9. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулиёти. Т., 2001.
10. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулиёти. Т., 2005.
11. Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T., 2009.
12. Миндиашвили Д.Г., Завьялов А.И. Учебник тренера по борьбе.
Красноярск, Изд. КПГУ, 1995.
13. Интернетдаги сайт –
WWW.WADA.com
.
VI-BOB.АҲОЛИ ЎРТАСИДА КУРАШ ТУРЛАРИНИ
ОММАВИЙЛАШТИРИШ.
6.1.O’zbekistonda va xalqaro arenada amalga oshirilayotgan sport
harakati
Aholi o’rtasida kurash turlarini ommaviylashtirish keng qamrovli ishlarni
amalga oshirishni talab etadi. Bunda birinchi o’rinda aholining yosh toifalariga
e’tiborni qaratish lozim. Ularga qo’yiladigan sportdagi me’yoriy talablar,
yurtimizda amalga oshirilayotgan va xalqaro sport harakati, Olimpiada O’yinlari,
O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, sportga yaroqliligini aniqlash tizimi,
sportga yaroqliligini aniqlashning davrlari va bosqichlari, sportda yuqori
natijalarga erishishning zamonaviy talablari, sportda saralash paytida somatik
rivojlanishni aniqlash uslubiyati hamda sportda qobiliyat va iqtidor to’g’risida
tushunchaga ega bo’lish kerak. Balog’atga etish o’spirinlik davri 15-20 yosh, bu
davrda o’g’il bolalar o’spirin bo’lib, qizlar (13-14 yoshdan 18 yoshgacha)
balog’atga etadi. Organizmning umumiy rivojlanishi 23-25 yoshgacha. 25-35
yoshlarda sportch o’zining eng yuqori sport natijalariga erishadi. 35-45 yoshda
faxriylar o’rtasidagi I-tjifadagi, 45-55 yoshda faxriylar o’rtasidagi II-tjifadagi, 55-
65 yoshda faxriylar o’rtasidagi III-tjifadagi va 65 va undan kattalar yoshida
faxriylar o’rtasidagi IV-tjifadagi bellashuvlarni o’tkazish mumkin. Mazkur
muammolarni qo’yida keltirilgan mavzularda ko’rib chiqish mumkin.
Insonning kamol topishida har tomonlama va uyg’unlik bilan shakllanishi
jamiyat taraqqiyotida eng muhim hayotiy masaladir. Binobarin, maktabgacha
ta’lim, o’rta ta’lim, o’rta maxsus kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan
keyingi va kasb faoliyatida, hamda keksa yoshda, shuningdek, jismoniy tarbiya va
sport nazariyasi jabhasida ham bu masalaga qiziqish kun sayin ortib bormoqda.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi fan sifatida insonning jismoniy
madaniyat va sport bo’yicha jamiyatda ko’rsatgan faoliyatini, ya’ni shaxsning
mazkur faoliyat davomida qonuniy tarzda shakllanishi va jismonan kamolatga
yetishini o’rganadi va tadqiq qiladi. Sportning ijtimoiy vazifalari to’g’risida
gapirishdan oldin, jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy mas’uliyati haqida
tushuncha berib o’tish lozim bo’ladi. Bu mas’uliyat birinchi navbatda sport fani
taraqqiyoti, ijtimoiy tajriba talablari, jismoniy tarbiya va sportning inson tarbiyasi
va uning salomatligiga foydali ta’sir ko’rsatishi darajasini oshirish kabi vazifalarni
oldinga suradi.
Jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy mas’uliyati – uning oqibatlaridan
jamiyat ko’radigan samaralardir deb hisoblaydi, bu oqibatlar majmui, fizkultura va
sport bilan shug’ullangan har bir jamiyat a’zosi, har bir ijtimoiy guruhi uchun
qanchalik foyda (yoki ziyon) keltirilishini aniqlab beradi. Bu samaralar
quyidagilardan iborat:
1. aholining barcha ijtimoiy guruhi va tabaqalariga jismoniy tarbiya
sistemasining ijtimoiy ta’siri samaralari;
2. jismoniy tarbiya boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyati samaralari;
3. har bir jamiyat a’zosining ruhan va jismonan sog’lom bo’lishiga, uning
ijodkor shaxs sifatida har tomonlama kamol topishiga, uning mehnat faoliyati,
ijtimoiy-siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan
o’rniga jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy, ta’limiy va sog’lomlashtirishga
qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi;
4. mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam
olishning ommaviyligi natijalari;
5. ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ’ib
qilishning, demakki, uning afkori ommaning shakllanishiga ta’siri;
6. xalqaro sport harakatlari va Olimpiya o’yinlarining rivojlanishiga,
demakki, turli mamlakat xalqlari o’rtasida tinchlik-totuvlik va hamkorlikning
rivojlanishiga, keskinlikni yumshatishga qo’shilgan hissaning samaradorligi va
hokazolar.
Jismoniy tarbiya va sportning hattoki mana shu to’liq bo’lmagan asosiy
ijtimoiy oqibatlari ro’yxati ham shu oqibatlarning ijtimoiy mas’uliyatini aniqlashga
kirishiladigan bo’lsa, birinchi galda jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy
vazifalari qay darajada samarali bajarilayotganini bilish lozim bo’ladi. Bu –
jismoniy tarbiya va sportni ko’p qirrali, ko’p funksiyali ijtimoiy hodisa sifatida
e’tirof etgan holda, uning foydali darajalarini to’laligicha ochib berish demakdir.
Jismoniy tarbiya va sportning yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy vazifalarini
o’rganishdan tashqari, yana sport tashkilotlari va muassasalari, sport xodimlari
(rahbarlar, trenerlar, o’qituvchilar, tashkilotchilar, instruktorlar, metodistlar),
sportchilar, sport hakamlari, sportni yorituvchi matbuot xodimlari, tomoshabinlar,
sport muxlislari va umuman jismoniy madaniyat va sport muhitiga u yoki bu
sabab bilan dahldor bo’lgan boshqa odamlarning ham ijtimoiy mas’uliyatlarini
aniqlash lozim bo’ladi.
Faqat yuqorida zikr etilgan obyekt va subyektlarning faoliyati o’rtasidagi
shunday munosabatigina ularning jamoatchilik sarflayotgan ma’naviy kuch va
moddiy mablag’lar uchun jamiyat oldidagi mas’uliyatini to’la ifodalashi mumkin.
Bizning mamlakatimizda odam, shaxs sifatida, mahsulot ishlab chiqaruvchi
asosiy kuch va jamiyatning eng oliy boyligi sifatida jamiyatning ma’naviy va
moddiy jihatdan taraqqiy etishini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi.
«Hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati uchun», degan shior
davlatimiz siyosatining asosiy negizi hisoblanadiki, bu negiz har bir fuqaroning har
tomonlama rivojlanishida, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining muntazam
ravishda o’sib borishida eng muhim omildir. Bu narsa jamiyatimizdagi har bir
shaxsning jismonan takomillashishini talab qiladi, bu talab barcha fuqaroni
fizkultura va sport bilan doimiy ravishda mashg’ul o’blishiga, uni hayotiy zarurat
deb bilishga da’vat etadi, binobarin, jismoniy tarbiya va sportni har bir fuqaroning
va barcha jamiyat a’zolarining mehnati, o’qishi, dam olishining ajralmas qismi deb
hisoblash lozimdir, qisqa qilib aytadigan bo’lsak, jamiyatimizning asosiy talabi
shuki, hyech bir shaxs jismoniy madaniyat va sportsiz har tomonlama mutanosiblik
bilan rivojlanishi mumkin emas. Jismoniy madaniyat va sportning ijtimoiy
mas’uliyati mohiyati aynan mana shu talab zamirida mujassamlashgandir. Bu
mas’uliyatning ijtimoiy jihati shu bilan ifodalanadi.
Sport hamisha jamiyat oldida bir qator muhim vazifalarni bajarib kelgan va
bundan keyin bu vazifalar tobora kengaya boradi.
Sport faoliyati – yangi vositalar, metodlar va metodik usullar, yangi texnik
faoliyatlar, yangicha murakkab amaliyotlar va g’ayrixususiy vazifalarni bajarishga
qodir bo’lgan inson organizmining zahira qobiliyatini namoyon qilish usullarini,
sportchilar tayyorlash tizimining samaradorligini ta’minlovchi tashkiliy
masalalarni hal etish yo’llarini topishga qaratilgan ijodiy va izlanuvchi jarayondir.
Ijodiy mexanizm hisoblangan sport, shaxsning har tomonlama rivojlanishiga
maxsus tarzda ta’sir ko’rsatadi, hayotiy qobiliyati va malakalarining shakllanishiga
yordam beradi, ma’naviy, ahloqiy va aqliy o’sishiga, shaxsning mardlik, iroda,
ruhiy tetiklik kabi xususiy xislatlarini chiniqtirishga ko’maklashadi. Odamlarda
o’zaro hurmat, do’stlik-inoqlik xislatlarini tarbiyalash, o’zaro yordam,
oliyjanoblik, halollik, baynalminallik ruhi-shularning hammasi sportning eng
muhim fazilati hisoblanadi. Bizning davlatimizda sport harakatlari inson
salomatligini himoya qilish, har bir shaxsning uyg’unlik bilan kamol topishi, davlat
ahamiyatiga molik bo’lgan vazifalarni bajarish kabi jamiyat taraqqiyoti
qonunlariga, ya’ni shaxsni samarador mehnatga va vatanimiz mudofaasiga
tayyorlashga qaratilgandir.
Sport ko’ngilxushlik bilan omuxta bo’lgan holda sog’lomlashtirish vazifasini
bajaradi, u sog’lom dam olishning, jo’shqin xordiq va vaqtichog’likning eng
ommaviy ko’rinishlaridan biri, ya’ni sog’lom hayot asosi hisoblanadi.
Sport qadim-qadimdan o’zining tomoshabobligi bilan xalqni rom qilib kelgan.
Musobaqalarning turlicha usulda o’tkazilishi, b musobaqalarda jismoniy, odob-
ahloqli, ma’naviy fazilatlarni o’zida uyg’unlashtirgan sportchining har jihatdan
chiroyli qaddi-qomati, harakat texnikasini mahorat bilan ijro etishi, sport
harakatining tabiatan betimsol go’zalligi keng xalq ommasiga tomoshabin, ishqibo,
havaskor sifatida o’ziga jalb qiladi. Olimpiya, «Yaxshi niyat» o’yinlarining
ochilish va yopilish tantanalari, sport bayramlari, namunali sport o’yinlari va
boshqalar ayniqsa maroqlidir. Hozirgi paytda sport tomoshagohlari, ommaviy
axborot vositalari, teleko’rsatuvlar, radio, axborotning texnik imkoniyatlari
hisobiga nihoyatda kengayib ketdi. Sport adabiyotda, san’at, teatr, kino va boshqa
sohalarda ham o’z aksini topmoqda.
Hech bir jabhaning faoliyati sport faoliyatidek serqirra emas. Sport etikasi
doirasidagi insoniy munosabatlar bir jamoa a’zolari o’rtasida, raqiblar o’rtasida,
ularning trenerlari, xakamlar, tomoshabinlar, muxlislar, tashkilotchilar va boshqa
sport ishqibozlari bilan munosabati fikrimizning dalili bo’la oladi. Bu
munosabatlar shaxsning fe’l-atvoridagi xususiyatlarning, uning jamoat davrasidagi
ijtimoiy faolligining shakllanishiga ta’sir etadi.
Qolaversa, e’tiborni sportning g’oyaviy yo’nalishiga, xususan sport
diskriminasiya, shovinistik, antikommunistik harakatlar xizmatida bo’lgan
kapitalistik mamlakatlardagi g’oyaviy yo’nalishlarga ko’proq qaratish lozim
bo’ladi. Sport o’z tabiati va mohiyati bilan xalqaro munosabatlarni mustahkamlash,
hamkorlik, xalqlar o’rtasida do’stlik o’rnatish vositasi hisoblanadi (Olimpiyada
O’yinlari, Osiyo O’yinlari, Jahon chempiyonatlari, xalqaro musobaqalar, turnirlar,
sport birlashmalari bunga misol bo’la oladi).
Sport –jamiyat taraqqiyotining muayyan bir bosqichida vujudga kelgan tarixiy
hodisasidir. Bizning davrimizda sport nihoyatda keng miqyosda ommalashib ketdi.
XX asrni chinakam sport asri deb aytishlari bejiz emas. Sportning salmoqli ta’siri
va vazifasi hozir shu qadar cheksizki, uni jamiyat hayotidagi boshqa har qanday
ommaviy hodisa bilan bemalol tenglashtirsa bo’ladi.
Sportni boshqa sohalardan ajratib turuvchi xususiyati – bellashuvlar,
musobaqalar bo’lib, bular tabiatan sportning o’zigagina xos hodisalardir. Sportning
butun sohaviy mohiyati aynan shu musobaqalarda ko’proq mujassamlangan, o’z
aksini topgandir.
L.P.Matveyevning (1997) ta’biricha, sport uchta asosiy yo’nalishda tashkil
topgan:
1. Zahira tayorlovchi sport.
2. Ommaviy, havaskorlik va ko’ngil ochar sport.
3. Katta sport.
1. Zahira tayorlovchi sportga, birinchi navbatda maktabgacha va maktab
sportining armiya qismi (umumiy ta’lim muassasalarida joriy qilingan sport),
shuningdek, armiya qo’shinlarda mashq qilinadigan sport kiradi. Bunday sport
jismoniy tarbiyaning asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
2. Ommaviy havaskorlik sporti (bunga kasbiy-amaliy sport va uning ko’ngil
ochuvchi shakllari kiradi) o’qishdan va ishdan tashqari paytlarda, davlat va
jamoatchilik tashkilotlarining, shuningdek, har bir kishining shaxsiy tashabbusi
bilan amalga oshiriladi. Bu sportda ko’rsatiladigan asosiy faoliyat qancha oshgan
sari uning sarflaydigan vaqti shuncha ko’proq cheklangan bo’ladi.
Mashg’ulotlarning bunday cheklanishlar bilan o’tishida muvaffaqiyatlar darajasi,
sirasini olganda, unchalik yuksak bo’la olmaydi, lekin yakka tartibda olib borilgan
mashqlar natijasi ancha baland bo’lishi ham mumkin.
3. Katta sport – o’z oldiga eng yuksak mutloq natijalarga (xalqaro miqyosdagi
yutuqlar ham shunga kiradi) erishishni maqsad qilib qo’yadi. Katta sport xalqaro
va milliy sport tashkilotlari tomonidan uyushtiriladi.
Sport rekordi eng yuqori jismoniy tirishqoqlik va yuksak ruhiy intilish
samarasi bo’lib, ayni vaqtda u jismoniy va aqliy faoliyatning hamjihatligini
ifodalaydi.
Ishlab chiqarish kuchlarini yanada takomillashtirish, mehnat unumdorligini
oshirish hamda tabiat va jamiyatni yanada samaraliroq o’zgartirish, sport fanini
taraqqiy ettirish uchun insonning yuksak qobilyaitini kashf etish ishga solish
zarurati tug’ilgan bir paytda, katta sport ilmiy-texnik taraqqiyot talablarini
qondiradi.
Katta sport xalq ommasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Omma bilan sportning
bu o’zaro munosabatini bir vaqtlar Pier de Kuberten (bugungi Olimpiya
o’yinlarining tashkilotchisi) shunday ta’riflagan edi: «Agar yuzta odam o’z
badanini chiniqtirmoqcha bo’lsa, ularning elliktasi albatta sport bilan
shug’ullanishi shart, ellik kishining sport bilan shug’ullanishi uchun esa, ularning
ichidan 20 tasi sport mutaxassisi bo’lib yetishishi, 5 tasi sportda yuksak natijalarga
erisha olishi kerak».
Bizning mashhur atletlarimiz o’z xulqlari, ishchanliklari va erishgan yutuqlari
bilan boshqalarga namuna bo’ladilar. Mana shu namunalik sharofati bilan ming-
minglab bolalar va o’smirlar o’z xulqlarini yaxshilaydilar, ularda sportga havas
uyg’onib, o’zlarini sportga safarbar qiladilar.
Tabiiyki, katta sport sportchining butun hayoti mazmunida hokimlik
vazifasini bajaradi va mukammal sport qonuniyatlaridan kelib chiqib, sportchini
muayyan rejim bilan yashashga undaydi (katta sportda oshirilgan, ba’zan esa o’ta
darajada og’ir vazifalardan tarkib topgan mashqlarni kuniga ko’p marotalab
bajarish, o’sha mashqlar va musobaqalarning qat’iy kun tartibi, moddiy-texnik
ta’minot, moddiy rag’batlantirish va hokazo vazifalar qonun tusiga kirishi kerak).
Sportning bunday yuksak ko’rsatkichlar berish imkoniyati haqida fikr
yuritilarkan, sport albatta sportchini ixtisoslashtiradi, degan xulosa chiqarmaslik
kerak. Hamma narsa, oxir oqibatda, muayyan ijtimoiy sharoitga bog’liqdir.
Jamiyatimiz sportning yangi cho’qqilarini zabt etishdek, ham faxrli, ham g’oyat
mashaqqatli vazifani bajarishga kirishgan har bir shaxsga uning sport faoliyatini
umumiy va maxsus ta’lim bilan, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalaridagi
jamiyatga foyda keltiruvchi o’zga dargohlardagi faoliyati bilan uyg’unlashtirish
uchun zarur sharoitlar yaratib beradi. Bunday holda sport mutaxassisligi
muammosi hal bo’ladi qo’yadi.
Sport taraqqiyotining yuqorida sanab o’tilgan uchta ko’rinishi o’zaro bir-
biriga bog’liq va biri ikkinchisi zamirida vujudga keladi. Katta sport ommaviy
havaskorlik sportiga suyanadi, ommaviy sportning keng yoyilishi o’quv
muassasalari, qo’shinlarda sport ishining qanday tashkil etilganiga bog’liq, bilim
yurtlarida, qo’shinlarda va umuman, butun mamlakatda sportning ommaviy tus
olishi esa yuksak malakali sportchilarning muvaffaqiyatlariga bog’liqdir.
Sport xalq madaniyatining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Sportda
kamolatga erishish uchun, harakat san’atini egallash, inson quvvati va iste’dodini
rivojlantirish lozim bo’ladi. Sport taraqqiyotining har qaysi muayyan bosqichida
erishiladigan eng yuksak muvaffaqiyatlar sportchilar ommasining yangi yutuqlar
sari intilishida bevosita rag’batlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi.
Sport arboblari yuksak sport muvaffaqiyatlariga erishishga harakat
qilisharkan, mashq vositalari, usullari, tuzilishlarini ilmiy nuqtai nazardan ishlab
chiqadilar va takomillashtiradilar, sport ilmi va unga yaqin fanlar (fiziologiya,
biomexanika, tibbiyot, pedagogika va b.) sohasidagi nazariy tushunchalarini
mukammallashtiradilar, sportda erishilgan yutuqlar darajasini mazkur jamoaning
jismoniy va qisman umumiy madaniyati samarasi deb e’tirof etadilar. Aynan shu
hol har bir mamlakat, har bir millatning ne sababdan sportda o’z obro’-e’tiborini
saqlashga intilishini izohlaydi. Shunga ko’ra, sportda yuksak muvaffaqiyatlar bilan
o’z xalqining shonu shuhratini olamga yoygan sportchilar xalqimiz va
hukumatimiz tomonidan samimiy qadrlanadi (sportda erishgan yutuqlari uchun
davlat mukofotlariga sazovor bo’ladilar. Masalan: A.Cheryazova, M.Abdullayev,
A.Taymazov, O.Chusovitina, K.Muradov, R.Qosimjonov va yana juda ko’p
mashhur sportchilar).
Har qanday mamlakatda ham sport taraqqiyoti, u mamlakatdagi iqtisodiy
sharoitga davlat teppasida turgan rahbariy partiyaning hukmron g’oyalari va
siyosatiga, shuningdek, sanoat, fan, harbiy strategiya, texnika taraqqiyotiga, butun
xalqning madaniyati, urf-odatiga bog’liqdir.
Bizning mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ishiga juda
katta mablag’ sarflaydi, jismoniy madaniyat tashkilotlarining moddiy bazasi yil
sayin yaxshilanib bormoqda.
Bugungi jismoniy tarbiya va sport xalq xo’jaligining mustaqil tarmog’i
hisoblanadi. Bu tarmoq yolg’iz o’zigagina taalluqli bo’lgan idora va tashkilotlarga,
maxsus moddiy-texnika bazalariga (sport inshootlari), mutaxassis kadrlarga, o’quv
yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ega. Bu tarmoqning o’z xususiy
sarmoyasi bo’lib, u davlat va jamoat tashkilotlari – jismoniy tarbiya va ko’ngilli
sport jamiyatlari tomonidan boshqariladi. Jismoniy madaniyat ta’lim tizimida
jismoniy tarbiya bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash jismoniy tarbiya
tizimi asoslari, o’qitish va mashq qilish usullari, rejalashtirish, sportda medisina va
menejment muammolarini o’rganish va shu kabi sohalar ustida ish olib
borilmoqda.
Davatlar o’rtasida aloqa o’rnatish va uni rivojlantirishda sportning roli
kattadir. Sport musobaqalari paytida, insonning eng noyob va bebaho fazilatlari:
qudrat, jasorat, mardlik o’zaro muqoyasa qilinadi, zero bunday fazilatlar butun
jahon xalqlari uchun bir xilda qadrlidir. Sportning asosiy maqsadi – xalol raqobat,
mardona bellashuv va chin do’stlik g’oyasidir. Bunday g’oyani barcha xalqlar
birday tushunadi, shuning uchun sportni muloqat va do’stona munosabatlarni
rivojlantirish vositasi deyish mumkin. Sport jahon xalqlarining sport sohasidagi
eng yaxshi an’analarini o’ziga singdirgan, shunga ko’ra u o’zidagi milliy
shakllanishlarning ko’p qirraliligi bilan ajralib turadi.
Jamiyatning inson shaxsiyatiga ko’rsatgan ta’siri uning shakllanishida katta
rol o’ynaydi. Jismoniy madaniyat harakati odamlarning ma’rifiy-ma’naviy va
ahloqiy tarbiyasini shakllantirishda eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan sport etikasi, ya’ni sportchining musobaqa, mashg’
paytlarida hamda umuman hayotida zarur bo’lgan xushxulqlik va ahloq qoidalari
ishlab chiqildi. Bizning sportchilarimiz oldiga qo’yilgan bu talablar, nizomlar,
dasturlar va musobaqa qoidalarida qonunlashtirilgandir:
1. musobaqa paytida sportchilar uchun bir xil sharoit yaratish;
2. g’olibni halollik bilan aniqlash;
3. raqibni va hakamni hurmat qilish;
4. musobaqa paytlarida sportchining xavfsizligini ta’minlash;
5. taomillarga rioya qilish;
6. sport bellashuvlarini tashviq va targ’ib –ilish.
1. Musobaqa paytida teng sharoit yaratish uchun:
A. jinsiy nazorat joriy qilinadi.
B. doping nazorati joriy qilinadi va uning turlari aniqlanib ro’yxatga
olindi;
V. anabolik va steroidlarni nazorat qilish joriy etildi;
G. vazn darajasi joriy qilindi (lekin qizig’i shundaki, lappak yo nayza
otishda yengil vazndagi sportchilar mutlaqo qatnashmaydi; basketbolni faqat
«daroz»lar o’ynaydi, shunga ko’ra sportning bu turida bo’y darajasini ta’sis etish
masalasini hal qilish lozim bo’ladi, sportning texnik turida (masalan, motosikl
haydashda) esa motosikl kubaturasi hisobga olinadi, demak bu yerda musobaqa
nainki sportchilar, balki ko’proq motosikl ishlab chiqargan korxonalar o’rtasida
boradi);
D. chang’ilar, miltiqlarga tamg’a bosildi;
Ye. saralash musobaqalari o’tkazildi.
II. Bugungi sport natijalari juda baland va ular oralig’i nihoyatda tig’iz.
Shunga ko’ra, g’olibni xalollik bilan aniqlash maqsadida yutuqni aniq ifodalovchi
apparatlar joriy qilindi;
A. 0,001 soniyagacha aniq ko’rsatuvchi elektrosekundomerlar;
B. qilichbozlik musobaqasida sanchiqni qayd qiluvchi apparat;
V. fotofinish, videomagnitofon;
G. o’lchash apparatlari (lappak, nayza otish va shu kabi turlarda lazer nuri);
D. baho musobaqa davomida va uning yakunida (kurash, boks, qilichbozlik
va b.) qo’yilganda hakamlar sonini ko’paytirish (konkida figurali uchishda – 9 ta,
suvga sakrashda – 6 ta va hokazo).
Ye. hakamlar turli millatdan bo’lishlari kerak;
J. Musobaqaning aniq va to’g’ri dasturi (programmasi) belgilanadi (masalan,
og’ir atletikada dast ko’tarishni baholovchi mezon yo’q edi, shuning uchun bu tur
hisobdan chiqarib tashlandi;
Z. Musobaqaning to’g’ri tizimi aniqlanishi kerak;
I. sportning barcha turlarida albatta g’olib bo’lishi shart (durang bo’lmasligi
kerak, chunki durang sportning yanada rivojlanishiga to’g’anoq bo’ladi).
III. Raqibni va hakamni hurmat qilish:
A. har bir sportchi har qanday bellashuvga ham jiddiy tayyorgarlik ko’rishi,
raqibidan
nafratlanmasligi,
uni
hurmat
qilishi,
uning
kuch-qudratini
mensimaslikdan o’zini tiyish lozim;
B. hakam ko’rayapgan, yo ko’rmayapgan bo’lishiga qaramay, sportchi
musobaqa qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak (masalan, dzyudo kurashida
bo’g’ish usuli bor, ammo sportchi hakamning nazaridan chetda bo’lgan yo’g’on
tomirni barmoq bilan ezmasligi kerak);
V. sportchi o’z raqibi va hakam bilan, tomoshabinlar, jamoa a’zolari va
boshqalar bilan nazokatli muomala qilishi kerak;
G. hakamlar bilan muomala qilganda an’anaga rioya qilishi kerak (masalan,
bokschilarda hakam bilan baxslashmaslik an’anasi bor).
IY. Ayniqsa xalqaro musobaqalarda mamlakat bayrog’ini ko’tarish va g’olib
sharafiga davlat madhiyasini ijro etishdek taomillarni hurmat qilish, Olimpiya
o’yinlarida olimpiya belgisi, olimpiya bayrog’i, olimpiya qasami, olimpiya olovi,
olimpiya mukofotlarini qadrlab e’zozlash.
1. Musobaqa boshida va oxirida do’stona qo’l siqib ko’rishish odatini kanda
qilmaslik;
2. Milliy urf-odatlarni hurmat qilish;
3. Bir-birini tabriklash (sport o’yinlari, qilichbozlik va boshqa musobaqalar
paytida).
Y. Sport musobaqalari haqida keng ko’lamda xabar berishni uyushtirish
(oynai jahon, radio, matbuot, ko’rgazmali fotolar, kino, xujjatlar);
1. Namunali chiqishlar uyushtirish;
2. g’oliblarni ko’pchilik oldida mukofotlash;
3. juda ko’p miqdorda odam to’plab sport bayramlari va tomoshalari
ko’rsatish va hokazo.
Bizning sportchilarimiz Vatan bayrog’ini baland ko’targan holda yangi
baxtiyor jamiyat tuzish ishiga baholi qudrat o’z xissalarini qo’shmoqdalar. Ular o’z
faoliyatlari yordamida mamlakatimizda yuz berayotgan tub o’zgarishlarni,
vatanparvarlik va baynalminal tuyg’ularni xalq ongiga singdiradilar.
Ijtimoiy dunyoqarash va ahloqiy tarbiyani shakllantirishda jismoniy
madaniyat va sportning ko’rsatgan xizmatlari hammaga ma’lum.
Hukumatimizning bugungi kunda jismoniy madaniyatni yanada rivojlantirish
haqidagi talabini bajarish bilan bir qatorda «Alpomish» va «Barchinoy» me’yoriy
talablarning yangi ta’sis etilgan kompleksi odamlarimizning kundalik hayotiga
keng singdirilmoqda. Bu kompleksning ulkan ijtimoiy va g’oyaviy ahamiyati
shundan iboratki, u xalqlarimizni jismoniy xususiyatiga ega.
Jismoniy madaniyat va sportning tarbiyaviy xususiyati MDH (mustaqil
davlatlar hamdo’stligi) xalqlari spartasiadalarini o’tkazish paytida yaqqol
ko’rinadi. Zero bunday spartakiadalar xalqlarimizning ma’naviy-siyosiy birdamligi
va birodarona do’stligini namoyish qiladi.
Tinchlik dasturini bugungi sharoitda amalga oshirish xalqaro sport aloqalarini
rivojlantirishda samarali ta’siri ko’rsatmoqda va bu faoliyat barcha
mamlakatlarning ilg’or jamoatchiligi tomonidan ma’qullanmoqda.
YuNESKO tashkiloti tinchlik g’oyalarini targ’ib qilganligi uchun gimnast qiz
Olga Korbutga «Tinchlik elchisi» unvoni berdi.
Keyingi 15-20 yil ichida davlat tuzumining sportga ta’siri anchagina kuchaydi.
Bunday ta’sir ishning tashkiliy-tartibiy tomonini amalga oshiradi, shu bilan birga
davlat topshirig’iga ko’ra faylasuflar, jamiyatshunoslar, nazariyachilar tomonidan
ishlab chiqilayotgan sportning g’oyaviy masalalarini nazorat qiladi va yo’lga
soladi. Shuni ham qayd qilish kerakki, hokimiyat sportga nafaqat davlat
boshqarmalari orqali, shuningdek yirik monopoliyalar orqali ham o’z ta’sirini
o’tkazadi.
Keyingi yillarda bizning sportchilarimiz bilan chet el sportchilari o’rtasidagi
xalqaro munosabat keng miqyosda rivojlandiki, bu munosabat O’zbekiston bilan
boshqa mamlakatlar o’rtasida tiklangan jamiki madaniy aloqalarning deyarli
uchdan biriga tengdir. O’zbekiston va chet el sport tashkilotlari o’rtasida jismoniy
tarbiyaning tashkiliy va ilmiy muammolari, sport mashqi, texnikasi va usullari
masalalari bo’yicha fikr almashish keng yo’lga qo’yildi. Bu o’rinda xalqaro sport
aloqalari ham muhim ahamiyatga ega, bu aloqalarni ham turli xil ijtimoiy tuzumga
ega bo’lgan davlatlarning tinch-totuv yashash usuli deb hisoblash kerak. Bunday
aloqalar xalqlar o’rtasida tinchlik o’rnatish va do’stlikni mustahkamlashda amaliy
tadbir bo’ldi. Bunday aloqa paytlarida bizning sport tashkilotlarimiz quyidagi
prinsiplarni hayotga tadbiq etish ustida keskin kurash olib boradilar:
1. sport birlashmalarida o’zaro o’rtoqlik munosabati (hamjihatlik);
2. sport bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan barcha odamlarning ularning siyosiy
e’tiqodi, qaysi dinga mansubligi, jinsi, badanining rangiga qaramay, teng
huquqli bo’lishi;
3. siyosiy, diniy yoki irqiy nuqtai nazardan kamsitishga yo’l qo’ymaslik,
musobaqa o’tkazishga qonun-qoidalarini yanada baynalminallashtirish.
Shuni bilingki, agar ikki davlat o’rtasida o’zaro madaniy hamkorlik haqida
shartnoma tuziladigan bo’lsa, albatta bunday shartnoma nihoyasida jismoniy
tarbiya va sportga taalluqli modda bo’ladi.
1973 yilda Vena, Monte Karlo va Varna shaharlarida Olimpiya harakatiga
qo’shilishgan barcha ilg’or tashkilotlarni birlashtirishga qaratilgan bir qator
xalqaro kengash va konferensiyalar o’tkazildiki, bularning samarali faoliyati X
Olimpiya kongressida muhim xujjatlarni qabul qilishga imkon yaratib berdi va bu
kongress «Sport – tinchlik elchisi» shiori ostiga to’plangan barcha tashkilotlarning
yaxshi niyatlari va hamkorlik qilish istaklarini butun olamga namoyish qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |