52
– ikki qo‘li bilan
yaktakning yelkalarini ustidan;
– bir qo‘li bilan yaktak hoshiyasini ustidan, tagidan;
– ikki qo‘li bilan yaktak hoshiyasini ustidan, tagidan;
– bir qo‘li bilan yaktak yoqasini orqadan-ustidan, pastdan
boshidan, yelkasidan o‘tkazib;
– bir qo‘li bilan yaktak yengini, hoshiyasini va belbog‘ini
chalishtirib ushlab olish;
– ikki qo‘li bilan yaktak yengini, hoshiyasini va belbog‘ini
chalishtirib ushlab olish.
Kombinatsiyalashgan ushlashlar:
– yaktakdan va qo‘lidan;
– yaktagidan va bo‘ynidan;
– yaktagidan, qo‘lidan va gavdasidan.
Quchoqlab olishlar:
– gavdasidan;
– gavdasidan va belbog‘idan.
Muvozanatdan chiqarish:
– o‘zidan o‘ngga va chapga siltab;
– oldinga-o‘ziga tortib va orqaga o‘zidan itarib;
– o‘zi atrofida-o‘ngga va chapga burilish bilan.
Aldash va soxta harakatlar:
– qo‘llar bilan, qo‘llari va gavdasi bilan;
– oyoqlari bilan aldash va soxta harakatlar qilish;
– qo‘li, oyog‘i va gavdasi bilan aldash;
– siljitish va masofa bilan aldash;
– ushlash bilan va soxta usullarni ifodalash bilan;
– kombinatsiyalashtirilgan aldashlar.
Uloqtirishlarga shaylanish:
– turish holatini o‘zgartirish bilan;
– masofani yutish bilan;
– raqibni aldash bilan;
–
soxta harakatlar bilan;
– kuch yordamida ta’sir ko‘rsatish bilan.
Tayyorlovchi harakatlar kombinatsiyalari:
– siljib yurish va ushlab olish;
– siljib yurish, ushlab olish va muvozanatdan chiqarish;
– siljib yurish, ushlab olish, aldash va quchoqlab olish;
– ushlab olish, oyoqlari bilan soxta harakatlar qilish, kuch
yordamida ta’sir ko‘rsatish va hokazo.
53
Asosiy
usul va harakatlar
1. Uloqtirishlar.
Asosan qo‘llar bilan uloqtirishlar:
– raqibni orqaga, oldinga, yon tomonlarga bir zarb bilan
ko‘tarib va siljib muvozanat holatidan chiqarish va so‘ng uloqtirib
yiqitish;
– belbog‘dan, yaktakdan, belbog‘ va yaktakdan ushlab uloq-
tirish;
– qo‘lini, gavdasini ushlab uloqtirish;
– yaktagidan va gavdasidan ushlab uloqtirish;
– turli xilda ushlab qaytarma usuli bilan uloqtirish.
Asosan oyoqlar bilan uloqtirish:
– ich tomondan, boldiridan,
tovoni tashqariga ichkariga
qaratib ilib uloqtirish;
– qoqma usul bilan uloqtirish – yon tomondan, oldindan,
orqadan, tashqaridan va ichkaridan;
– poychechak usulida uloqtirish – oldindan, orqadan, yon
tomondan;
– oyog‘i bilan oyog‘iga urib, ushlab olib uloqtirish;
– ilib olib uloqtirish.
Asosan gavda bilan uloqtirish:
– soni va yelkasidan oshirib uloqtirish;
– qo‘llarini ushlab olib: raqibga o‘girilib, qo‘llar bilan uloq-
tirish;
– qo‘li va bo‘ynini
yelkasiga qilib uloqtirish;
– yelkasidan oshirib uloqtirish;
– o‘z ustidan oshirib, o‘ng yoki chap tomonga uloqtirish.
Himoya.
Asosan qo‘llari bilan himoyalanish:
– siltanib, kuch ishlatib raqibning ushlashidan qutulish;
– qo‘llari bilan raqib qo‘lini urib yuborish;
– qo‘llari bilan ko‘kragiga, iyagiga tayanib;
– qo‘llarini qo‘lini ushlab olib;
– raqibini tang ahvolga solib.
Asosan oyoqlari bilan himoyalanish:
– oyog‘ini, oyoqlarini surib qo‘yib;
– bir oyog‘iga ag‘darib;
– oyoqlarini orqaga,
yon tomonga olib qochib;
54
– orqaga surib;
– oyoqlarini olib qochib.
Asosan gavdasi bilan himoyalanish:
– orqaga chekinib;
– gavdani chetga burib;
– oldinga engashib;
– gavdasiga tiralib;
– yon tomonga aylanib o‘tib;
– raqibiga zarba berib;
– raqibini ag‘darib.
Qarshi usullar.
Qarshi uloqtirishlar:
– uloqtirishga tayyorgarlik yoki uloqtirishga urinishga qarshi
uloqtirish.
Javob uloqtirishlari:
– himoya olgandan keyin.
Taxminiy kombinatsiyalar.
Turli yo‘nalishdagi uloqtirishlarning taxminiy kombina-
tsiyasi:
– yonlamasiga qoqish –
oldindan chalish;
– yon tomondan qoqish – yelkadan oshirib uloqtirish,
ichkaridan ushlash – oldindan chalish;
– yelkadan oshirib uloqtirish – orqadan oshirib uloqtirish.
Biron-bir oyog‘i bilan raqibning ham xuddi shunday oyo-
g‘ini tashqi tomondan ilib uloqtirish.
Bir xil yo‘nalishdagi uloqtirishning taxminiy kombinatsi-
yalari:
– yelkasidan oshib uloqtirish;
– sonidan oshirib uloqtirish;
– ichki tomondan ilish – chap oyoq bilan raqibning chap
oyog‘ini ilish;
– ichki tomondan ilish – ichki tomondan qoqib yiqitish.
Do'stlaringiz bilan baham: