6.2.Sportdagi me’yoriy talablar
Bizning mamlakatimizda me’yoriy talablarning izchil usullari, ya’ni jismoniy
tarbiyaning barcha yoshdagi odamlar uchun mo’ljallangan dasturlari, «Alpomish»
va «Barchinoy» me’yoriy talablarning 8 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan odamlarni
qamrab oluvchi me’yoriy kompleksi va sportning butun mamlakat bo’yicha yagona
tasnifi mavjud.
Sportning butun mamlakat bo’yicha yagona tasnifi o’z shakllanish davrida bir
necha bosqichni bosib o’tdi:
1-bosqich – 1860 yildan 1917 yilgacha. Bu sport tasnifining ilk qadamlari
bo’lib, bu paytda mashq bajarishning yagona talabi bo’yicha musobaqalar
uyushtirila boshlagan, sportchilarga darajalar (razryadlar) berilgan (lekin bu
voqyealarning hammasi turli paytda yuz bergan edi. Masalan, suvda suzish va
tennis bo’yicha – 1909 yilda, muz ustida figurali uchish bo’yicha 1910 yilda va
hokazo).
2-bosqich- 1917 yildan 1935 yilgacha. Bu davr bugungi yagona sport
tasnifining ibtidosi hisoblanadi. Dastlabki paytda bu tasnif har bir joyning
o’zigagina xos bo’lgan, keyin yigirmanchi yillarga borib, sport turlari bo’yicha
umumiy vazifalar, talablar vujudga keldi. 1934 yilning avgustida «sport ustasi»
unvoni ta’sis etildi (parashutchilar: Minina va Mashkov birinchi bo’lib bu unvonga
sazovor bo’lishdi).
3-bosqich-1935 yildan 1948 yilgacha.
4-bosqich – 1949 yildan bugungi kungacha.
Butun mamlakat bo’yicha yagona sport tasnifining takomillashishiga
hukumatimizning mamlakatda jismoniy madaniya va sportni rivojlantirish
borasidagi qarorlari katta ta’sir ko’rsatdi. Sportda razryad me’yorlari va ularni
bajarishga bo’lgan talablar oshirildi (ya’ni xalqaro mezon (standart) darajasigacha
ko’tarildi). Sport tasnifi har to’rt yilda, jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga qarab,
sportning xalqaro miqyosda taraqqiyoti darajasiga ko’ra o’zgarib turadi. Sport
tasnifiga me’yoriy talablardan tashqari ilmiy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish
vazifalarini hal qilish ham asosiy maqsad qilib qo’yiladi.
Har gal sport tasnifi o’zgarganida, unga yangi-yangi sport turlari kiritiladi, bu
turlar quyidagicha yo’nalishda taqsimlanadi:
A. sportning Olimpiya turlari;
B. harbiy-texnika turlari;
V. atrof-muhitni idrok etishga qaratilgan turlar (turizm, sportning oriyentir
olish (joyni, yo’nalishni aniqlash) turi va hokazo;
G. milliy turlar.
Unvon darajalari (razryadlar) kengaytirildi: Xalqaro miqyosdagi sport ustasi,
O’zbekiston sport ustasi, sport ustaligiga nomzod, I, II, III darajalar (razryadlar),
yoshlarning I, II, III darajalari. Yuqorida sanab o’tilgan unvonlar (darajalar)dan
tashqari yana shaxmat va shashka bo’yicha “O’zbekiston grossmasteri” degan
unvon va faqat shaxmat bo’yicha “IY darajali sportchi” unvoni beriladi. Shaxmat
sohasida “Xalqaro miqyosdagi sport ustasi” degan unvon berilmaydi. Sportning
milliy turlari bo’yicha “Sportning milliy turi bo’yicha sport ustasi” degan
darajagacha unvon beriladi.
“Xalqaro miqyosdagi sport ustasi” unvoni faqat Olimpiya o’yinlari, jahon,
Ovrupa chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqalar dasturiga kirgan sport
turlari bo’yicha beriladi.
Uchinchi va to’rtinchi darajalar (razryadlar) jismoniy madaniyat jamoalari
kengashi tomonidan, II va I darajalar hamda “Sport ustasi nomzodi” unvoni
jismoniy tarbiya va sport bo’yicha tuman va shahar qo’mitalari, viloyat va
respublika qo’mitalari tomonidan beriladi. “Xalqaro miqyosdagi sport ustasi” va
“Sport ustasi” unvonlarini mamlakat sport boshqarmalari va sport qo’mitasi
bo’limlari beradi. “Sportning harbiy-amaliy turlari bo’yicha sport ustasi” degan
unvon respublika mudofaa vazirligi qoshidagi sport qo’mitasi raisining buyrug’i
bilan beriladi. “Sportning “Vatanparvar” (armiya, aviasiya va flotga ixtiyoriy
yordam ko’rsatish jamiyati) turlari bo’yicha “Sport ustasi” unvoni “Vatanparvar”
Markaziy qo’mitasi tomonidan beriladi va b.
Butun mamlakat bo’yicha yagona sport tasnifi sportning dasturiy me’yoriy
talabidir. Bu tasniflash «Alpomish» va «Barchinoy» me’yoriy talablari bilan,
musobaqalar tizimi bilan, sport bo’yicha tajriba o’tkazish tizimi bilan chambarchas
bog’langan bo’lib, sport tashkilotchilari uchun qo’llanma vazifasini o’taydi va
ularning e’tiborini sport istiqbolini yanada puxtaroq rejalashtirishga, kadrlar
tayyorlashda turlicha usullarni qo’llashga qaratadi, sportni rivojlantirishga imkon
yaratadi.
Sportda qiyinchilik darajasini oshirish – sport tasnifiga xos xususiyatdir.
Shuning uchun doimiy ravishda yangi-yangi usullar, vositalar qidiriladi, yuksak
malakali sportchilar tayyorlashning yangidan-yangi shakllari ishlab chiqiladi.
Sportning yangi tasnifi o’lchanuvchi me’yoriy talablarni takomillashtiradi va
kamchiliklarini tuzatadi, sportning bir qator harbiy-texnik turlariga, shuningdek
turizm, alpinizm turlariga ham o’zgarishlar kiritadi. Sport turlarining ko’lami
kengayib bormoqda.
Yangi sport tasnifining asosiy g’oyasi uning mamlakat sportchilarining
navbatdagi Olimpiya o’yinlariga muvaffaqiyatli hozirlik ko’rish vazifalari bilan
hamohangligidir. Shuning uchun bu tasnif mamlakat terma jamoalarining Olimpiya
dasturidagi sport turlari bo’yicha tayyorlik ko’rishida kompleks dastur tarkibiga
kiradi. Yangi tasnifning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. mamlakat aholisini jismoniy madaniyat va sportning muntazam va izchil
mashg’ulotlariga ko’proq jalb qilish, yoshlarda sportga bo’lgan moyillikni
rivojlantirish, sport bilan shug’ullanuvchilarning ko’p qirrali jismoniy
tayyorgarligi darajasini oshirish;
2. malaka (razryad) normalari va talablarini, ularni bajarish shartlarini hamda
sportchilarga unvon va darajalar berish tartibini ta’sis etish;
3. sportchilarning sport mahoratini oshirish va ularni xalqaro va respublika
musobaqalariga samarali tayyorlash ishida yaqindan yordam berish;
4. sportchini umuminsoniy ahloq ruhida tarbiyalash, sport etikasiga rioya
qilishga o’rgatish.
Sport tasnifi sport turlari bo’yicha dastur mazmunini, musobaqalar usulini va
ularni o’tkazish qoidalarini, sport natijalarining o’sish sur’atini oshiradi,
kengaytiradi va bu bilan ilg’or sport tajribasining tuzilishi, sifat darajasi va
samaradorligini tartibga keltiradi.
Sport tasnifi xalqaro va ichki sport musobaqalari zamirida tuziladi.
Musobaqa
tizimining
rivojlanishi,
universiadalar
(talabalarning
sport
musobaqalari) da, jahon chempionatlarida, hamdo’st qo’shinlar sportchilarining
chempionatlarida, xalqaro chempionatlarda va yuniorlar (16 dan 22 yoshgacha
bo’lgan sportchilar), o’smirlar, qizlarning birinchilik musobaqalarida bajariladigan
norma va talablar tasnifida keng aks ettirishga yordam beradi.
Xalqaro miqyosdagi sport ustalari uchun Olimpiya o’yinlarining ikkita turi
(yengil atletika va suvda suzish) bo’yicha tobora rivojlanuvchi razryad normalari
belgilangan. Bu normalarning xususiyati shundan iboratki, sportchilarga oliy
unvon jahonning eng kuchli yengil atletikachilari va suzuvchilari tomonidan
oldingi yilda Olimpiya dasturining ayrim turlari bo’yicha ko’rsatgan o’ninchi
natijaga teng me’yoriyni bajargani uchun beriladi. Sport razryadlarini (darajalarini)
bunday tarzda tuzilishi butun Olimpiya rukni davomida) bir Olimpiadadan ikkinchi
Olimpiadagacha bo’lgan davr ichida o’z samaradorligini yo’qotmaydi. Jahonning
eng kuchli sportchilari ko’rsatgan natijalar muntazam ravishda o’sar ekan, ayni
paytda sport darajalari ham rivojlana boradi, ular sportchi mahorati darajasini aniq
aks ettirish bilan birga uning rivojlanishini tezlashtiradi. Hozirgi paytda xoh
xalqaro musobaqalarda bo’lsin, xoh mamlakat ichkarisida o’tkaziladigan yirik
bellashuvlarda bo’lsin sportchining «Xalqaro miqyosdagi sport ustasi» degan
unvonga muyassar bo’lishi uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Bu narsa sport
tasnifining egiluvchanlik xususiyatini yanada oshirdi.
Sport turlarining soni ko’paydi, bu turlar «Xalqaro miqyosdagi sport ustasi»
unvonini olish uchun, xalqaro spartakiadalarida sportning 15 turi bo’yicha
chempionatlarda 27 ta tur bo’yicha, mamlakat kubogi uchun bo’lgan
musobaqalarda 3 ta tur bo’yicha razryad talablarini bajarish ko’zda tutilgan.
Sportning harbiy-texnika turlari bo’yicha «Vatanparvar» tizimida talab
oshirilgan. Harbiy-vatanparvarlik tasnifi harbiy kuchlarining sport topshiriqlari va
jangovor tayyorligi darajasiga yaqinlashtirilgan. Sportning oriyentir olish va turizm
turlari, shuningdek, ichki ishlar vazirligida xizmatga dahldor sohalarda ko’p tur
bo’yicha bellashuvlar takomillashtirildi.
Sport razryadi normalari kishining jinsiga, yoshiga qarab tayinlanadi. Bunda
har bir kishi organizmining musobaqa vazifalarini jismonan bajarishga qodirligi,
demakki sportchining turli jins va turli yoshga (kattalar, yigitlar va qizlar,
sportning ayrim turlarida – o’g’il bolalar va qiz bolalar) mansubligi e’tiborga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |