Belbog‘dan ushlab yon tomondan chalish
Dastlabki holat. Ikkala kurashchi o‘ng tik turish holatida
turadi. Hujum qiluvchi o‘ng qo‘lini raqibining o‘ng yelkasidan
o‘tkazib, uning belbog‘idan ushlab oladi, chap qo‘li bilan esa
belbog‘ni oldindan ushlaydi.
Hujum qiluvchi raqibini o‘ziga tortib, o‘ng oyog‘i tovonini
raqibining tovoniga to‘g‘rilab, yon tomondan chalayotgan ha-
rakat qiladi, ayni vaqtda chapga aylana borib, raqibini o‘ziga
bosib yiqitadi.
69
MILLIY KURASH BO‘YICHA SPORT
MASHG‘ULOTLARINING ASOSIY USULLARI
Kurashchining sport trenirovkasini jismoniy tarbiya forma-
laridan biri deb qarash kerak. Ularning ko‘p yillik sport treni-
rovkasida quyidagi vazifalar hal etiladi. Sog‘liqni mustahkam-
lash, sportchining mehnat va Vatan himoyasiga tayyorlash
uchun uni jismoniy jihatdan har tomonlama umumiy va maxsus
rivojlantirish, sport natijalariga erishish va kurashning olimpiyada
turlariga tayyorlash, jamiyat quruvchilarni tarbiyalash.
Yakkama-yakka olishish turlaridagi sport trenirovkasi – bu
shug‘ullanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni kamol top-
tirishning ko‘p yillik, sistemali ixtisoslashtirilgan pedagogik
protsessi bo‘lib, u jismoniy kamolotga va yuqori sport natijala-
riga erishishga qaratilgandir. Shu boisdan ham biz sport treni-
rovkasiga shug‘ullanuvchilarni tarbiyalash, ta’lim berish va ri-
vojlantirishga qaratilgan pedagogik protsess deb qaraymiz.
Tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya ongni, xulq-atvorni,
shaxsni har tomonlama rivojlantirishni biror maqsadga qarab
shakllantirishga qaratilgan protsessdan iborat bo‘ladi. Chunki
oilada beriladigan bu tarbiya jarayonida faqat bilimlar o‘zlash-
tirilib, malaka va ko‘nikmalar hosil qilinmaydi, o‘zbek kishisining
axloqiy e’tiqodi, his-tuyg‘usi, axloqiy, irodaviy va jismoniy si-
fatlari, xarakter xususiyatlari tarkib toptiriladi.
Ta’lim bu yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
hamda bularni jismoniy sifatlarini rivojlantirish axloqni tarbi-
yalash bilan qo‘shib olib borgan holda takomillashtirishdan ibo-
rat bo‘lgan ko‘p qirrali protsessdir.
Rivojlanish – sportchining sport trenirovkaning har bir bos-
qichida bir xildagi jismoniy, texnik-taktik, funksional, ax-
loqiy va irodaviy tayyorgarlik holatidan boshqa ancha mu-
kammallashgan holatga o‘tish protsessi. Insonning rivojlani-
shiga tashqi muhit, hayot ikir-chikirlari, oilaviy sharoitlar, mak-
tab, o‘quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va
hokazolar ta’sir etadi. Sport trenirovkasida rivojlanish-biror
maqsadga qaratilgan, pedagog trener tomonidan, muhit va
sharoitlar bilan boshqariladigan protsessdir. Bu rivojlanish turli
vositalar, metodlar va mashg‘ulot formalari ta’sirida sodir bo‘-
ladi. Bular organizmning holati yaxshi tomonga qarab o‘zga-
70
rishiga, sport natijalarining va umuman, shaxsning takomilla-
shuviga yordam beradi.
Kurashchilarning sport trenirovkasi protsessidagi tarbiya,
ta’lim, va rivojlanishning vazifalari trener hamda sportchining
hamkorligida hal etiladi. Bunda trener rahbarlik rolini bajaradi,
sportchilar o‘zlarining ongli, faol, mustaqil faoliyatlarini o‘z-
o‘zlarini takomillashtiruvchilari bilan bu vazifalarning tezroq
hal etishga yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |