6.3.Bellashuv sportning asosiy xususiyati
Sport turlari bo’yicha musobaqa o’tkazish – o’quv mashg’ulot jarayonining
ajralmas qismidir. Zero aynan musobaqa sportchining bellashuvlarga qanchalik
tayyorlanganligini tekshiruvchi asosiy vosita hisoblanadi. Musobaqalar muayyan
davrda o’tkazilgan o’quv faoliyatiga to’g’ri va halol yakun yasashda katta faoliyat
ko’rsatadi, musobaqa qatnashchilarining ahloq-matonat bobida qanchalik
chiniqqanligini tekshiruvchi samarali vosita bo’lib xizmat qiladi va ularda
hamjihatlik, uyushqoqlik va intizomlilik xislatlarini rivojlantirishga, shuningdek
sabot va matonatni chiniqtirishga yordam beradi. U yoki bu tashkilot a’zolarining
musobaqalarda ko’rsatgan yutuqlariga qarab, o’quv-mashq jarayonining bo’lg’usi
yo’nalishi aniqlanadi, o’quv-mashq ishlari metodikasiga kuzatishlar kiritiladi va
hokazo.
Bundan tashqari musobaqalar oshkora tashviqotning eng ishonchli vositasi
bo’lishi mumkin. Yaxshi yushtirilgan va tantanali ravishda o’tkazilgan
musobaqalar, uning ishtirokchilari va tomoshabinlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib
qoladi, shu bilan birga ko’p sonli yoshlar ommasini sport dargohiga jalb qilishda
ijobiy rol o’ynaydi.
Bizning mamlakatimizda sport musobaqalari tizimi o’z an’analariga ega.
Bizda sport bellashuvlari o’zaro muqobillikka amal qilingan holda reja bilan va
muntazam ravishda o’tkaziladi.
Musobaqalarning turi ularning maqsadi, shakli, ko’lami va xarakteri bilan
ifodalanadi:
1. Musobaqalar o’z maqsadi va yo’nalishiga qarab quyidagi ko’rinishlarga
ega:
o’qish – ma’lum bir davrda olib borilgan o’quv-mashq mashg’ulotlariga
yakun yasaydi;
saralash – bundan keyingi yanada kuchliroq musobaqalarda qatnashadigan
nomzodlarni aniqlaydi;
birinchilik – eng kuchli sportchilarni, eng yaxshi jamoalar va sport
jamoalarini kashf g’iladi;
match uchrashuvlari – ayrim jamoa va jamoalar o’rtasida tajriba almashishga
xizmat qiladi;
yengillashtirilgan dastur bo’yicha, me’yoriy talablar bo’yicha ommaviy
musobaqalar – sportning u yoki bu turini targ’ib qiladi;
sovrin o’yinlari (eng kuchlilar uchrashuvi: bunda g’oliblar sovrin bilan
taqdirlanadi);
spartakiadalar (yakunlovchi kompleks musobaqalar).
2. Musobaqalarning sinov shakllari quyidagicha bo’lishi mumkin:
shaxsiy birinchilik (eng yaxshi sportchi aniqlanadi);
jamoalar birinchiligi (eng yaxshi jamoa aniqlanadi);
shaxs – jamoa birinchiligi.
2. Ko’lam bo’yicha musobaqalar shunday farq qilinadi:
tuman, shahar musobaqalari;
shahar musobaqalari;
viloyat musobaqalari;
respublika musobaqalari;
mintaqa musobaqalari;
mustaqil davlatlar hamdo’stligi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar;
4. Musobaqalarning vakolat bo’yicha turlari:
hududiy musobaqalar;
korxonalararo musobaqalar;
5. Musobaqalar xarakter jihatidan shunday tasnif qilinadi:
yopiq va ochiq musobaqalar (tayyorgarlik darajasi musobaqa dasturi
talabiga mos kelgan har qanday sportchi bunday musobaqalarda qatnashishi
mumkin);
tasnif qilingan (butun mamlakat bo’yicha yagona sport tasnifining barcha
talablariga to’la amal qilish) va g’ayri tasnif musobaqalar;
sirtqi musobaqalar;
«qog’ozdagi» musobaqalar (oldindan ma’lum bo’lmagan dastur bo’yicha
o’tkaziladi);
konkurslar (maxsus ko’p turda bellashuv bo’yicha o’tkaziladigan
musobaqa);
namunali musobaqalar (bunda eng iste’dodli sportchilar o’zlari
shug’ullanadigan sport turlarini tashviq va targ’ib qiladilar);
Har qanday musobaqa oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi. Masalan, maktab
birinchiligi uchun o’tkaziladigan musobaqada ayni chog’da sportning biron turi
bo’yicha umumiy xulosa chiqarish, eng kuchli sportchilarni aniqlash va tuman
birinchiligi uchun o’tkaziladigan musobaqada qatnashuvchi terma jamoa tarkibini
belgilash mumkin.
Musobaqaga tayyorlanish ikkita muhim bosqich bo’yicha amalga oshiriladi:
nizom tuzish va musobaqa o’tkazish rejasini ishlab chiqish.
Nizom –bu musobaqa o’tkazuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanuvchi xujjat
bo’lib, musobaqa qatnashchilari va rahbar shaxslarning butun tayyorgarlik faoliyati
shu nizom asosida rejalashtiriladi. Bu nizom musobaqa taqvimiga rioya qilingan
holda tuzilib, musobaqaga qatnashuvi jamoalarga musobaqa boshlanishidan uch oy
oldin yuboriladi. Nizomda quyidagilar qayd etiladi:
1. musobaqaning nima maqsadda o’tkazilishi va vazifalari;
2. musobaqaning qayerda va qachon o’tkazilishi;
3. musobaqa rahbariyati;
4. musobaqa dasturi;
5. sportchilarning yosh va jins yuzasidan cheklanishi, jamoalarning miqdoriy
tarkibi;
6. sportchilarni musobaqaga kiritish va g’oliblarni aniqlash (sinovga
qatnashuvchilar soni, sinov shartlari, musobaqaga qatnashish haqida
dastlabki va oxirgi istaknoma yuborish muddati).
7. g’oliblarni mukofotlash.
Bo’lg’usi musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish ishlariga, ularning qanday
ko’lamda bo’lishidan qat’iy nazar, musobaqa boshlanishidan ancha oldin kirishish
lozim bo’ladi.
Dastavval musobaqalar o’tkaziladigan joy, ularning muddati, ko’lami
aniqlanadi va ularni o’tkazish haqida nizom, shuningdek, sport qo’mitasi
tavsiyasiga binoan bosh hakamlar hay’ati (yoki bosh hakam) tasdiqlanadi,
musobaqaga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish rejasi ishlab chiqiladi.
Bo’lg’usi musobaqalarning qancha vaqt davom etishini aniqlash uchun
dasturning hajmi va mazmunini, musobaqa qatnashuvchilarining, xakamlarning
tahminiy miqdorini, bu vazifalarni bajarishda sport bazasining nimalarga qodir
ekanligini hisobga olish kerak bo’ladi. Musobaqalarning muvaffaqiyatli o’tishi
ko’p jihatdan musobaqa joyini tanlash va uni shay qilishga bog’liq. Sport
bazasining qudrati (uning bajaruvchilik imkoniyati) musobaqa muddatini va uni
o’tkazish jadvalini ifodalovchi eng muhim omillardan biridir. Masalan, maktabda
ommaviy musobaqa o’tkazish uchun majlislar zali, yo’laklar va sinflardan
foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, sport aslaha va anjomlarini to’g’ri joylashtirish, musobaqa
qatnashchilari, tomoshabinlar va musobaqa xizmatchilarini to’g’ri tanlash haqida
puxta o’ylab ko’rish lozim bo’ladi. Musobaqaga qatnashadigan jamoalar, agar
musobaqa jadvalini o’z vaqtida qo’llariga olsalar, tayyorlik mashqlarini ham puxta,
ham muvaffaqiyatli o’tkazishlari muqarrar.
Bosh xakamlar hay’ati bilan tashkiliy qo’mita musobaqaga tayyorgarlik
ishlarining navbatdagi bosqichini amalga oshirishga kirishar ekanlar, musobaqa
nizomini o’rganadilar, musobaqaga qatnashish haqidagi dastlabki istaknomalar
bilan tanishadilar, musobaqa uchun ajratilgan joylarni ko’zdan kechiradilar.
Bunday tekshiruv paytida yordamchi xonalar (kiyimxona, yechinish xonasi,
kotibiyat uchun ajratilgan xona, musobaqa oldidan razminka qilish joylari) yetarli
miqdorda bo’lishi shartligini unutmaslik, aslaha, uskuna va anjomlarning, yoritish
vositalari, radio apparatlar, texnika apparatlarining soni va sifatini ko’zdan
kechirish, musobaqa joylarini (masalan, sport anjomlari qo’yiladigan joy qanday
aniqlashni, hakamlar, tomoshabinlar, musobaqa qatnashchilari, tibbiyot xodimlari,
axborotchi hakam va boshqalarga qanday joy ajratishni puxta o’ylash kerak
bo’ladi. Hakamlar hay’ati yana g’uyidagi vazifalarni bajarishi shart:
1. musobaqa komendantini tasdiqlash (u musobaqa uchun ajratilgan
joylarning benuqsonligi va sport uskunalarining yangiligini, shuningdek,
texnika xizmatlarini nazorat qiladi);
2. jamoalar tarkibini aniqlash;
3. qur’a tashlashni uyushtirish va o’tkazish;
4. hakamlar tarkibini aniqlash;
5. axborot berish uchun zaruriy hujjatlar, qarorlar, jadvallarni hozirlash.
Va nihoyat, tayyorgarlikning oxirgi bosqichida, ya’ni bevosita musobaqa
boshlanishi arafasida musobaqaga qatnashuvchi jamoalarning vakillari bilan majlis
o’tkaziladi. Anjom-aslahalarning, uskunalarning mashq paytida pand bermasligi
tekshiriladi, sportchilar esa mashq o’tkaziladigan joylar va sport uskunalarini sinab
ko’radilar, yana hakamlar hay’ati bilan tanishish o’tkaziladi, hakamlar faoliyati
texnikasi yuzasidan tushuntirish mashg’uloti olib boriladi, musobaqa jadvali va
tartibi haqida ma’lumot beriladi. Ayni paytda musobaqa qatnashchilarining saf
tortish joyi, ularning musobaqagohga chiqish yo’li, qanday tarkibda va qanday
formada chiqishlari, shuningdek musobaqaning ochilish va yopilish an’analari,
g’oliblarni mukofotlash tartibi va hokazo vazifalarni nihoyatda aniq belgilash
lozim bo’ladi.
Jamoalarning majlisda qatnashuvchi vakillari uchun papkalar tayyorlab,
ularning ichiga chiptalar, dastur, eslatma, musobaqa o’tkazish jadvali, shuningdek
yozish uchun oq qog’oz va boshqa kerakli narsalar solib qo’yish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |