72
turi bo‘yicha kamon topishi uchun shart-sharoit yaratadi. Jis-
moniy jihatdan tayyorgarlikning xususiyati shundaki, jismo-
niy jihatdan umumiy tayyorgarlik harakatlarning o‘ziga xosli-
gini hamda eng muhim jismoniy va
irodaviy sifatlarini umumiy
rejada emas, balki kurash turi xususiyatlarini hisobga olgan
holda rivojlantirish zarurligini e’tiborga olib o‘tkaziladi. Bu maq-
sadga faqat umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va sportchi turlari
bilan chegaralanib qolinmasdan, balki kurashchining kurash
texnikasini mukammal egallash uchun zarur bo‘lgan sifatlar
va malakalarni rivojlantiradigan maxsus tanlangan mashqlardan
ko‘proq foydalaniladi.
Texnik va taktik tayyorgarlik. Kurash sharoitidagi taktika
va texnika bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Kurash texnika-
sining mohiyati eng samarali
maxsus harakat amallaridan, ku-
rashchining usul va uslublaridan maqsadga muvofiq foydala-
nishdan, sportchining kurash musobaqalari paytida o‘z irodaviy
va jismoniy sifatlari hamda kuch va qobiliyatlaridan muvaf-
faqiyatga erishish uchun oqilona foydalanishdan iboratdir.
Taktika bu – ayrim harakatlar yoki kurashni va umuman
musobaqani olib borish uslubi yoinki metodidir. Kurashchining
kurashish vaqtida texnikani, usullarni, harakat yoki kombi-
natsiyalarni qo‘llash uslubi bu taktika deb ataladi. Sportchi ku-
rashish vaqtida kurash texnikasidan
maqsadga muvofiq foyda-
lanish bilan harakatlar taktikasidan takomillashib boradi. Chunki
bu jarayon o‘zidagi barcha malaka, ko‘nikmalarni hamda aqliy
qobiliyatni qo‘llaydi, bular esa, o‘z navbatida, raqibi ustidan
g‘alabaga erishishga qaratilgan bo‘ladi.
Psixologik tayyorgarlik. Bu intellektual, axloqiy, estetik, iro-
daviy va ruhiy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi, u kurashchilar-
ning trenirovkalari paytida
ham musobaqalar jarayonida, shu-
ningdek, shug‘ullanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida amalga
oshadi. Ruhiy tayyorgarlik sportchining ongli xatti-harakati,
ishlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy, irodaviy sifatlar va
xatti-harakatlarni tarbiyalash hamda ularning to‘g‘ri namoyon
bo‘lishidagi asosiy narsa – qat’iy e’tiqod, tuyg‘u, axloq talab-
lariga mos bo‘lgan odatlardir. Shu boisdan ham ko‘p yillik
trenirovka jarayonida shug‘ullanuvchilar ongida burch va sport
shon-sharaf, o‘rtoqlik va boshqa millat sportchilariga hurmat,
73
jamoa oldidagi mas’uliyat hislarini,
Vatanga va sportga muhab-
bat tuyg‘usini tarbiyalash, ayniqsa, muhimdir. Sportchining iro-
daviy tayyorgarligi o‘quv trenirovka mashg‘ulotlarida, kurash-
ning munozarali vaziyatlarida va musobaqalar vaqtida maqsadga
erishishga qaratilgan xatti-harakatlardan tashqari, uning mehnat
qilish, o‘qish va jamoat ishlariga faol ishtirokida ham yaqqol
ko‘rinadi. Trenirovka jarayonidagi bu xatti-harakatlar har doim
maqsadga erishish yo‘lidagi turli xil qiyinchiliklar va to‘siqlarni.
Hakamlik va metodik tayyorgarlik. Tayyorgarlikning bu turi
guruh rahbari, jamoadagi fizkultura-sport
ishlarining tashki-
lotchisi, hakam yoki jamoatchi instruktor bo‘lib ishlash uchun
zarur bo‘lgan sifatlar, ko‘nikma va malakalarni yanada takomil-
lashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, metodika sohasidagi
bilim va amaliy ko‘nikmalar sparring va o‘zaro mashq qilishda,
individual mashqlarni yoki dars tipiga oid mashqni o‘rganishda,
bir sportchi boshqasi bilan shug‘ullanganda texnika va taktikani
takomillashtirishga yordam beradi. Dars o‘tuvchi, bunday paytda
harakatlarni yengillashtirib yoki qiyinlashtirib,
ularni trener uchun
ham, turli raqiblar mahoratining o‘sishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: