkanli sport) – 1952, 1956, 1960, 1964, 1968 yillarda. 
Ko’p  sportchilar  (masalan,  Krovopuskov,  Rodnina,  Tretyak,  Saneyev,  Kulakova, 
Karelin, Taymazov va boshqalar) 4 tadan Olimpiya o’yinlarida ishtirok etishgan. 
Olimpiya  o’yinlari  dasturiga  kiritiladigan  sport  turlari  kamida  75  ta 
mamlakatda joriy qilingan bo’lishi shart. Hamda erkaklar va ayollar o’rtasida qit’a 
va jahon chempionatlari muntazam o’tkazilish lozim. 
Olimpiya  o’yinlarining  XOQ  tomonidan  tasdiqlangan  tashkiliy  qo’mitasi 
nafis  san’at  (me’morlik,  adabiyot,  musiqa,  tasviriy  san’at,  sport  filateliyasi  va 
boshqalar)  bo’yicha  ko’rgazmalar  uyushtiradi  va  ularni  o’tkazish  muddatini 
aniqlaydi. Olimpiyaning  san’at dasturiga teatr, balet, opera tomoshalari, simfoniya 
konsertlari ham kirishi mumkin. 
Olimpiya  o’yinlarida  qatnashmoqchi  bo’lgan  mamlakatdagiMilliy  Olimpiya 
qo’mitasi  o’yinlar  boshlanishidan  kamida  8  xafta  oldin  istaknoma  yozib,  o’z 
sportchilari  musobaqa  paytida  ijro  etadigan  sport  turlari  ro’yxatini  va  o’yinlar 
boshlanishiga 10 kun qolganda musobaqa ishtirokchilari ro’yxatini beradi. Hamma 
istaknomalar  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi  –  XOQ  ning  maxsus  varaqalarida 
bosilmog’i shart. 
Har  bir  istaknoma  varaqasida  Olimpiya  o’yinlariga  qatnashish  shartlari 
yozilgan  bo’ladi  va  o’yinga  qatnashuvchi  har  bir  sportchi  bu  shart  matni  bilan 
tanishib chiqib, uning tagiga imzo chekadi. 
O’yin  paytida  musobaqaga  qatnashuvchi  sportchilarning  va  mamlakat 
vakillarining  kiyimlarida  albatta  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi  tomonidan 
tasdiqlangan o’z mamlakatlarining faqatgina bayrog’i yoki nishoni tasviri bo’lishi 
kerak. 
XOQ,  Olimpiya  o’yinlari  masalalarini  hal  qiluvchi  eng  oliy  darajadagi 
tashkilot  bo’lsa  ham,  sportning  tegishli  turlari  bo’yicha  texnikaviy  nazorat  qilish 
huquqini xalqaro uyushmalarga havola qiladi. 


Barcha  stadionlar,  suv  havzalari,  treklar  (velosipedpoygasi  uchun 
mo’ljallangan  doira  maydonlar),  masofalar,  sport  anjomlari  uyushma  talabiga 
javob bera olishi lozim. 
Sportning har bir  turi  bo’yicha hakamlar, bosh  hakam  (referi), hakamlarning 
yordamchilari,  sekundomerchilar,  hakamlar  hay’ati  a’zolari  va  boshqalar  tegishli 
xalqaro  uyushmalar  tomonidan  tayinlanadi  va  bu  uyushmalar  tashkiliy  qo’mita 
bilan  birgalikda  yuqoridagi  nomlari  sanab  o’tilgan  shaxslarning  faoliyatini  
boshqaradilar.  Olimpiya  hakamlari  nihoyat  darajada  adolatli  va  xolis  bo’lishlari 
kerak. Shuning uchun Xartiya (Olimpiyaning eng  muhim nizomi) o’yin qoidasiga 
hakamlar qasamini ham kiritishga qaror qiladi. 
XOQning  ijroiya  qo’mitasi  –  shikoyat  arizalarini  ko’ruvchi  eng  oliy  hay’at 
hisoblanadi,  bu  hay’at  texnika    sohasiga    taalluqli  bo’lmagan  barcha  munozarali 
masalalarni hal qiladi. 
Olimpiya  nizomi  qoidalarini  qasddan  buzgan  o’yin  qatnashchisi  sportdagi 
ixtisosidan hamda martaba va unvonlaridan mahrum etiladi. 
Olimpiya o’yinlarining mukofotlari faqat medal-u diplomlardan iboratdir. 
Shaxsiy musobaqalarda beriladigan birinchi sovrin quyidagicha:  
a. oltin (tilla suvi  yuritilgan kumush) medal va diplom; 
b. kumush medal va diplom; 
v. birinj (bronza) medal va diplom; 
Darvoqye,  gimnastikachi  Larisa  Latinina  Olimpiya  medallarini  eng  ko’p 
olgan (18 ta) sportchidir. Boshqa sport musobaqalarida ham eng ko’p medal olgan 
shu  Latinanadir  (18  ta  Olimpiya  o’yinida,  14  ta  jahon  chempionligida,  14  ta 
Evropa chempionligida, 36 ta mamlakat chempionligida. Bu medallarning 36 tasi – 
oltin,  31  tasi  –  kumush,  15  tasi  –bronza.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  1991  yilda 
Latinina birinchilar qatorida «Olimpiya nishoni» bilan mukofotlandi.  
Olimpiya  medalida  sport  turi  tasvirlangan.  4-6  o’rinlarga  sazovor  bo’lgan 
sportchilar  faqat  diplom  bilan  taqdirlanadilar.  Jamoalar  musobaqasida  turgan 
gapki, jamoaning har biri a’zosi mukofotlanadi. G’olib sharafiga uning mamlakati 
bayrog’i ko’tariladi va davlat madhiyasi ijro etiladi. Barcha g’oliblarning nomlari 


o’yinlar  o’tkazilgan  o’yingohlarning  devorlariga  o’yib  yozi  qo’yilishi  kerak. 
Barcha  o’yin  qatnashchilari  rasmiy  shaxslar,  hakamlar  esdalik  medallari oladilar. 
O’yingohlarda  Olimpiya  bayroqlari  va  Olimpiya  o’yinlarida  ishtirok  etayotgan 
mamlakatlarning  bayroqlari  osiladi.  Katta  Olimpiya  bayrog’i  asosiy  o’yingohda 
butun  o’yinlar  davomida  osilib  turadi  va  Olimpiya  o’yinlarining  yopilish 
marosimidan keyin tushiriladi. Olimpiya bayrog’i – 5 ta qit’a timsolini ifodalovchi 
5  ta  Olimpiya  halqasi  (havo  rang,  sariq,  qora,  yashil,  qizil)  tasviri  tushirilgan  oq 
matodir. Olipiya qoidasida o’yinlarning ochilish va yopilish marosimi qayd etilgan. 
Ochilish  marosimi  paytida  Olimpiya  olovi  yoqiladi,  yopilish  paytida  esa 
o’chiriladi. Olimpiya o’yinlarining shiori «Tezroq, balandroq, kuchliroq».  
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi – XOQ qoshida rasmiy matbuot xizmati bo’lib, u 
yiliga  4  marta  «Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasining  axboroti»  majallasini  chiqarib 
turadi. XOQ faoliyati tasarrufida yana Xalqaro Olimpiya akademiyasi bo’lib, 1949 
yilda  tashkil  topgan  bu  akademiya  Olimpiyada  (Yunoniston)  joylashgandir. 
Akademiyaning  vazifasi  –  «Olimpiya  o’yinlarining  ijtimoiy,  badiiy,  ahloqiy  va 
ma’naviy  ahamiyati»ni  o’rganish  va  targ’ib  qilishdan  iborat.  Olimpiya  o’yinlari 
dastavval Kronos tog’i etagidagi (Yunoniston) Alfeya daryosi bo’yichagi Olimpiya 
nomli  kichik  shaharchada  boshlangan.  Bu  qishloqda  qadimgi  davrda  sport 
musobaqalarni o’tkazish uchun o’yingoh bunyod etilgan, Kronos tog’ining bag’ri 
tomoshabinlar uchun tomosha ko’rish joyi (tribuna) vazifasini o’tagan. «Olimpiya 
o’yinlari» degan so’z shu Olimpiya shahrining nomidan kelib chiqqandir. Qadimgi 
Yunonistonda  Olimpiya  o’yinlaridan  tashqari  yana  Istm,  Pifiya,  Nemeya  deb 
ataluvchi  sport  o’yinlari  musobaqalari  ham  o’tkazilib  turilgan,  lekin  bu  o’yinlar 
ichida o’sha zamonda eng obro’lisi Olimpiya o’yinlari hisoblangan. 
Olimpiya  harakatini  rivojlantirishda  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasining 
xizmatlari katta. Olimpiya o’yinlarini boshqarishning izchil usuli yaratildi. Milliy 
va Xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi Olimpiya nizomi 
mavjud,  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasining  sessiyalarida,  Olimpiya  kongresslarida, 
maktablarda jismoniy tarbiyani takomillashtirish, xotin-qizlar sportini, sport ilmini 
rivojlantirishga  bog’liq  masalalar  muhokama  qilinadi,  musobaqa  o’tkazish 


qoidalarini takomillashtirish, hakamlik qilish va hokazolar haqidagi takliflar ko’rib 
chiqiladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish